Nerv to’qimalarining rivojlanishi va regeneratsiyasi
Nerv to’qimalarining rivojlanishi. Nerv to’qi-malari organizmning embrional rivojlanish
davrida ektodermadan hosil bo’ladi, ya’ni dastlabki davrda ektodermaning dorzal qismida kam
tabaqalangan, ko’payish xususiyatiga ega hujayralardan nerv plas-tinkalari hosil bo’ladi. Nerv
plastinkalarining chetlari asta-sekin yo’g’onlashib borib, nerv naychasiga aylanadi. Silindr
shaklidagi hujayralar ko’payishi natijasida nerv naychasi qalinlashib uch qavatga bo’linadi:
ichki-ependima qavati, o’rta-mantiya qavati, tashqi-chekka vual qavati. Bu qavat asosan oldingi
qavat hujayralarining o’simtalaridan tarkib topadi. Ikkinchi va uchinchi qavatlar birinchi qavatni
tashkil etuvchi hujayralarning ko’payishi va boshqa joyga ko’chishi natijasida hosil bo’ladi. Bu
qavatlar hujayralaridan neyroblast, spongioblast hujayralari va neyroblast o’simtalari paydo
bo’ladi.
Neyronlar hosil bo’lishida dastlab nerv sis-temasining o’zagi deb atalmish neyrblastlar hosil
bo’ladi. Neyroblastlarning o’simtalari esa bir tomonga yo’nalib, markaziy nerv sistemasi bilan
periferik nerv sistemasi o’rtasida impuls o’tkazuvchi "yo’l"ga aylanadi. Neyrogliya hujayralari
paydo bo’lishida esa oldin spongioblastlardan ependima hujayralari, so’ng oligodendrotsitlar
hosil bo’ladi.
Nerv to’qimalarining regeneratsiyasi. Nerv to’qima-lari regeneratsiyasi haqida shuni aytish
mumkinki, masalan, nerv tolasi shikastlansa, shikastlangan joyidan buyog’i degeneratsiyaga
uchraydi, ya’ni ajrab qolgan o’simta kesigi yo’g’onlashib va ingichkalashib 2-5 kun deganda
yorilib, bo’lakchalarga bo’linib ketadi. Keyinchalik ko’p o’tmay, bu bo’lakchalar multipotensial
gliyalar, leykotsitlar va astrotsitlar ishtirokida fagotsitoz qilinadi va so’rilib ketadi. Qavat-qavat
bo’lib turgan miyelin qoldiqlarini esa yuqoridagi hujayralar qamrab oladi. Neyronning
shikastlangan joyidan buyog’idagi kesik o’simta yemirilayotganda multipotensial glial
hujayralar bilan astrotsitlar nobud bo’lmaydi, aksincha, zo’r berib mitotik bo’lina boshlaydi.
Nerv tolalarini hazm qilib bo’lgach, uzun tasma hosil qiladi. Shikastlangan nerv tolasi o’rnida
shu usulda yangi tolalar hosil bo’ladi. Ammo markaziy nerv sistemasining shikastlangan joyida
bunday mitotik bo’linish yuz bermaydi. Demak, unda rege-neratsiya jarayoni bo’lmaydi. Nerv
to’qimasining hujayraviy regeneratsiyasi bo’lmasligi, hujayra ichki regeneratsiyasining bo’lishi
69
uning vazifasiga bog’liq-dir. Chunonchi, bosh miya po’stlog’ining yoki orqa miyaning vazifasi
atrofdagi va hatto uzoqda joylashgan turli xil organlardagi neyronlar va boshqa to’qima hujay-
ralari bilan muttasil bog’liqdir. Chunki ularda neyron tanasini tomirlar, muskullar, bezlar va
boshqa a’zolar bilan tutashtirib turuvchi minglab o’simtalar borki, shu o’simtalar yordamida
bosh miya ham, orqa miya ham "xabardor" bo’lib turadi. Hayvonlarning biror organining nervi
shikastlanishidan harakatdan qolsa yoki sezgisini yo’qotsa va vaqt o’tishi bilan bu holat tiklanishi
mana shu nerv hujayralari regeneratsiyasi tufayli sodir bo’ladi. Buni yuqorida nerv tolasi
shikastlangandagi degeneratsiya va regeneratsiya hodisasi misolida ko’rib o’tdik.
Shunday qilib, gistologiya to’qimalarning tuzili-shini o’rganar ekan, biologiyaning bir
tarmog’i sifatida uni to’ldirib turadi, unga asos bo’ladi, poydevor vazifasini o’taydi.
Тo’qimalarning normal, patologik holatlardagi tuzilishini yoki o’zgarishini bilish bilangina
ularning funksiyasi xususida aniq va to’g’ri xulosa chiqarish mumkin. Binobarin, to’qimalarning
mikroskopik, ultramikroskopik va molekulyar tuzilishini o’rganish, tadqiq qilish va nihoyat,
ularni funksiyalari bilan bog’lash hozirgi zamon gistolo-giyasining eng muhim vazifasidir.
Shunda biologiyada organizmlarning funksional qonuniyatlarini yana ham chuqurroq tadqiq
qilish ishiga hissa qo’shilgan bo’ladi. Chunki to’qimalarning tuzilishi bilan funksiyasi bir-biriga
chambarchas bog’liq. Birini bilmaslik, tushun-maslik ikkinchisini rad etish demakdir. Demak,
to’qimalarning gistologik tuzilishini bilish bilan ularning fiziologik jihatlarini ham bilish
mumkin.
Matnni yozishda ana shularga e’tibor berildi. Bundan tashqari, matnda hayvon organizmi
to’qima-larining rivojlanishi, evolyutsion rivojlanishining qiyosiy strukturalari, ontogenez va
filogenez haqida ma’lumotlar berildi. Epiteliy to’qimasi bilan ichki muhit to’qimalariga katta
o’rin berildiki, bu gistologiya fani bo’yicha tuzilgan dasturga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |