Manfaatlar - lot. interest ahamiyat kasb etish, muhim; obektiv ravishda ahamiyat kasb etgan, inson, jamoa, millat, jamiyat kabilar uchun zarur bólgan zaruriy ehtiyojlar; kimgadir farovonlik baǵishlaydigan, kimgadir foyda keltiradigan narsalar. Manfaatlar guruhlari - unga azo bólgan kishilarning manfaatlarini boshqa guruhlar va siyosiy institutlarning ózaro munosabatlarida, shuningdek, óz guruhi ichida ifoda qilish uchun tuzilgan ixtiyoriy tashkilotlar. Marginal – (fr. “marginal”) ikkinchi darajali, oxirgi, chetda turuvchi; siyosatshunoslikda – oldingi ijtimoiy aloqalarini yóqotgan, yangi hayot shart-sharoitlariga hali moslasha olmagan, qandaydir ijtimoiy guruhlar orasida yoki eng chekkasida turgan ijtimoiy odam, jamiyatning sirtida qolgan: lyumpen, miskin va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |