Biriktiruvchi to’qima hujayra elementlari
Siyrak biriktiruvchi to’qima hujayra elementlari quyidagi hujayralardan: fibroblast,
makrofag, plaz-matik (plazmotsit), to’qima bazofili (semiz hujayra), peritsit, retikulyar, adipotsit
(lipotsit yoki yog’ hujayra), pigment, endoteliy va adventitsial hujayralardan iborat. Bulardan
tashqari, biriktiruvchi to’qimada qon orkali o’tgan shaklli elementlari (leykotsitlar)ham uchraydi.
Fibroblastlar
Fibroblastlar (lat. fibra-tola, yunon. blastos - kurtak) biriktiruvchi to’qimaning asosiy hujayra
elementlaridan hisoblanadi. Fibroblastlar yirik noto’g’ri shakldagi hujayra bo’lib, qobig’i bir
talay uzun o’simtalar hosil qiladi. Sitoplazma chegarasi faqat elektron mikroskopdagina aniq
ko’rinadi. Fibroblastlar sitoplazmasida ikki qism: tashqi-ektoplazma, ichki-endoplazma tafovut
qilinadi.
Fibroblast yadrosi yirik, cho’zinchoq shaklda bo’lib, o’zida asosan mayda euxromatin tutadi.
Kam dif-ferensiallashgan fibroblastlar yadrosida bir yoki bir nechta yadrocha uchraydi. Hujayra
differensiallanishi davomida yadrochalar yo’qolib boradi. Hujayra sito-plazmasining
submikroskopik tuzilishi ham dif-ferensiallanish darajasiga bog’liqdir. Kam diffe-rensiallashgan
fibroblastlarda hujayra organel-lalari hali unchalik taraqqiy etmagandir. Diffe-rensiallanish
davomida fibroblastlar sintez qobi-liyatiga ega bo’lgan aktiv hujayralarga aylanadi.
Sitoplazmada juda
yaxshi rivojlangan endo-plazmatik to’r,
Golji kompleksi,
mitoxondriyalarni, lizosomalarni ko’rish mumkin.
Fibroblastlar sitoplazmasida, asosan, soxta oyoq-larda diametri 6-7 nm mikrofibrillalar yoki
qisqaruvchi ipchalar joylashadi. Biriktiruvchi to’qimada turli darajada yetilgan fibroblast hujay-
ralari uchrashi mumkin. Ular kam differensiallashgan yosh fibroblastlar, yetuk fibroblastlar va
fibro-sitlarni o’z ichiga oladi. Yosh fibroblastlar mitoz yo’li bilan ko’payish qobiliyatiga ega
bo’lib, ularda oqsil sintezi sust darajada bo’ladi. Funksional jihatdan eng aktiv hujayralar bo’lib
yetuk fibroblastlar hisoblanadi. Fibrotsitlar-fibroblastlarning defi-nitiv shakli bo’lib, bu
hujayralarda organellalar keskin kamaygan bo’ladi.
Ba’zi bir sharoitlarda fibroblastlar silliq mushak hujayralariga o’xshash bo’lgan miofib-
roblastlarga aylanishi mumkin. Miofibroblastlar silliq mushak hujayralaridan juda yaxshi
taraqqiy etgan endoplazmatik to’r tutishi bilan farqlanadi.
Fibroblast hujayralari embrionda mezenxima hujayralaridan, voyaga yetgan organizmda esa
o’zak hujayralardan hosil bo’ladi. Dastavval fibro-blastlarning boshlang’ich hujayralari
differensial-lashib, ulardan yosh fibroblastlar, so’ngra esa yetuk fibroblastlar hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |