Qon plastinkalari-Тrombotsitlar
Qon plastinkalari eritrotsitlar va leykotsitlar bilan bir qatorda qonning uchinchi xil shaklli
ele-mentlarini tashkil etadi. Leykotsitlar va eritrotsit-lardan farqli ravishda qon plastinkalari
haqiqiy hujayralar bo’lmay, suyak ko’migidagi gigant megaka-riotsit hujayralari
sitoplazmasining mayda parcha-lari hisoblanadi. Shu tufayli trombotsit termini odam qon
plastinkalariga nisbatan unchalik to’g’ri emas.
O’zida yadro saqlovchi va haqiqiy hujayralar bo’lgan trombotsitlar faqat tuban
umurtqalilarda kuzatiladi va Reklengauzen hujayralari deb ataladi. Normal sharoitda qon
plastinkalarining miqdori odam qonida 1 mm
3
da 200000 dan 300000 gacha bo’ladi. Qon
plastinkalari, odatda, yumaloq va oval shaklga ega bo’lib, ularda periferik, strukturaga ega
bo’lmagan zona-gialomer va markaziy, donador zona-granulomer tafovut etiladi.
Qon plastinkalari qonda turli shakllarda, ya’ni yosh, yetuk va qari plastinkalar shaklida
uchrashi mumkin. Yosh plastinkalar to’q binafsha rangga bo’yalgan granulomer zonaga va och
pushti gialomer zonaga ega bo’ladi. Patologik holatlarda qonda degenerativ plastinkalar uchrashi
mumkin.
Qon plastinkalari muhim biologik vazifalarni o’tab, bu vazifalardan eng avvalo, ularning qon
ivishidagi rolini qayd qilib o’tish kerak. Ularda trombokinaza, tromboplastin va hokazo faktorlar
bo’lib, bu faktorlar qon ivish protsessida aktiv ishtirok etadi. Тrombotsitlarda 50 ga yaqin
fermentlar borligi aniqlangan.
Qon plastinkalarining soni simpatik nerv sistemasi qo’zg’alganda, haddan tashqari jismoniy
harakatlarda, taloq olib tashlanganda va boshqa hollarda ko’payib ketishi mumkin. Bu hol
trombotsitoz deb ataladi. Plastinkalar sonining kamayishi-trom-botsitopeniya ham turli
kasalliklarda uchraydi.
Qon plastinkalarining yashash muddati qisqa bo’lib, o’rtacha 5-8 kunga teng.
Gemogramma. Gemogramma tushunchasi qon shaklli elementlarining miqdoriy nisbati,
gemoglobin miqdori, eritrotsitlarning cho’kish reaksiyasi, gema-tokrit ko’rsatkichi va
boshqalarni o’z ichiga oladi. Bu ko’rsatkichlar meditsina praktikasida muhim ahamiyatga ega.
Gemogrammani bilish har bir vrach uchun muhim ahamiyatga ega. Тurli leykotsitlar protsent
miqdorining nisbati leykotsitlar formula yoki Shilling formulasi deb ataladi. Hozirgi vaqtda
normal leykotsitlar formula ko’rsatkichlari qilib quyidagilar qabul qilingan.
Leykotsitlar miqdori 1 mm
3
qonda 3,8-9 ming atrofida bo’ladi, shulardan: neytrofillar - 65-
70% ni, eozinofillar - 2-5% ni, bazofillar - 0,5-1% ni limfotsitlar - 20-35% ni, monotsitlar - 6-
8% ni tashkil etadi.
Limfa
34
Umurtqali hayvonlar organizmida qon tomirlar sistemasidan tashqari limfatik tomirlar
mavjud. Bu nozik tomirlar ichidan sarg’imtir rangda oqsil tabiatiga ega bo’lgan va o’z tarkibida
shaklli element-larni saqlagan suyuqlik - limfa oqadi. Хimiyaviy tuzilishi jihatidan limfoplazma
qon plazmasiga yaqin, ammo limfoplazma tarkibida oqsillar ancha kam. Oqsil fraksiyalaridan
albumin limfoplazmada globulindan birmuncha ko’pdir.
Shaklli elementlari asosan limfotsitlar, mono-sitlardan tashkil topgan. Bundan tashqari,
leyko-sitlarning boshqa turlari, bir oz miqdorda erit-rotsitlar ham uchraydi. Limfa to’qima va
organlarning limfatik kapillyarlarida hujayra oraliq suyuqlik hisobiga hosil bo’ladi va limfatik
tomirlari orqali limfa tuguniga quyiladi. Shu yerdan limfa tomirlariga o’tib, va nihoyat venaga
quyiladi. Shuning uchun 3 xil limfa suyuqligini tafovut qilishi mumkin.
1.
Periferik limfa (limfa tugunchasi)
2.
Oraliq limfa (limfa tugunidan o’tgandan so’ng)
3.
Markaziy limfa (ko’krak qafasida joylashgan yirik limfatik tomirdagi limfa).
Do'stlaringiz bilan baham: |