Kimyoviy tarkibi. Barg tarkibida sof va birikkan holda antratsen hosilalari - aloin, nataloin, izoemodin va boshqalar bo’ladi. Bulardan tashqari, sabur tarkibida smola, oz miqdorda efir moyi va achchiq moddalar uchraydi.
Ishlatilishi. Saburning katta dozasi (0,03-0,2 g) surgi dori sifatida, kam miqdorda (0,01-0,02 g) ovqat hazm qilishni yaxshilash va ishtaha ochish uchun ishlatiladi.
Biogen stimulatorli preparatlar ko’z kasalliklari (konyunktivit, ko’z shishasimon tanachasining xira tortishi va boshqalar)da hamda boshqa umumiy kasalliklar (surunkall artrit, me’da va o’n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, bronxial astma, ginekologik va boshqa kasalliklar) da qo’llaniladi.
Aloe bargining konservatsiya qilingan yangi shirasi bakteritsid xususiyatga ega bo’lib, kuygan joyni, tropik, yuqumli va boshqa yaralama hamda gastrit va kolit kasalliklarini, teri yallig’lanishi kasalliklarini davolashda, shira va sharbat qabziyat hollarda surgi dori sifatida qo’llaniladi.
Aloe suyuq surtmasi (linimenti) quruq va hol epidermitni, nur terapiyasi natijasida II-III darajali kuygan joylarni davolashda ishlatiladi.
Xalq tabobatida aloe bargidan va shirasidan turli yaralarni hamda o’pka silini davolashda foydalaniiadi. O’pka silini davoiash uchun shiraga asal va cho’chqaning ichki moyini qo’shib beriladi.
Dorivor preparatlari. Sabur, inyeksiya uchun V. P. Filatov usulida tayyorlangan aloe ekstrakti, aloe suvli suyuq ekstrakti (flakonlarda ichish uchun chiqariladi), aloy bargining tabletkasi, sharbati, shirasi, suyuq surtmasi (liniment), temirli aloy sharbati.
Aloe suyuq surtmasi (linimenti) biogen stimulatorlarga boy (4-8oC da qorong’i joyda 12 sutka turgan va sterillangan) barglarga kanakunjut moyi hamda evkalipt efir moyi qo’shib tayyorlanadi.
Franguia po’stlog’i - cortex frangulae
Olxasimon frangula - Frangula alnus Mill. (Rhamnus frangula L.); jumrutdoshlar (chilonjiydadoshlar) - Rhamnaceae oilasiga kiradi.
F rangula bo’yi 1-3(ba’zan 7) m ga yetadigan buta yoki kichkina daraxt. Shoxlari tikansiz. Yosh shoxlarining po’stlog’i qizil-qo’ng’irrangli, yaltiroq, silliq, oq yasmiqchali. Bargi oddiy, keng ellipssimon yoki teskari tuxumsimon, tekis qirrali, tezda to’kilib ketadigan qo’shimcha bargli, tuksiz yoki tomirlari bo’ylab tuklar joylashgan.
Barg-poyada bandi bilan ketma-ket o’rnashgan. Barg plastinkasining asosiy tomiridan 7-10 juft tomir bo’rtib chiqqan, ular yuqori tomonga qarab biroz qiyshiq o’rnashgan. Gullari mayda, ko’rimsiz, 2-7 tadan to’plangan holda bargqo’ltig’iga joylashgan. Gulkosachasi qo’ng’iroqsimon, kosachabargi 5 ta, tojbargi 5 ta yashil-oq, otaligi 5 ta, onalik tuguni uch xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi - sersuv, danakli meva, pishmasdan oldin qizg’ish, pishganidan so’ng binafsha-qora rangga kiradi. Meva ichida keng, teskari tuxumsimon, yassi va botiq shaklli 2 ta danak bor. Frangula may-iyun oylarida guliaydi, mevasi avgust-sentabrda pishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |