Kuchli davlat – omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga, rivojlangan iqtisodiyot, yuksak manaviyatga ega bólgan davlat.Bunday davlat mustahkam iqtisodiy, huquqiy va manaviy asosga ega bóladi. Uning qudrati fuqarolar hamjihatligi, jamiyatdagi dóstlik va baǵrikenglik, har bir fuqaroning onglilik darajasi, davlat boshqaruvidagi faol ishtirokiga asoslanadi. Kuchli davlatdan-kuchli jamiyat sari – ushbu kontseptsiyaning mohiyati odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati va faolligi yuksalib borgani sari davlat vazifalarining nodavlat tuzilmalari va fuqarolarning ózini ózi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich ótishi, mahallalarning nufuzi va mavqeining oshishi demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |