Gistologiya javoblari


Ko`ndalang-targ`il mushakning organ sifatida tuzilishi



Download 154,37 Kb.
bet47/58
Sana01.02.2022
Hajmi154,37 Kb.
#422017
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58
Bog'liq
Gistologiya javoblari

Ko`ndalang-targ`il mushakning organ sifatida tuzilishi. Mushakning organ sifatida shakllanishida biriktiruvchi to`qima ham ishtirok etadi. U mushakni parda shaklida o`raydi va qon tomirlar bilan birgalikda mushakning ichiga ham o`sib kiradi. Mushakni sirtdan o`rab turuvchi biriktiruvchi to`qima parda epimiziy yoki fasspya deb ataladi. Mushak ichidagi biriktiruvchi to`qima qatlamlari mushak tolalarini alohida tutamlarga bo`lib, ichki perimiziy deb ataladi.
Biriktiruvchi to`qima tolalari ham bir mushak tolasini nafis to`r shaklida o`raydi. Bu nozik to`r endomiziy nomini olgan. Ichki perimiziy tarkibida yo`naluvchi qon tomirlar tarmoqlanib, har bir mushak tolasini o`rovchi kapillyarlar to`rini hosil qiladi. Mushak tolalariga payning kollagen tolalari tutashadi Bu yerda mushak tolalarining uchlari barmoqsimon o`simtalar hosil qiladi va ular orasiga kollagen tolalar o`sib kiradi.
Mushak to`qimasida shu to`qima uchun xos bo`lgan mioglobin pigmenti joylashadi. Mioglobin ikki qismdan - gem (temir) va oqsil komponenti globindan iborat. Miaglobin mushak fiziolo-giyasida katta rol o`ynaydi. Uning asosiy vazifasi o`zida kislorod saqlash xususiyatidir. Mushak qisqargan paytda knslorodning mushak to`qimasiga kirishi qiyinlashadi, lekin kup miqdorda sarf qilinadi. Bu holda mioglobin o`zida ushlagan kislorodni sarflaydi. Sarkoplazmada mioglobin qancha ko`p bo`lsa, mushak kislorodga shuncha boy bo`ladi.
Ayrim sut emizuvchi hayvonlar mushagida juda ko`p miqdorda g`amlangan kislorod bo`ladi. Masalan, tyulenlarda 47% kislorod mioglobin bilan bog`langan holda bo`ladi, faqat 38% i qonda bo`ladi. Mioglobin mushakka qizil rang berib turadi. Rangiga qarab qizil va oq mushaklar tafovut qilinadi. Qizil mushaklar oq mushakka nisbatan sekin qisqaradi, lekin ayrim hollarda oq mushak (masalan, tovuqning ko`rak mushagi) qizilga nisbatan sekinroq qisqarishi mumkin. Bundan tashqari, har bir qizil mushak tolasida oz miqdorda oq tolalar ham uchrab turadi. Qizil mushak tolalarida oksitslanish protsesslari juda yuqori rivojlangan bo`lib, oq mushak tolalarida esa, modda almashinuv protsessi ko`proq anaerob glikoliz shaklida boradi
95. Юрак мушак тўқимасининг атипик ҳужайралари
Yurakdagi qo`zg`alishni o`tkazuvchi mushak to`qimasi (Purkinye tolalari yoki atipik kardiomiotsitlar) ham mushak hujayralari - kardiomiotsitlardan tuzilgan bo`lib, ular qisqaruvchi kardiomiotsitlardan yirikroq (uzunligi 100 mkm, kengligi 50 mkm), qo`zg`alishni peysmeker hujayralaridan qisqaruvchi mushak tolalariga o`tkazadi.
Peysmeker (ritm boshqaruvchi) hujayralar atipik mushakning alohida turi bo`lib, u vegetativ nerv sistemasining tolalari bilan innervatsiya qilingan. Gistologik preparatlarda atipik hujayralar kuchsiz bo`yaladi. Chunki bu hujayralarda mioglobin va miofibrillalar kamroq, sarkoplazma esa ko`proqdir. Miofibrillalar doimo bir-biriga parallel yotmaydi, natijada bu hujayralarda ko`ndalang-targ`illik kuchsizroq rivojlangan. Kardiomiotsitlarda mitoxondriyalar (sarkosomalar), ribosomalar ancha kam, T- sistema esa juda kuchsiz rivojlangan. Sarkosoma-larning kam bo`lishi moddalarni aerob parchalanishi sust ketishini ko`rsatuvchi dalilidir.
So`nggi vaqtlarda yurakning bo`lmacha kardiomiotsitlarida maxsus glikoproteid tutuvchi sekretor granulalar borligi aniqlandi. Shu bilan birga bu hujayralar qon bosimi va ionlar muno-sabatini boshqaruvchi natriy uretik faktor sekretsiya qilishi, bu hujayralar ma’lum endokrin funksiyaga ega ekanligini ko`rsatadi.
96. Кўндаланг-тарғил юрак мушак тўқимасининг гистогенези, тузилиши ва регенерацияси

Download 154,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish