Ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi. Skelet mushaklari mioblast hujayralarining zich to`plamlari bo`lgan miotomlardan rivojlanadi. Mioblastlar ko`pa-yib, atrofdagi mezenximaga ko`cha boshlaydi va bo`lgusi mushak gruppalarining kurtaklari joylashadigan yerlarda to`plana boradi. Mioblastlar yadrolarining jadal bo`linishi natijasida yirix, ko`p yadroli tuzilmalar - miosimplastlarga aylanadi. Keyinchalik ularda miofibrillalar paydo bo`lib, miosimplastning periferiyasida joylashadi.
Simplastlarning markazida sarkoplazma va qator tizilgan yadrolar yotadi. Taraqqiyotining bu davrida ularni mushak naychalari deb yuritiladi. Keyinchalik miofibrillalarning soni ko`payadi, yadrolar periferiyaga suriladi va shu yo`sinda ko`ndalang-targ`il mushak tolalari shakllanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |