Voyaga yetgan organizmda qon yaratuvchi organlar qizil suyak ko’migi, taloq, limfa
hujayra qonning o’zak hujayralaridir. O’zak hujayralar qon yaratilishining barcha
yo’nalishlarida, ya’ni eritrotsitopoez, granulotsitopoez, limfotsitopoez, monotsitopoez va
Bo’qoq bezi yoki timusda esa bu jarayonda retikuloe pitelial hujayralar asosiy rol o’ynaydi.
Mikromuhit hujayralari o’zak yoki yarim o’zak hujayralarining qon shaklli elementlariga
differensiallanishini ta’-minlovchi biologik aktiv moddalar ishlab chiqaradi. Bu moddalarga
eritrotsitopoezda aktiv ishtirok etuvchi eritropoetin, megakariotsitopoezda katnashuvchi trom-
bopoetin yoki Т-limfotsitlarning hosil bo’lishida aktiv rolo’ynaydigan timopoetin va boshqalar
Eritrotsitopoez yoki qizil qon tanachalarining taraqqiyoti. Qizil qon tanachalari yoki
eritrotsitlar voyaga yetgan organizmda qizil suyak ko’migida taraqqiy etadi. Ular uchun barcha
qon hujayralari kabi bosh-lang’ich hujayralar bo’lib, o’zak hujayrasi hisoblanadi.
Eritgoblast-eritrotsitlar taraqqiyotining mor-fologik jihatdan aniqlanishi mumkin bo’lgan
eng yosh hujayrasi. Odatda, eritroblast hujayrasi ancha yirik bo’ladi (20-25 mkm), ammo ba’zida
36
mayda hujayralarni (12-15 mkm) uchratish mumkin.
Normotsitlar- 8-12 mkm kattalikka ega bo’lgan hujayralar bo’lib, o’z sitoplazmalarida
gemoglobinning qay darajada to’planganligini va yadro tuzilishining o’zgarishiga qarab, birin-
ketin keladigan uch bosqichga-bazofil, polixromatofil va oksofil normotsitlarga bo’linadi.
Eritrotsitopoez jarayonida hujayralar sito-plazmasi va yadrosida ma’lum bir o’zgarishlar
ro’y beradi. Yadro kichrayadi, yumaloq shaklni oladi, shu bilan birga xromatinning zichlashuvi
va yadrochaning yo’qolib ketishi kuzatiladi. Sitoplazmada gemoglobin modda-sining to’planishi
tufayli uning elektron zichligi oshib boradi va gomogen tusni oladi. Mitoxondriyalar kichrayadi
va ularning soni kamayadi.
Keyingi takomillanish davomida gemoretikulositlardagi hujayra organellalarining qoldiqlari
yo’qolib ketadi va ular eritrotsitlarga aylanadi.
Granulotsitopoez yoki donador leykotsitlarning takomillashishi. Sxematik ravishda
granulotsitopoez quyidagicha ifodalanadi: o’zak hujayra-> miyelo-poezning boshlang’ich
hujayrasi-> miyeloblast-> promiyelotsit-> metamiyelotsitlar-> tayoqcha yadroli leykotsitlar->
yetuk yoki segment yadroli leykotsitlar.
Miyeloblast-granulotsitopez protsessida morfo-logik jihatdan aniqlanishi mumkin bo’lgan
eng yosh hujayra.
Promiyelotsit-donador leykotsitlarning takomil-lashishida miyeoblastlardan keyin keladigan
hujayra bosqichidir.
Eozonofil promiyelotsitlar o’z sitoplazmasida eozin bilan bo’yalgan va neytrofil
donachalariga nis-batan yirikroq bo’lgan donachalar tutishi bilan ajralib turadi.
Bazofil promiyelotsitlar nisbatan maydaroq bo’lib, ular sitoplazmasida yirik to’q ko’k yoki
qo’ng’ir rangga bo’yalgan bazofil donachalar bo’lishi bilan xarak-terlanadi.
Miyelotsitlar bir oz maydaroq bo’lib, ular ham xuddi promiyelotsitlar singari o’z
sitoplazmasidagi dona-dorlikning tuzilishi va bo’yalish xususiyatlariga qarab uch turga-
neytrofil, eozinofil va bazofil miyelo-sitlarga bo’linadi.
Granulotsitopoez jarayoni davomida yosh hujay-ralar-promiyelotsitlar, miyelotsitlar mitoz
yo’li bilan bo’linib ko’payadi. Metamiyelotsit va tayoqcha yadroli granulotsitlar bo’linish
qobiliyatini yo’qotgan hujay-ralardir. O’zak hujayradan yetuk granulotsit hosil bo’lishi uchun
taxminan 7.5-11.5 sutka vaqt talab etadi.
Тrombotsitopoez. Тrombotsitlar yoki qon plastin-kalarining hosil bo’lishi suyak ko’migida
amalga oshadi. 1906 yildayoq Obrazsov va Rayt qon plastinkalari suyak ko’migidagi gigant
hujayralar-megakariotsitlar sitoplazmasining bo’laklari ekanligini aytib o’tgan edilar.
Sxematik ravishda trombotsitopoez mana bunday ifodalanadi: o’zak hujayra->
miyelopoezning bosh-lang’ich hujayrasi -> megakarioblast -> promega-kariotsit ->
megakariotsit -> qon plastinkalari.
Rivojlanish davomida hujayra sitoplazmasida donadorlik ko’payadi, shu bilan birga
sitoplazmadagi kanalchalar ko’payib, ular sitoplazmani alohida bo’lakchalarga bo’ladi. Bu
kanalchalar demarkatsion membranalar ham deb yuritilib, bo’lg’usi qon plas-tinkalarining ajralib
chiqish chegaralarini belgilab beradi.
Monotsitopoez. Monotsitlar makrofag hujayra-larining ilk bosqichi bo’lib, suyak ko’migida
o’zak hujayralardan rivojlanadi. Monotsitopoez quyidagi hujayra bosqichlarini bosib o’tadi:
o’zak hujayra-> miyelopoezning boshlang’ich hujayrasi-> monoblast-> promonotsit-> monotsit-
> to’qima monotsiti-> makrofaglar.
Monoblast hujayrasi o’z tuzilishi bilan miyeloblastni eslatadi, biroq undan farqlanib,
37
yadrosida botiqlik bo’ladi va u yadroga loviyasimon shaklni beradi. Sitoplazma bazofil bo’yalib,
unda kam sonli azurofil donachalar ko’rinadi. Monoblastlardan monotsitlar hosil bo’lgancha
hujayralar 7-8 marta bo’linadi. Yetuk monotsitlar qonda uch sutkagacha aylanib yuradi, so’ngra
to’qimalarga o’tib, makrofaglarga aylanadi.
Limfotsitopoez. Limfotsitopoez sxema tarzida bunday ifodalanadi: o’zak hujayra->
limfotsito-poezning boshlang’ich hujayrasi->Т,V- limfotsit-larning boshlang’ich hujayrasi -> Т,
V-limfoblast -> Т, V-prolimfotsit -> Т, V-limfotsit.
Limfoblast tuzilishi jihatidan boshqa blast hujayralariga juda yaqin turadi. Ular yumaloq
yoki oval shaklga ega bo’lib, sitoplazmasi bazofil bo’yaladi. Limfoblastlar birmuncha dag’al
xromatinga ega bo’lgan yadro saqlab, yadrochalari kam sonli bo’ladi.
Prolimfotsitlar yadrosida xromatin ancha zich-lashgan, dag’alroq bo’lib, elektron
mikroskopda yadrodagi botiqliqni ko’rish mumkin. Prolimfotsitlar va limfoblastlar
sitoplazmasida juda ko’p sonli erkin holda joylashgan ribosoma va polisomalar, sust rivojlangan
Golji kompleksi va kam sonli mito-xondriyalar uchraydi. Limfoblastlardan limfotsitlar hosil
bo’lguncha hujayralar bir necha bor mitotik bo’linadi. Limfotsitlarning umumiy yetilish davri
taxminan 2 sutka davom etadi. Bir-biridan farq qiluvchi Т-limfotsitlar va V-limfotsitlar sistemasi
aniqlanishi bilan limfotsitopoez protsessi ana shu nuqtai nazardan ko’rib chiqiladigan bo’ldi. Bu
ma’lumotlarga ko’ra Т-limfotsitlar bo’qoq bezida ishlab chiqarilib, V-limfotsitlar qushlarda
fabritsiy xaltachasida, odamlarda esa suyak ko’migida ishlanadi. Har ikki limfotsitlarning o’ziga
xos vazifalari bo’lib, ular birgalikda organizmda ma’lum immu-nologik holatni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: