Global raqobatdagi innovatsiyalarning roli


O‘zbekistonda raqobat muxitining rivojlanish istiqbollari



Download 140,79 Kb.
bet6/7
Sana10.03.2022
Hajmi140,79 Kb.
#488698
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10 mavzu

O‘zbekistonda raqobat muxitining rivojlanish istiqbollari

Globalizatsiya jarayonining chuqurlashuvi sharoitida milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro bog‘liqligining kuchayishi, jaxon bozorlarida raqobat va moliyaviy-iqtisodiy beqarorlikning ortishi, mamlakatlarning raqobatdoshligini o‘stirish hisobidan ularning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash yo‘llarini topishga undaydi.
Raqobatdoshlikning yuksak darajasi mamlakat iqtisodiy saloxiyatini oshiradi, axoli turmush darajasining o‘sishi va sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Iqtisodiyotning tarkibi, infratuzilmasi, boshqaruvi, geoiqtisodiy holati, uning milliy qadriyatlari hamda rivojlanish tarixidagi tafovutlar-bularning barchasi muayyan darajada mamlakat va uning korxonalari raqobatdoshligiga ta’sir kiladi.

1-rasm. Raqobatbardoshlik ustunliklari va raqobatning bazaviy strategiyasi
Globalizatsiya jarayonida milliy tovar va xizmatlarning raqobatdoshligini ta’minlaydigan tashqi omillar miqyosi va tarkibida salmoqli o‘zgarishlar yuz beradi. Raqobatdoshlikning tashqi omillariga makroiqtisodiy muhit, rivojlanishning innovatsion yo‘lini tanlash, milliy institut va infratuzilmalarning holati, inson kapitalining sifati, milliy iqtisodiyotning xududiy va tarmoq jihatdan balanslashuv darajasi kiritilib, ular ichki omillarga o‘zgaruvchan ta’sir o‘tkazadi.
O‘zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida ichki va tashqi raqobatdoshlikni oshirish tarkibiy o‘zgartirishlarning ustuvor vazifasi bo‘lib qolmoqda. Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi sharoitida bu masalani xal etishning dolzarbligi yanada ortdi va u iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda modernizatsiya qilishning izchil davom ettiriladigan strategik yo‘nalishi sifatida qaralmoqda.
Mamlakat raqobatdoshligining muhim ko‘rsatkichlaridan biri - barqaror iqtisodiy o‘sish va makroiqtisodiy balanslashuvning ta’minlanishidir. Bizning mamlakatimizni global inkirozning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siridan ximoya qilgan makroiqtisodiy muvozanatlashuvning asosiy omillari qatoriga 2005 yildan boshlab ko‘zatilayotgan byudjet profitsitining ta’minlanishi, oltin-valyuta rasmiy zaxiralarining yuqoriligi va davlat tashqi karzlarining past darajasi, barqaror bank tizimi va xalqaro moliya bozorlaridagi extiyotkorona aloqalar kabi omillarni kiritishimiz mumkin.
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha tizimli tadbirlar belgilangan bo‘lib, bu borada dastlab real sektordagi tovar va mahsulotlarni eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashqi bozordagi raqobatdoshligini ta’minlash, qat’iy tejamkorlikni qo‘llash, mahsulot tonnarxi va harajatlarini pasaytirishni rag‘batlantirish, jumladan, energiya tejamkorligining samarali tizimini joriy etish va energiya sig‘imini qisqartirish bo‘yicha choralar, ichki bozorda yalpi talabni rag‘batlantirish va boshqa tadbirlar belgilangan edi.
Ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirish bo‘yicha choralarning amalga oshirilishi, xomashyoni qat’iy tejash tizimining qo‘llanishi mahsulot tannarxining 15-20 foizga pasayishini ta’minladi. 2012 yilda mahsulotning energiya sig‘imi va moddiy harajatlarning 10-15 foizga qisqartirilishiga erishildi.
Real sektorda yuqori darajadagi qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish, Raqobatdosh tarmoqlarni rivojlantirish maksadida xomashyoni chuqur kayta ishlaydigan tarmoqlar ulushini oshirishga karatilgan iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar O‘zbekiston korxonalarining tashqi bozorda barkaror mavqega ega bo‘lishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘zok muddatli rivojlanishining maksadi va ustuvor yunalishlari jaxondagi rivojlangan mamlakatlari katoriga kirish bilan boglik bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev tomonidan asoslab berilgan iqtisodiy siyosat strategiyasi aynan shu maqsadga qaratilgan. O‘zbekiston iqtisodiyotining olis istikboldagi Raqobatdoshligini oshirish uchun kuyidagi yunalishlarga kuch va resurslar yunaltirilmokda:
- iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, iqtisodiy usishning innovatsion omillarini oshirish, YAIMda moddiy resruslar va energiya sigimini 2 barobar pasaytirish xisobidan mamlakat iqtisodiyotini sifat jixatdan yangi boskichga kutarish orkali iqtisodiy usishning barkaror yuqori darajasini ta’minlash (8foiz);

  • modernizatsiyaning birinchi navbatdagi ob’ekti bo‘lib innovatsion mahsulotga bo‘lgan talabni ta’minlashga kodir iqtisodiy to‘zilmalar, davlat ta’lim standartlariga rioya qilish, innovatsiya infrato‘zilmalari rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan qulay investitsion muhit va boshqa barkaror iqtisodiy usish elementlari bo‘lishi lozim;

  • O`ta yangi mahsulot turlari va yuksak texnologiyalarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish asosida tashqi bozorda maxalliy tovarlarning Raqobatdoshligini oshirish; sanoat ishlab chiqarishi, biotexnologiya, informatika va nanatexnologiyadagi yangi kashfiyotlarni qo‘llashga asoslangan hamda milliy iqtisodiyotning ko‘pgina tarmoq va soxalarida katta saloxiyatga ega bo‘lgan energiya va suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;

  • milliy iqtisodiyotning jaxon moliyaviy-iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish, uning tashqi iqtisodiy bozor kon’yukturasiga boglikligini pasaytirish uchun tashqi bozorda Raqobatdosh tayyor mahsulotlar ulushini oshirish xisobidan eksport tarkibini diversifikatsiya qilish;

  • mamlakatimizning yoqilgi-energetik balansini mustaxkamlash va takomillashtirish, chunki iqtisodiyotning energiya ta’minotida tabiiy gazning ulushi me’yordan ancha yuqori bo‘lgani uchun istikbolli energiya tejaydigan texnologiyalarni faol ishlab chikish va xalkaro mikyosda ayirboshlash, energiyaning muqobil manbalaridan keng foydalanish zarur .

Mamlakat mikyosida Raqobatdoshlikni aniklashda asosiy e’tibor yaratilgan makroiqtisodiy muhitga (inflyasiyaning belgilangan me’yori, solik yuki, kredit resurslarini olish imkoniyati, milliy valyuta kursining dinamikasini bilish va uning eksportga muljallangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos kelishi), davlat institutlarining sifati, infrato‘zilmaning rivojlanish darajasi, inson kapitali va ta’lim tizimining sifati, tadbirkorlik muhiti, tovar, moliya va mehnat bozorlarining rivojlanishiga karatiladi.
qulay makroiqtisodiy muhit bilan mahsulotning raqobatdoshligi o‘rtasida o‘zaro barkaror boglikdikning mavjudligi zamonaviy iqtisodiy nazariyaning asosiy koidalariga mos keladi va ko‘p sonli amaliy tadkikotlar tomonidan isbotlangan. Masalan, inflyasiyaning yuqori darajasi iqtisodiyotni investitsiyalashning mavjud manbalarini kamaytiradi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish sur’atlarini ishlab chikarilayotgan mahsulotlarni sifatiga salbiy ta’sir kursatadigan darajada cheklaydi, ishlab chiqaruvchilar harajatlarini ko‘paytiradi va narx-navo bo‘yicha Raqobatdoshlikni pasaytiradi. Tovarlarning Raqobatdoshligiga byudjet defitsitining yuqori ekanini solik yuki, valyuta kursining bekarorligi, ishlab chiqarishning yukoroddiy sigimi va iqtisodiy usishning kapital sigim darajasi ham salbiy ta’sir kursatadi.
O‘zbekistonda Raqobatdoshlikni ta’minlash borasidagi ustuvor yunalish avvalo infrato‘zilmani rivojlantirishga karatilgan bo‘lib, unda temir yul tizimining rivojlangani asosiy urin tutsa (har ming kvadrat kilometrga o‘rtacha 9,5 kilometrtemir yul tarmogi tugri keladi bu borada namuna bo‘ladigan davlatlarda bu rakam ming kvadrat kilometrga 9,3 kilometrni tashqil etadi), mamlakatimizning yana bir ustun jixati axoli savodxonligi bo‘yicha jaxonda etakchi urinda turishidir. “Global Innovation Index and Report 2008-2009” ma’lumotiga kura axolini ta’lim bilan kamrab olish bo‘yicha O‘zbekiston 26- urinda bo‘lib, Xitoy, CHexiya, Ispaniya, Ukraina, va Turkiyadan oldingi o`rinni egallaydi6.
Iqtisodiyot Raqobatdoshligining barcha buginlari (makrodarajada) bir- biri bilan boglik. Ulardan birining rivojlanmasligi boshqalariga salbiy ta’sir kursatadi. Masalan, innovatsion saloxiyatni yuksak texnologiyalarni foydalanishga moslashtiradigan oliy ta’lim tizimisiz hamda ilmiy ishlanma va tadkikotlarni moliyalashtirishda samarali o`rin tutadigan moliya tizimisiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Sog‘lom raqobat sharoitining yukligi va rivojlanmagan tovarlar bozori innovatsion mahsulotga bo‘lgan barkaror talabni va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishni ragbatlantirmaydi hamda milliy innovatsion tizim va infrato‘zilmalarni, ilmiy-texnik ishlanmalar tijoratlashuvining rivojlanmagani ularni pirovard istemolchiga etib borishi uchun imkon bermaydi.
O‘zbekiston sanoatining rivojlanish xususiyatlari sanoat tarmoqlarining kayta ishlash soxalarida fond kaytimi va mehnat unumdorligining jadal usish tendensiyasiga erishilgani bilan ajralib turadi. Mehnat unumdorligining o‘rtacha yillik usishi sanoat bo‘yicha 2005­-2011 yillarda 9 foizni tashqil kildi. Sanoatning mashinasozlik, engil, ozik-ovkat tarmoqlarida usish darajasi ancha yuqori bo‘lgan (o‘rtacha 15,4 foiz), yokdlgi-energetika tarmoqlarida 3,4 foizni tashqil kildi. Kayta ishlanish darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga muljallangan tarmoqlarda fond kaytimining jadal usish darajasida ijobiy tendensiya ko‘zatilgan. Bu tarmoqlarda fond kaytimi o‘rtacha 1,8 marta, jumladan, mashinasozlikda 2 marta, engil sanoatda 1,5 marta, ozik- ovkat tarmogida 1,7 marta ortgan.
Raqobatdoshlik salohiyatiga ega bo‘lgan istemol tovarlari ishlab chiqarishga yunaltirilgan ikkinchi gurux tarmoqlarga kuyidagi tarmoqlar kiradi: engil sanoatning kayta ishlash tarmoqchalari, ozik-ovkat sanoati, avtomobilsozlik. Maxalliy iste’mol tovarlari Raqobatdoshligi indeksi xomashyo ishlab chiqarishdagi shakllangan Raqobatdoshlik kursatkichiga nisbatan birmuncha past. Umumiy ishlab chiqarish hajmida eksport mahsulotlarining engil sanoatdagi ulushi 35 foiz, mashinasozlikda 25,5 foiz, ozik-ovkat sanoatida 5 foiz. Ushbu tarmoqlarning tashqi bozordagi Raqobatdoshligi sanoatning o‘rtacha darajasidan taxminan 20-25 foiz past hisoblanadi7.
Umuman olganda sanoat tarmoqlarining Raqobatdoshligining pastligi muammosi saklanib kolmokda. Kayta ishlash sektori tarmoqlaridagi asosiy mahsulotlarni ishlab chiqarishning ichki harajatlari jaxondagi o‘rtacha narx darajasiga yakinlashib kolgani xolda, ba’zi mahsulotlar turlari bo‘yicha o‘rtacha jaxon baxosiga nisbatan yuqori. Ushbu tendensiya moddiy texnika va energetika harajatlari ulushining yuqori darajada saklanib kolayotgani bilan belgilanadi.
Milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini ta’minlashda mamlakat sanoati etakchi urin tutadi. SHuning uchun sanoatning Raqobatdoshligini oshirish va barkaror usish sur’atlarini ta’minlash uchun kuyidagi chora- tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi:

  • texnologik jarayonlarni takomillashtirish hamda xomashyo, material va energiya resurslari sarfi me’yorini 10-15foiz ga tushirish xisobidan tannarxni pasaytirish va ishlab chiqarish harajatlarini kiskartirish, 2015 yilga borib sanoatda sarflanadigan energiya ulushini kamida 30 foizga kamaytirish ;

  • ishlab chiqarish kuvvatlaridan foydalanish darajasini va sanoat bo‘yicha yiliga mehnat unumdorligini 6-7 foizga oshirish, iste’mol va noishlab chiqarish harajatlarini kiskartirish, xodimlar sonini optimallashtirish;

  • sanoat tarmogida faoliyat kursatayotgan yirik korxonalardagi moddiy va ma’naviy jixatdan eskirgan ishlab chiqarish vositalarini yangilashni jadallashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini yanada modernizatsiya qilish hamda korxonalarda jaxon andozasi talablari darajasida muvaffakiyatli sinovdan utgan zamonaviy texnologiyalarni jadal joriy etish;

  • ishlab chiqarishning samarali diversifikatsiyalashuvi va an’anaviy tarmoqlar eksportini (neft-gaz sanoati, rangli metallurgiya, kishlok xujaligi mahsulotlari jumladan paxta tolasini kayta ishlash) ta’minlaydigan xomashyo resurslarini kayta ishlashni chuqurlashtirishga karatilgan yunalishlarga innovatsiyalarni qo‘llash;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlar ishtirokida ilm-fan yutuklarini qo‘llash imkoniyati yuqori bo‘lgan, yuksak texnologik loyixalar doirasida innovatsiyalarni moliyalashtirish fondini yaratish;

  • yirik korxonalarga investitsiyalarni jalb qilish va yuqori texnologik mahsulot eksportini kullab-kuvvatlash bo‘yicha samarali xalkaro innovatsion hamkorlikka jalb qilish mexanizmlarini yaratish;

  • maxalliy mahsulotlarni sotish bozorlarini urganish va ularning tegishli bozor segmentlaridagi urnini aniklash bo‘yicha marketing tadkikotlarini amalga oshirish;

  • bozor “signallari”ning doimiy mavjud mikyosi va turli tovar va xizmatlarga istikboldagi talabi, ularning texnik, iqtisodiy va ekspluatatsion darajasiga talablar monitoringini (ichki va tashqi) tashqil etish;

  • texnologiyalar transferti soxasida xalkaro hamkorlikning huquqiy mexanizmlarini yaratish;

  • yuksak texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni ragbatlantirish uchun bojxona konunchiligi va ma’murchiligini takomillashtirish;

  • korxonalarning moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish: sanoat tarmoqlari korxonalari tarkibining moliyaviy menedjer va boshqaruvchilari tayyorlash darajasini oshirish8.


Xulosa
Raqobat bozorning muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U bir tomondan, ishlab chiqarish munosabati sifatida namoyon bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa ijtimoiy ishlab chiqarishni muvofiqlashtiruvchi mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. Raqobatli bozor ishlab chiqarish samaradorligiga erishish va iqtisodiy resurslarni optimal taqsimlashga imkon yaratadi.
Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashqil etadi. CHunki har bir mulk egasining o‘z manfaati bo‘lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga buysundirilgan bo‘ladi. Bu jixatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi sub’ektlar manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lishini aniq tavsiflaydi. Raqobat mavjud bo‘lishining boshqa sharti tovar-pul munosabatlarining ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali yanada kengrok namoyon bo‘ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
- tartibga solish vazifasi;
- resurslarni joylashtirish vazifasi;
- innovatsion vazifa;
- moslashtirish vazifasi;
- taqsimlash vazifasi;
- nazorat qilish vazifasi.
O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat eng avvalo ikki turga - tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida ajratilib ko‘rsatiladi. Bular sof raqobat, monopollashgan raqobat, sof monopoliya va oligopoliyadir.
Sof raqobat va sof monopoliya real hayotda kam uchraydi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining holatini monopollashgan raqobat va oligopoliya tavsiflaydi. Monopollashgan raqobatda juda ko‘p mayda firmalar tomonidan turli-tuman tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqariladi, shuning uchun sohaga kirish qiyin emas.
Raqobat xo‘jalik yuritishning asosiy usuli hisoblangani uchun raqobat muhitining shakllanishi bozor iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga bog‘liqdir. Raqobat muhiti deb bozor munosabatlari ishtirokchilarining xo‘jalik yuritishda teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan iqtisodiy, qonuniy, tashqiliy va siyosiy sharoitlar majmuasiga aytiladi. Raqobat muhitining mavjudligi - alohida olingan firmaning bozor sharoitida erkin harakat qilib xukmronlik mavqeiga erishishiga xalaqit beruvchi asosiy omildir.
Xulosa qilib aytganda, raqobatning ijobiy tomonlaridan biri mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda samarali foydalanish iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Mamlakatimiz uchun jahon hamjamiyati bilan iqtisodiy hamkorlik munosabatlarinin barqaror va samarali ravishda rivojlantirilib borilishi mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.



Download 140,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish