«G‘isht teruvchi» kasbi bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma toshkent-2021 kirish



Download 6,33 Mb.
bet27/38
Sana13.06.2022
Hajmi6,33 Mb.
#660532
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Bog'liq
«G‘isht teruvchi» kasbi bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma toshken (1)

Yog‘och konstruksiyalar. Yog‘ochdan tayyorlanadigan, ko‘tarib turuvchi konstruksiyalar, asosan yog‘ochdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan hududlarda, shuningdek, shunday konstruksiyalar tayyorlanadigan ishlab chiqarish bazalari bir joyda joylashgan tumanlarda quriladigan binolar va inshootlarda, temir-beton yoki po‘lat konstruksiyalarga nisbatan agressiv muhitli binolarda qo‘llanadi. Yog‘och konstruksiyalar, odatda, bir va ikki qavatli turar-joy, jamoat hamda qishloq xo‘jalik binolari, mineral o‘g‘it omborlari, kuchlanishi 35 kV gacha bo‘lgan elektr uzatish liniyalari tayanchlarini (ayrim hollarda 220 kV gacha) va aloqa liniyalarini qurishda ishlatiladi.
G‘isht-tosh konstruksiyalari. Tabiiy arralanadigan tosh (tuf, pemza, ohak- tosh) qazib olinadigan joylarda ishlatish maqsadga muvofiqdir. G‘isht- tosh konstruksiyalari uchun tabiiy ashyolar — g‘isht, keramik bloklardan keng qo‘llaniladi. G‘isht-tosh konstruksiyalar, asosan, devorbop ixotalar, tirgak devorlar, ustunlar tarzida ishlatiladi. Yuqoridagi turli ashyolardan qilingan konstruksiyalar bilan bir qatorda respublikamizda boshqa xil ashyolar (xom va pishiq g‘isht, paxsa va guvala, yog‘ochdan turli to‘ldirgichli sinch, blok va kompozitsion materiallar) ham qo‘llanilmoqda.


4.Qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan talablar

Qurilish konstruksiyalari me’morchilik konstruksiyalaridan (bino qismlaridan) shu bilan farq qiladiki, bularning kesimlari hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Ular o‘zlariga qo‘yilgan talablarga, mahalliy qurilish sharoitlariga, iqtisodiy va boshqa mulohazalarga ko‘ra turli xil materiallardan tayyorlanadi. Qurilish konstruksiyalarining asosiy turi temir-beton konstruksiyalar bo‘lib, ular hozirgi kapital qurilishning asosini tashkil etadi. Metall, ayniqsa, metall konstruksiyalar ham keng miqyosda ishlatilmoqda. Aluminiy qotishmalaridan, yog‘och va plastmassadan tayyorlangan qurilish konstruksiyalari ham qo‘llanadi. Juda ko‘p obyektlar, ayniqsa, binolarning ko‘p qismi g‘isht-tosh va armotosh konstruksiyalaridan ko‘tariladi.


Foydalanish va texnik talablar shundan iboratki, qurilish konstruksiyalari bino va inshootlardan foydalanish qulay, yetarlicha mustahkam, ustivor, chidamli, yorilish-bardoshliligi, bino va inshootlarning uzoqqa chidamliligi bilan xarakterlanadi. Asosiy talablardan biri ularning tejamliligidir. Bino va inshootlar konstuksiyalariga bir necha texnik talablar qo‘yilib, ularning ijrosi tegishli qurilish me’yorlari va qoidalari hujjati - QMQ da alohida keltirilgan.
Asosiy texnik talablardan bo‘lgan mustahkamlik, bikrlik, ustivorlik, zilzilabardoshlik va chidamlilik talablari eng dolzarb shartlar bo‘lib, konstruksion sifatni ta’minlaydi.
Mustahkamlik sharti. Aksariyat konstruksiyaning ko‘tarish qobiliyatini ta’minlovchi talab bo‘lib. konstruksiyani I chegaraviy holati hisoblanadi va uni mustahkamlik sharti deb yuritiladi. Bu talab konstruksiyaning har birini (poydevor. devor, ustun, to‘siq va hokazo) ko‘tarish qobiliyatini ifodalovchi shart bo‘lib, konstruksiyaga ta’sir qilayotgan kuchga nisbatan ko‘tarish qobiliyatini belgilaydi va u konstruksiyalarni material turlariga, o‘lchamlariga, fizik va mexanik xarakteristikalariga bog‘liqdir.

Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish