: “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurshmoq kerak”. Agar har bir inson o’zidagi ma’naviy bo’shliqni ijobiy resurslar masalan: ilm-fan, hunar o’rganish yoki sport bilan shug’ullanish orqali yo’qota bilsa, bunday shaxs har qanday ma’naviy tahdidga duch kelganda o’zini yo’qotib qo’ymaydi va eng kamida o’z shaxsiy fikriga ega bo’ladi.
Mutaxassislarning fikricha, hozirda axborot iqtisodiyotning eng serdaromad manbaiga aylanib bormoqda. AQSh Strategik tadqiqotlar institutining ma’lumotlariga ko‘ra, axborot mahsulotiga sarflangan har bir dollar, yoqilg‘i-energetika sohasiga sarmoya qilingan 1 dollardan ko‘ra bir necha barobar ko‘p foyda berar ekan. Bu faqat uning iqtisodiy jihati, uning siyosiy jihati esa o‘z shaxsiy manfaatlariga o‘ta arzon, o‘ta qulay yo‘llar bilan erishish sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda axborot omili ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan ayrim kuchlar manfaatiga aylanib bormoqda. Shuning uchun ham yangi mustaqil davlatlarning milliy xavfsizligini ta’minlashda siyosiy, iqtisodiy, harbiy omillar bilan bir qatorda uning axborot jihatlari borgan sari dolzarblashmoqda.
Prezidentimiz aytganlaridek, axborot omili yadroviy poligonlardan ham dahshatli omilga aylanib borayotir. Agar mazkur omilga alohida e’tibor berilmas ekan, u borgan sari kuchayib boradi. Natijada, ayrim kuchlar qo‘lida asosiy «qurol»ga aylanadi. Bu esa nafaqat davlatlar yoki mintaqalarda keskin vaziyat vujudga kelishiga sabab bo‘ladi, balki xalqaro miqyosda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar natijasida milliy xavfsizlik, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro xavfsizlik kabi tushunchalar mohiyatini tushinishga, ularning o‘zaro bog‘liqligini anglashga e’tibor ortib bormoqda. Bugungi dunyoning axborot xavfsizlik holati «Xavfsizlik»ka bo‘lgan zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishga va milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka nisbatan konseptual qarashlarni rivojlantirishga undamoqda.
Bugungi globallashuv asrida axborotga bo‘lgan talab har qachongidan ko‘ra, kuchayib bormoqda. Shunday ekan, xolis va haqqoniy axborotlarni tarqatish, ommaning bu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish har qachongidan ko‘ra bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, demokratik jamiyatda ommaviy axborot vositalari, tele-radio kanallar odamlarni xolis va haqqoniy axborot yetkazadigan, gumanistik qarashlar, ilg‘or g‘oyalarni ifoda qiladigan erkin minbar sifatida e’tibor beriladigan vositadir. Aslida ham shunday. Bugun jahon miqyosida bo‘layotgan olamshumul o‘zgarishlar, iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fandagi inson aqlini lol qoldiradigan yangiliklaru ixtirolar barcha-barchasi ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum bo‘lmoqda. Demak, OAV, matbuot yaxshilikka, ezgulikka xizmat qilmoqda. Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, o‘tgan asrning oxirlari, XXI yuz yillikning dastlabki yillarida G‘arb matbuotida biz aytgan ezgulikka xizmat qilish o‘rniga boshqa buyurtmali «ezgulikka» xizmat qilish hollari ham kuzatilmoqda. Ayniqsa, bu holni sobiq ittifoq parokanda bo‘lgach, uning o‘rnida tashkil topgan mustaqil respublikalar, xususan, Markaziy Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston bilan bog‘liq jarayonlarda uchratish mumkin.
Bugungi kunga dunyo miqyosida inson qalbi va ongini zabt etish uchun kurash tobora kuchaymoqda. Ayniqsa, globallashuv sharoitida totalitar sektalar faoliyati murakkab, koʻp qirrali hodisa sifatida namoyon boʻlmoqda. Dunyo miqyosida globallashuv va axborot xurujlarining rivojlanishi oqibatida, inson ongi va qalbini zabt etishga intilayotgan diniy mazmundagi axborot oqimlari tobora kuchaymoqda. XXI asrda turli ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy sabablarga koʻra, totalitar sektalar yanada faol harakat qilishga intilmoqda. Hozirda, dunyo hamjamiyatini destruktiv (buzgʻunchi) va totalitar diniy tashkilotlar faoliyati tashvishga solmoqda. Ayniqsa, dunyo miqyosida sektantlikning ijtimoiy namoyon boʻlishi bir qator muammolarni keltirib chiqarishga zamin yaratmoqda. Oʻz navbatida, totalitar sektalar faoliyatiga eʼtibor qaratilsa, avvalo ijtimoiy, madaniy sohada ruhiy va huquqiy muammolarni keltirib chiqarayotganligi tashvishlidir. Bugungi kunda totalitar sektalar yoki destruktiv kultlar (sigʻinish) oʻz aʼzolari huquqlarini buzish orqali, insonlarni “ongini nazorat qilish” qilishda muayyan metodologiyani qoʻllovchi zararlar sektalar sifatida namoyon boʻlmoqda. Sektant tashkilotlar oʻz aʼzolarini ekspulatatsiya qiluvchi manipulyativ (insonni boshqaruvchi) vositalarni qoʻllovchi buzgʻunchi tashkilot sifatida insonlarga psixologik, moliyaviy va jismoniy zarar yetkazishini alohida taʼkidlash oʻrinlidir. Sektalar oʻz faoliyatida sekta aʼzolarining hayotiy faoliyatini doimo nazorat qiladi. Ayniqsa, ular sektantlarning hayoti, fikrlashi va hissiyotlarini kuzatish orqali bevosita boshqarishga intiladi. Totalitar sektalar oʻzining yangi aʼzolarini sekta taʼlimotiga koʻra, boʻysunuvchan, itoatkor insonga aylantirish uchun turli xil usullarini qoʻllashga alohida eʼtibor qaratadi. Totalitar sektalar aksariyat hollarda oʻzining yangi aʼzolarini tashkilotga jalb etishda tashkilotning asl maqsadlarini fosh etmaydi. Ayniqsa, tashkilotga yangi aʼzolarni jalb qilishda yolgʻon usullarni qoʻllashga bevosita eʼtibor qaratadi. Oʻz navbatida, totalitar sektalar insonlarni ruhiyati va irodasini boʻysundirish orqali fuqarolarga dunyo miqyosida goʻyoki “baxt-saodat”, “omad”, “tinchlik”ga erishuv yoʻlida, moddiy jihatdan “begʻaraz” yordam koʻrsatishlarini vaʼda qiladi. Totalitar sektalar odatda moliyaviy jihatdan katta sarmoyaga ega boʻlib, oʻz pul mablagʻlarini asosan insonlarni sektaga jalb etishda foydalanadi. Sektaga jalb qilingan yangi aʼzolarga qimmatbaho sovgʻalar, xorijga chiqish uchun “moliyaviy yordam” koʻrsatish vaʼda qilinadi. Oʻz navbatida, sekta taʼlimotida sektantlarga tashkilot faoliyatini rivojlantirish maqsadida “umumiy faoliyat” uchun moddiy mablagʻlar yigʻish talab etiladi. Sektaning yangi aʼzolar qattiq nazorat ostida boʻladi, ularni mustaqil fikrlashi va yangi rejalar tuzish taqiqlanadi. Totalitar sektalar taʼsiriga tushgan insonlar oʻzligini yoʻqotish, ruhiy tushkunlik oqibatida oʻz yaqinlari hamda real hayotdan uzoqlashadi. Totalitar sektalar faoliyatida sekta aʼzolarini doimiy tarzda oʻz yetakchisi va sektantlarning oʻzaro tushunishi birlashtiradi. Binobarin, totalitar sektalarning maqsadi insonni tashqi dunyodagi aloqasini uzishga boʻlgan intilishida namoyon boʻladi. Aksariyat sektalar insonlarni boʻysundirishda psixatrop moddalar hamda psixiotexnika vositalaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratadi. Globallashuv sharoitida missionerlik harakatlarini faol tarzda olib borayotgan destruktiv va totalitar diniy tashkilotlar faoliyati dunyo jamoatchiligini tashvishga solmoqda. Ayniqsa, totalitar sektalar faoliyatida inson huquqlari va milliy qonunchilikni buzish, irqchilik mafkurasini yoyish, moliyaviy firibgarlik kabi holatlar kuzatilmoqda.Hozirgi paytda ayrim sektalar xalqaro miqyosda nodavlat notijorat tashkilotlar maqomida faoliyat yuritmoqda. Shu oʻrinda, jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligiga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan destruktiv va totalitar diniy tashkilotlarning faoliyatida quyidagi buzgʻunchi belgilarini amalga oshiruvchi holatlariga eʼtibor qaratish lozim:
– ongni beqaror qilish; – oʻta ketgan moliyaviy talablar (yigʻimlar); – oʻtmishdan majburiy ravishda uzish; – jismoniy sogʻliqqa tajovuz qilish; – bolalarni jalb qilish; – jamiyatga qarshi fikr bildirish; – jamoat tartibini buzish; – jiddiy ayblarga koʻra sudga yoki tergovga jalb qilish; – iqtisodiy faoliyat meʼyorlarini buzish (mablagʻlarni sir saqlash); –hokimiyat idoralariga kirishga intilish. Binobarin, destruktiv va totalitar diniy tashkilotlarning faoliyatida mazkur holatlar kuzatilsa, ushbu diniy tashkilotni sekta deya, hisoblash mumkin. Taʼkidlash joizki, nomzodlarni sektaga jalb etishda yollovchilar mohirlik bilan yondashadi. Ayniqsa, sektantlar asosan jamiyat hayotida beqaror va noqulay ijtimoiy hamda ruxiy tushkunlik holatda boʻlgan insonlarga bevosita eʼtibor qaratadi. Xususan, dam olish maskanlarida (taʼtil, sayohat, ko'ngilochar joylari) boʻlganlar, oliy oʻquv yurtlari talabalari (asosan birinchi va oxirgi kurs talabalari), keksa insonlar (nafaqaga chiqqan va uzoq vaqt yolgʻizlikda boʻlganlar), sodda va ishonuvchan yoshlar (oʻzligini anglash davrida), tushkunlik holati (xastalik, oʻlim, oʻz yaqinlaridan ajrashish) dagi muhojirlar, qochoqlar, ishsizlik, umuman doʻstona munosabat, aloqa oʻrnatishga ehtiyoji boʻlgan fuqaro bunday eʼtiborning obyekti hisoblanadi. Dunyo miqyosida jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligiga xavf tugʻdirayotgan destruktiv va totalitar diniy tashkilotlar haqida gap ketganda avvalo Adventizm sektasi yodga keladi. Adventizm sektasi xristianlikning protestant yoʻnalishidagi yirik oqimlaridan biridir. Mazkur sektaga XIX asrning birinchi yarmida AQSHda baptist ruhoniysi Uilyam Miller (1772-1849) tomonidan asos solingan. Adventislik soʻzi lotincha adventus soʻzidan olingan boʻlib, oʻzbekcha “kelish, voqe boʻlish” degan maʼnolarni anglatadi. Mutaxassislar sekta asoschisi U.Millerning ayrim ruhoniylar singari yetarli diniy maʼlumotga ega emasligi bois diniy ilmlarni oʻrganishda aniq uslubi mavjud emasligini taʼkidlashadi. Sekta rahbari U.Miller mustaqil ravishda diniy ilmlarni oʻrganishi tufayli numerologiya faniga jiddiy qiziqishi oqibatida 1831 yildan boshlab “oxirzamon” yaqinligini Iso Masihning ming yillik hukmronlik davri boshlanishi toʻgʻrisidagi fikrni ilgari sura boshlaydi. Oʻz navbatida u 1843 yilda Isoning yerga qaytishi hamda dunyoning 25 yildan soʻng yakunlanishi toʻgʻrisida diniy maʼruzalarni keng omma orasida targʻib eta boshlaydi. U.Millerning ushbu da'vatlari Yevropada ham aks-sado bera boshlaydi, afsuski uning “oxirzamon”ni boshlanishi toʻgʻrisidagi qilgan bashorati amalga oshmadi. Zero, mazkur holat, 1845 yilga kelib U.Miller va uning izdoshlari baptistlar safidan chetlashtirilishga sabab boʻladi. Natijada ushbu sekta aʼzolari “adventistlar” nomi ostida oʻz tashkilotlariga asos solishadi. Shu oʻrinda, “Adventistlar” sektasi taʼlimotida Isoning ikkinchi marotaba hayotga qaytishi toʻgʻrisidagi gʻoyasi muhim oʻrin tutadi. Mazkur gʻoyaga koʻra faqatgina taqvodalar tirilib, goʻyoki, Xudo bilan Osmonda 1000 yil birga boʻlishiga ishonishadi. Ular tomonidan yaratilgan barcha narsalar vayron etilib, Isoning ikkinchi marotaba qayta tirilib, jin, ajina va alvastilar ustidan gʻalaba qozonishi natijasida Yer yuzini butunlay poklanishi hamda taqvodorlar qayta tirilib, abadiy hayotga qaytishiga ishonishadi. Hozirgi kunda, dunyoda faol tarzda missionerlik va prozelitizm harakatlari bilan shugʻullanayotgan “Sayentalogiya” sektasini mutaxassislar dunyodagi ijtimoiy xavfli sektalar qatoriga qo'shishadi. Sekta taʼlimotga koʻra, ushbu oqim oʻz faoliyatini rasman 1954 yilda AQSHning Kaliforniya shtatida sekta asoschisi Lafayeta Ronald Xabbard (1911-1986) tomonidan amalga oshirgan. Sekta aʼzolari “Sayentalogiya” soʻzini “sayen” lotincha “bilmoq”, yunoncha “logos” soʻzi oʻzbek tilida “bilim”, yaʼni“bilim haqida soʻz” degan maʼnoni anglatishini alohida taʼkidlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |