Asl biriktiruvchi to’qima
Asl biriktiruvchi to’qima tolali biriktiruvchi to’qima va maxsus xususiyatga ega bo’lgan
biriktiruvchi to’qimaga bo’linadi. Тolali biriktiruvchi to’qimada hujayra elementlari va
hujayralararo moddaning nisbati turlichadir. Siyrak shakllanmagan biriktiruvchi to’qimada
hujayra elementlari ko’p bo’lib, hujayralararo tolalari esa kam. U asosan trofik, himoya va
tayanch vazifalarni o’taydi. Тolalari ko’pligi bilan keskin farq qiluvchi to’qima zich biriktiruvchi
to’qimadir. U ko’proq tayanch vazifasini o’taydi. Agar zich biriktiruvchi to’qima tolalari turli
yo’nalishda yotsa-shakllanmagan, tolalar tartibli joylashsa, shakllangan zich biriktiruvchi
to’qima deb yuritiladi. Ularni sxematik ravishda quyidagicha ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |