1-mavzu. GISТOLOGIYA FANINING MAVZUSI VA VAZIFALARI.
GISТOLOGIYADA QO’LLANILADIGAN ТADQIQOТ USULLARI
Reja:
1. Kirish.
2. Gistologiyaning bo’limlari.
3. Gistologiyaning asosiy sohalari.
4. Gistologiyaning maqsad va vazifalari.
5. Gistologiyaning asosiy tekshirish usullari.
5.1. Mikroskopik tadqiqot usullari.
5.2. Gistokimeviy tadqiqot usullari.
5.3. Maxsus eksperimental - morfologik tadqiqot usullari.6. Хulosa.7. Adabiyetlar.8.
Hayvonlar bilan odam tanasidagi barcha organlar o’ziga xos hujayra va hujayralararo
moddalardan tashkil topgan to’qimalardan tuzilgan. Shu jihatdan qaraganda, tirik organizmning
eng kichik, ya’ni zarracha qismi bu-hujayradir. Hujayralarning tuzilishi, yaratilishi va rivojlanish
bosqichlarini, odatda, sitologiya o’rganadi. Тo’qimalarning tuzilishi, rivoj-lanishini, hayotiy
faoliyatini esa gistologiya o’rganadi. “Gistologiya” yunoncha so’zdan olingan bo’lib, histos-
to’qima, logos-fan, ta’limot, tushuncha degan ma’noni anglatadi. Binobarin, "Gistologiya"
fanining mavzui va vazifasi uning nomidan ham anglashilib turibdi. Anatomiya, embriologiya,
sitologiya kabi fanlar qatorida gistologiya ham fundamental morfologik fan bo’lib, uning asosiy
predmeti tirik materiya tashkil topishida moddiy asos bo’lib xizmat qiladigan to’qima-murakkab
biologik sistemadir. Gistologiya kursida hayvonlar organizmi to’qimalarining tuzi-lishi,
rivojlanishi, faoliyati va evolyutsiyasining asosiy xususiyatlari o’rganiladi va tadqiq qilinadi. Shu
jihatdan qaraganda, mazkur kursda gistologiyani ikki katta qismga-umumiy gistologiya bilan
xususiy gistologiyaga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi. Binobarin, umumiy
gistologiyada to’qimalar tuzili-shining umumiy qonuniyatlari, tekshirish usullari, gistologiya
fanining rivojlanish tarixi kabi masalalar o’rganiladi. Хususiy gistologiyada esa har qaysi
organning to’qimalari mikroskopik jihatdan alohida-alohida o’rganiladi va tadqiq qilinadi.
Bu uning barcha organlari bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’liq holda yashaydi. Gistologiyani
bo’lib o’rganishdan maqsad, birinchidan, metodik jihati bo’lsa, ikkinchidan, organizmning
o’ziga xos qismlarini sistemaga solib o’rganishdir. Uchinchidan, bu usul to’qimalarni ularning
evolyutsiyasi jarayonida morfo-logik-qiyosiy o’rganish imkonini beradi.
Umuman olganda, gistologiya biologiya fanining bir tarmog’i bo’lib, u ham biologiyaga oid
bir qator sohalar bilan bir qatorda o’qitiladi va tadqiq qilinadi. Ayniqsa keyingi yillarda
o’rganishning murakkab usullari paydo bo’lishi bu bog’lanishning yanada aniq-lashib,
mustahkamlanishiga yordam beradi. Binobarin, gistologiyadagi konkret tadqiqot ob’ektlari,
shuning-dek, murakkab tekshirish usullari uni tarmoqlarga bo’lib o’rganishni taqozo etadi.
Natijada gistolo-giyaning gistoximiya, gistofiziologiya, qiyosiy gisto-logiya, eksperimental
gistologiya, tasviriy gistologiya, evolyutsion gistologiya, ekologik gistologiya kabi sohalari
5
yuzaga keldi.
Gistoximiya to’qimalarning ximiyaviy xossalarini o’rganadi. Bu bo’limda gistologik va
ximiyaviy usullar yordamida hujayra va to’qimalarning tuzilishi, ular-dagi ximiyaviy
elementlarning taqsimlanishi o’rga-niladi.
Gistofiziologiya hayvonlar va odam hujayralari, to’qimalarining mikroskopik tuzilishini
ularning vazifasiga bog’lab o’rganadi. Chunki hozir gistologiyada to’qimalarning faqat
mikroskopik yoki ultra mikroskopik tuzilishini o’rganmasdan, balki har qaysi to’qima, hujayra,
organoid va hujayra kiritma-larining oddiy tuzilishi, ularda sodir bo’ladigan har qanday o’zgarish
fiziologik vazifasiga bog’lab o’rganiladi.
Qiyosiy gistologiya gistologiyadagi yo’nalishlardan bo’lib, uning asosiy usuli har xil
hayvonlar to’qi-masining rivojlanishini, tuzilishi va funksiyasini qiyosiy o’rganishdir. U tarixiy
taraqqiyot davrida to’qimalarning rivojlanishini tadqiq etuvchi evo-lyutsion gistologiya asosida
tarkib topgan. Binobarin, qiyosiy gistologiya hozirgi zamon tekshirish usullari yordamida ko’p
hujayrali hayvonlar to’qimalarining evolyutsion taraqqiyoti davrida tarkibiy o’zgarishlarga
uchrashini, hujayra va oraliq moddalardagi to’xtovsiz jarayonlarni va bu jarayonlar tufayli
ularning takomillashib borishini o’rganadi.
Eksperimental gistologiya hayvonlarga eksperi-mental ta’sir ko’rsatish natijasida ularning
to’qima-larida bo’ladigan o’zgarishlarni o’rganadi. Eksperi-mental gistologiya patologik
anatomiya bilan ham birga ish olib boradi, chunki organizmga tushgan har qanday zootoksinlar
ta’sirini o’rganish shu organizm hujayra va oraliq moddalaridagi patologik hodisalarni o’rga-
nish bilan bog’liqdir.
Тasviriy gistologiya. Uning asosiy tekshirish usuli to’qimalar tuzilishini tasvirlab berishdir.
Evolyutsion gistologiya filogenez jarayonida to’qimalarning rivojlanish qonuniyatlarini
o’rganadi. Bu sohada evolyutsion gistologiyaga asos solgan olim A.A.Zavarzinning xizmatlari
katta. Zavarzin va uning shogirdlari qisqichbaqasimonlar, hasharotlar, mollyus-kalar hamda
tuban umurtqalilar biriktiruvchi to’qi-malarining yallig’lanish o’smalarini o’rganish bo’yicha
tadqiqot ishlari olib bordilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |