Gistologiya javoblari


Ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi



Download 154,37 Kb.
bet48/58
Sana01.02.2022
Hajmi154,37 Kb.
#422017
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58
Bog'liq
Gistologiya javoblari

Ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi. Skelet mushaklari mioblast hujayralarining zich to`plamlari bo`lgan miotomlardan rivojlanadi. Mioblastlar ko`pa-yib, atrofdagi mezenximaga ko`cha boshlaydi va bo`lgusi mushak gruppalarining kurtaklari joylashadigan yerlarda to`plana boradi. Mioblastlar yadrolarining jadal bo`linishi natijasida yirix, ko`p yadroli tuzilmalar - miosimplastlarga aylanadi. Keyinchalik ularda miofibrillalar paydo bo`lib, miosimplastning periferiyasida joylashadi.
Simplastlarning markazida sarkoplazma va qator tizilgan yadrolar yotadi. Taraqqiyotining bu davrida ularni mushak naychalari deb yuritiladi. Keyinchalik miofibrillalarning soni ko`payadi, yadrolar periferiyaga suriladi va shu yo`sinda ko`ndalang-targ`il mushak tolalari shakllanadi
Ko`ndalang-targ`nl mushak to`qimasi jarohatlangandan keyin qulay sharoitlarda tiklanish qobiliyatiga ega bo`ladn. Reperativ tiklanish vaqtida mushak tolalarnda ko`p miqdorda differen-tsiallashmagan mioblastlar hosil bo`ladi. Ba’zi mualliflarning fikricha, mioblastlar jaroxatlangan mushakning yadro va sitoplazma saqlaydigan bir bo`lagidir. Mushak to`qimasida sarkolem-maning bazal qavati va asl plazmolemmasi orasida yo`ldosh hujayralarning topilishi mioblastlar yo`ldosh hujayralaridan hosil bo`ladi, degan fikrga olib keldi (Studitskiy A. H.). Xuddi normal gistogenezda bo`lgani kabi, mioblastlardan mushak tolalari taraqqiy etadi. Qayta tiklanishda ham taraqqiyotning uch fazasi kuzatilishi mumkin: 1) mioblastlar fazasi, 2) mushak naychalari fazasi, 3) mushak tolalarining shakllanish fazasi. Qulay sharoitlar bo`lmagan hollarda mushak to`qimasining regeneratsiyasi to`liq nihoyasiga yetmaydi va shikastlanishda hosil bo`lgan nuqson biriktiruvchi to`qima chandig`i bilan almashinadi. Postnatal o`sish davrida mushak tolalari uzunlashadi va yo`g`onlashadi. Ularning kattaligi shu mushaklar bajarayotgan ishga bog`lik. Tug`ilishning birinchi yillaridan so`ng mushak to`qimasining o`sishi faqatgina tolalarning yo`g`onlashishi (gipertrofiya) bilan bog`liq bo`lib, mushak tolalarining ko`payishi - giperplaziya (yunon. plazis - hosil bo`lishi) bilan bog`liq emas
97. Силлиқ мушак тўқимаси иннервацияси ва қисқаришининг структур асослари
89ga qaralsin
98. Қисқарувчи кардиомиоцитнинг тузилиши
Qisqaruvchi kardiomiotsitlar uzunligi 50-120 mkm, kengligi 15-20 mkm, silindr shaklidagi hujayralardir. Ular oraliq plastinkalar orqali o`zaro birlashib zanjirsimon (tizmasimon) tuzilmalar hosil qiladi (95-rasm a). Kardiomiotsit markazida bir yoki ikki oval yoki cho`zinchoq shakldagi yadro joy-lashadi. Miofibrillalar yadro atrofida joylashib, ular orasida mitoxondriyalar ko`p. Silliq endoplazmatik to`r va T-sistema yaxshi rivojlangai. Donador endoplazmatik to`r kuchsiz rivoj-langan.
Kardiomiotsitlar sarkolemma bilan qoplangan bo`lib, sarkolemma o`z navbatida plazmatik membrana va bazal membrana bilan o`ralgan. Bazal membrana oraliq plastinkalar sohasida bo`lmay, kardiomiotsitlarni faqat yon tarafdan o`rab turadi. Oraliq plastinkalar ikki hujayraning plazmatik membranalari orasida joylashib, elektron mikroskop ostida zinapoyasimon joylashganini ko`ramiz. Oraliq plastinkalar sohasida kardiomiotsitlar desmosomalar, tirqishli birikish (neksus), interdigitatsiyalar orqali birlashgan (95-rasm, b). Oraliq plastinkalarga miofibrillalarning aktin protofibrillalari kelib tugaydi. Miofibrillalar tuzilishi xuddi skelet ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasini eslatadi.
99. Скелет мушак тўқимасининг гистогенези, тузилиши ва регенерацияси.
96ga qaralsin
100. Миосимпласт тузилиши.
Ko`ndalang-targ`il mushak tolalarining tuzilishi. Ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasi tolalardan iborat bo`lib, ularning uzunligi bir necha santimetrgacha (12,5 sm), diametri 100 mkm gacha yetishi mumkin. Shu sababli ko`ndalang-targ`il mushak tolalari simplastik tuzilmalar deb ataladi. Ular uzun silindrik tuzilmalar bo`lib, sirtdan yaxshi ifodalangan parda - sarkolemma bilan qoplangan. Mushak tolalarining yadrolari oval shaklli, xromatini kam, pereferiyada, sarkolemma ostida joylashadi (92-rasm, a). Mushak tolalari mitoxondriyalarga boy bo`lib, ular miofibrillalar orasida tizilib yotadi. Shuni qayd qilish lozimki, mushakning harakat aktivligi ancha yuqori bo`lsa (qisqarish tezligi qancha katta bo`lsa), mushak tolasida sarkosomalar (mitoxondriyalar) shunchalik ko`p bo`ladi. Mushak tolalari sarkosomalarning kristallari kuchli rivojlangan bo`lib, sarkosomalarning uzun o`qiga nisbatan perpendikulyar yo`nalgan. Donador-endoplazmatik to`r sust rivojlangan, yadro atrofida joylashadi. Sust rivojlangan plastinkasimon kompleks ham shu yerda yotadi.
101. Турли хил мушак тўқималарининг ривожланиш манбалари.

Download 154,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish