Flavonoid glikozidlar.
|
|
|
|
Uglevod qismi
|
|
Trivial nomi
|
|
Aglikon
|
|
C-6
|
C-8
|
|
|
|
|
|
Vitoksin
|
|
Apigenin
|
|
-
|
Glyukoza
|
|
Izovitoksin
|
|
Apigenin
|
|
Glyukoza
|
-
|
|
Vitsenin-1
|
|
Apigenin
|
|
Ksiloza
|
Glyukoza
|
|
Vitsenin-2
|
|
Apigenin
|
|
Glyukoza
|
Glyukoza
|
|
Violantin
|
|
Apigenin
|
|
Glyukoza
|
Ramnoza
|
|
Shaftozid
|
|
Apigenin
|
|
Glyukoza
|
Arabinoza
|
|
Orientin
|
Lyuteolin
|
-
|
Glyukoza
|
Izoorientin
|
Lyuteolin
|
Glyukoza
|
-
|
Skoparin
|
Xrizoeriol
|
-
|
Glyukoza
|
Flavonoidlar deb benzo γ - piron (xromon) unumi va asosida C6 - C3 - C3 uglerod atomlaridan tashkil topgan fenil propan skileti bo’lgan tabiiy birikmalarga aytiladi.
Eng birinchi o’simlikdan sof holda ajratib olingan flavonoid sariq rangda bo’lgani (lotincha flavrum-sariq) uchun ham bu gruppadagi birikmalarga flavonoidlar deb nom berilgan.
γ - piron benzo γ - piron 2-fenol- benzo - γ- piron
Flavonoidlardagi fenil radikali S2 - da joylashgan bo’lsa euflavonoidlar yoki to’g’ridan-to’g’ri flavonoidlar deyiladi. Agar fenil radikali S3 - da bo’lsa izoflavonoid-lar deb ataladi.
Flavonoidlar asosan o’simliklarda glikozidlar holida uchrab, ayrim hollarda aglikon shaklida ham uchraydi.
Glikozidlardagi qand moddalarini soni bir nechta va har xil S atomlariga kislorod orqali yoki to’g’ridan-to’g’ri - S - S - orqali birikkan bo’lishi ham mumkin.
Monosaxaridlardan (qand) D - glyukoza, D - galaktoza, D - ksiloza, L - ramnoza, L - arabinoza, D - glyukuron kislotasi, disaxaridlardan - soforoza, gentsiobioza, rutinoza va boshqalar uchrashi mumkin. Ulardan tashqari ayrim trisaxaridlar (gentsiotrioza, saforotrioza) ham uchraydi.
Qand moddalari glikozidlarda piranoz yoki furanoz shaklida, hamda aglikonga va o’zaro β - yoki α - bog’lanishda bo’lishi mumkin.
Glikozidlar agar - O - bog’lanishida bo’lsa kislota va fermentlar ishtirokida yengil gidrolizga uchraydilar, agar S glikozid holida bo’lsa ularni gidrolizga oddiy sharoitda uchratib bo’lmaydi.
Flavonoidlarning glikozid shaklida bo’lishi, ularning hujayra shirasida yaxshi erishini taminlaydi va yorug’lik va fermentlar ta`siriga mustahkamligini oshiradi.
Flavonoidlarning klassifikatsiyasi
Flavonoidlar V xalqaning oksidlanganlik darajasiga qarab quyidagi gruppalarga bo’linadi.
Flavonlar. Sariq yoki rangsiz rangda bo’ladi.
.
Flavonoidlar. (3 - oksi - flavon) sariq rangda.
Flavononlar. (Rangsiz).
Flavononollar. (3 - oksi - flavonon), (rangsiz).
Antotsianidinlar. Bular o’simlik gullarini turli rangda bo’lishini taminlaydilar
(Rangli modda bo’lib glikozid holida uchraydi.)
Leykoantotsianidinlar. Rangsiz.
Leykoantotsianidinlar kislotalar bilan qizdirilsa antotsianidinlarga aylanadi.
Katexinlar. Rangsiz bo’ladi.
Rangsiz (shu moddalarini eng qaytarilgani)
Katexin (3 - flavonol)
8. Xalkonlar, sariq yoki zarg’aldoq rangda bo’ladilar.
Flavonon
Nuronlar, bular ham sariq yoki zarg’aldoq rangda bo’ladi. xalqasi 5 a`zoli bo’ladi.
Izoflavonlar, bunda fenil xalqasi C3 - da bo’ladi.
Flavonoidlarning fizik va kimyoviy xossalari
Ajratib olingan flavonoidlar rangsiz yoki ko’pincha sariq rangda bo’lgan kristal moddalar bo’lib, ularning aglikonlari organik erituvchilarda eriydilar, suvda erimaydilar. Ularning glikozidlarida qand moddasi qancha ko’p bo’lsa, shuncha suvda eruvchanligi ortib boradi va organik erituvchilarda erishi kamayaveradi. Aglikon ham, glikozidlar ham spirtda yaxshi eriydi. O - glikozidlarning eritmasiga kislota, ferment, ishqorlar ta`sir ettirilsa gidrolizga uchrab aglikon va qand moddalarga parchalanadi.
S - glikozidlarni aglikonlarini olish uchun qattiq sharoit, Kiliani aralashmasi, Na metalini suyuq ammiakdagi aralashmasini ta`sir ettirish kerak.
Antotsianidinlar rangli eritmalar hosil qilib, uning rangi eritmaning rN ga bog’liq. Kislotali sharoitda qizil, pushti, zarg’aldoq bo’lib, ishqoriy sharoitda esa binafsha, ko’k, zangori rangda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |