Maxsus eksperimental-morfologik tadqiqot usullari
Hozirgi vaqtda hayvonlar yoki odam organlari, to’qimalari va hujayralarining tuzilishi hamda
funksiyasini har tomonlama o’rganish, tadqiq qilish uchun yuqorida bayon etilgan tadqiqot
usullaridan tashqari, yana bir qator usullar borki, ularga immunologik ximiyaviy tadqiqot usullari
bilan maxsus eksperimental tadqiqot usullarini kiritish mumkin.
Shulardan keyingisi, ya’ni maxsus eksperimental-morfologik tadqiqot usullari amaliy
tekshirish usullari bo’lib hisoblanadi. Тekshirishning bu usuli, odatda, radiatsion ximerlar,
diffuzion kameralar usuli va organ hamda to’qimalarni transplantatsiya qilish usullarini o’z
ichiga oladi.
Mazkur ish gistologiya kursi dasturiga asoslan-ganligi uchun shulardan eng ko’p
uchraydigan va student-larga ancha tanish bo’lgan organ va to’qimalarni trans-plantatsiya qilish
usuliga to’xtalib o’tamiz.
Bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki, organ va to’qimalarni transplantatsiya qilish, ya’ni
ko’chirib o’tkazish hayvonlar ayni hayot kechirayotgan davrda bajariladi. Butun bir organ yoki
uning bir qismi, aksariyat to’qimalar parchasi bir hayvondan olinib, ikkinchi bir hayvonga yoki
shu hayvonning boshqa biror yeriga ko’chirib o’tkaziladi. Bundan maqsad, ko’chirib o’tkazilgan
organ yoki to’qimaning yashab ketish qonu-niyatini, ular strukturasidagi o’ziga xos
xususiyatlarni, tabiatini va bizga hali noma’lum bo’lib kelayotgan tomonlarni o’rganishdan
iborat. Ayniqsa, qon bilan biriktiruvchi to’qima gistogenezining o’ziga xos tomonlarini tadqiq
etishda mazkur usul ancha qo’l keladi. Organ va to’qimalarni ko’chirib o’tkazish joyiga ko’ra
ikki xil transplantatsiya farq qilinadi:
1)
Geterotopik transplantatsiya-organ yoki to’qima o’z o’rniga emas, balki boshqa joyga
ko’chirib o’tkaziladi.
2)
Ortotopik transplantatsiya-organ yoki to’qima
bo’shatilgan, ya’ni olib tashlangan organ yoki
to’qima o’rniga ko’chirib o’tkaziladi.
Umuman, transplantatsiya masalalarini organ va to’qimalarni konservatsiyalash, sun’iy
organlar yaratish hamda qo’llash usullarini ishlab chiqish va o’rganish o’ziga xos katta soha
bo’lib, u bilan biologiya hamda meditsinaning transplantologiya sohasi shug’ullanadi.
Хulosa qilib aytganda, hozirgi zamon gistologiyasi ko’p qirrali, murakkab tadqiqot usullariga
ega. Ayniqsa elektron mikroskopiya, gistoximiya, radio-avtografiya kabi usullar to’qima va
hujayralarning strukturasi hamda tarkibi haqida to’la tushuncha berish bilan birga metabolik
jarayonning o’tishi xususida bizga mukammal tushuncha beradi. Har qaysi tadqiqot usuli o’ziga
9
xos alohida tekshirish pozitsiyasiga ega. Ammo bir butun holda ular hujayra va to’qimalarning
makro- va mikro tuzilishini, differensiyalanishi hamda regeneratsiyasini, irsiy belgilarining
nasldan-naslga o’tish qonuniyatlarini o’rganadi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |