Gimnastika (yunoncha gymnastike mashq qilaman) — 1) jismoniy mashqlar tizimi, jismoniy tarbiyaning muhim turi. Kishilarning jismoniy jihatdan har tomonlama oʻsishiga va salomatligini mustahkamlashga, epchil, chaqqon, harakatchan boʻlishiga yordam beradi. Gimnastika oʻz vazifalari, xususiyatlari va metodik usullariga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: asosiy Gimnastika (gigiyenik va atletik gimnastika b-n birga), gimnastikaning amaliy turlari (shu jumladan ishlab chiqarish gimnastikasi), sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va sport akrobatikasi.
Gimnastika mashqlari Yunonistonda jismoniy tarbiya tizimiga kirgan, yoshlarni Olimpiada oʻyinlariga tayyorlash vositasi boʻlib xizmat qilgan. 18-asr oxiri — 19-asr boshlaridan Yevropa mamlakatlarida turli gimnastika asboblarida mashqlar bajarish, 19-asr 2-yarmidan esa musobaqalar oʻtkazish rasm boʻladi. 1896-yildan gimnastika Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi (1928-yildan ayollar musobaqalari oʻtkaziladi). 1903-yildan erkaklarning, 1934-yildan ayollarning jahon birinchiligi oʻtkaziladi.
Oʻzbekistonlik sport gimnastikachilari K. Joʻrayev, T. Karimov, E. Gʻiyozov, G. Gʻiyozov, T. Ibrohimov, Sh. Xonkeldiyev, A. Otaxonovlar turli musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashganlar. Oʻzbekiston gimnastikachilaridan G. Shamray ilk bor olimpiada chempioni unvoniga sazovor boʻldi (1952, Xelsinki). Oʻzbekistonlik S.Diomidov 18- va 19-Olimpiada oʻyinlarida sovrinli oʻrinlar oldi. Elvira Saadiy esa Myunxen olimpiadasining oltin medali (1972) va jahon chempioni unvoni (1974) bilann taqdirlandi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolaridan Oksana Chusovitina, R. Galiyeva katta shuhrat qozondilar.
Jismoniy tarbiya xalqlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning tarkibiy qismi,
kishilarni mehnatga, Vatan himoyasiga tayyorlashning jismoniy jihatdan
barkamol bo’lib yetishtirishning ta’sirchan vositasidir.
Gimnastika yunoncha «gimnos» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «yalong’och»
degan ma’noni anglatadi. SHuningdek, yunoncha (mashq qildiraman)
so’zining kishi salomatligini mustahkamlash, uni har tomonlama jismoniy tarbiyalash va
harakat qobiliyatlarini, kuchi, chaqqonligi, harakat tezkorligi, chidamliligi va boshqa
xususiyatlarini takomillashtirish uchun ishlatadigan maxsus tanlangan jismoniy
mashqlar metodik usullarining tizimi ham degan ma’nosi bor.
Quyidagilar uning asosiy vazifalaridir:
Inson organizmi forma va funktsiyalarini kishilarning jismoniy
qobiliyatlarini har tomonlama takomillashtirishga, salomatligini mustahkamlashga,
uzoq yillar davomida faoliyat ko’rsatib yashashlarini ta’minlashga yo’naltirilgan
mukammal rivojlantirish.
Insonning chaqqon, harakatchan bo‘lishida gimnastikaning ahamiyati kattadir. Gimnastika mashqlari xilma-xil bo‘lib, sport turlarining barchasida bu mashqlardan foydalaniladi. Ular gavda mushaklarini rivojlantirishga yordam berib, to‘g‘ri qomatni shakllantiradi. Shuning uchun ham o‘quv muassasalarida, davolash-profilaktika ishlarida va ishlab chiqarish sohalarida, harbiy xizmatda keng qo‘llaniladi.
Gimnastika mashqlarining yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, bu mashqlar organizmning barcha a’zolariga birdek ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiya darslarida siz hayotiy o‘ta zarur bo‘lgan yugurish, yurish, arqonga tirmashib chiqish, to‘siqlardan oshib o‘tish, muvozanatni saqlash, sakrashlarni bajarishga oid ko‘nikma va malakalarni hosil qilasiz.
„Gimnastika“ tushunchasi keng ma’noni anglatib, uning sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, ritmik, akrobatik gimnastika kabi turlari mavjud.
Mazkur bo‘limda siz gimnastikaning bir necha mashqlari bilan tanishib, sport anjomlarida eng oddiy akrobatik mashqlarni hamda jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi alohida mashqlarni bajarishni (arqonda sakrash, press, chambaraklar bilan mashq bajarish, qo‘llarni bukib-yozish, tortilish, umbaloq oshish, kuraklarda tik turish va hokazo) o‘rganasiz.

Gimnasyikaning inson hayotidagi o’rni judayam katta.Quyidagilar uning asosiy vazifalaridir:
1. Inson organizmi shakl va funktsiyalarini kishiarning jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama takomillashtirishga, salomatligini mustahkamlashga, uzoq-yilar davomida faoliyat ko`rsatib yashashlarini ta`minlashga yunaltirilgan mukammal rivojlantirish.
2. Muxim ko`nikma va malakalarini (shu jumladan, amaliy va sport kunikmalarini) shakllantirish va maxsus bilimlar bilan qurollantirish).
3. Ahloqiy, irodaviy va estetik xislatlarni tarbiyalash. Ko`p asrlik tajriba va jismoniy tarbiya sohasidagi zamonaviy fan yutuqlari asosida yaratilgan gimnastika O`zbekistonda yanada rivoj topdi va keng tadbiq etiladigan bo`ldi.
4. Ayniqsa bolalar va o`smirlarni jismoniy shakllantirishda gimnastikaning ahamiyati katta. Gimnastikaning xilma-xil vosita va uslublari yordamida boshlang`ich jismoniy tarbiya vazifalari muvafaqiyatliroq hal qilinadi, bolalar va o`smirlarda jismoniy hamda harakat qobiliyatlarini rivojlantirish uchun asos yaratiladi, ularning funktsional va ko`nikish imkoniyatlari ancha kengayadi.
Gimnastikaning juda katta gigiena-sog`lomlashtirish
ahamiyati bor. Qadimgi dunyoning atoqli mutafakkirlaridan biri Plutarx gimnastikaning sog`lomlashtirish ahamiyatiga baho berib: «Gimnastika meditsinaning shifobaxsh qismidir»-degan edi. Jahon fanining atoqli arboblari bo`lgan rus olimlari I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, I.N. Mechnikov, P.F. Lesgaft, V.V. Gorinevskiylar jismoniy mashqlarga, jumladan, gimnastika mashqlariga katta ahamiyat berib, bu mashqlarni hayotiy va faoliyat va ishchanlik qobiliyatini oshirishning, shuningdek sog`lomlashish va faol dam olishning eng yaxshi vositasi deb bilgan edilar.
Gimnastika bilan hamma-bolalar-u kattalar, keksalar-u yoshlar, yaxshi tayyorgarlik ko`rganlar-u endi boshlovchilar, sog`lom kishilar-u va, hatto notob kishilar-shug`ullanishlari mumkin. Gimnastika bilan maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida, maktablarda, o`rta va oliy o`quv yurtlarida ko`ngilli sport jamiyatlarida, ishlab chiqarish janoblari va davolash pansionatlarida, dam olish oylari va sanatoriylarida, O`zbekiston Armiyasi va flotida ham shug`ullaniladi. Gimnastika bilan ko`plar o`z uylarida radiodan eshitib, televizorlardan ko`rib turib, uy boshqarmalariga qarashli turar joy va hokazolarda ham shug`ullanishganlar. Gimnastikaning bunchalik keng yoyilganligiga sabab uning vositalarining barchaga tushunarli va xilma-xil ekanligida, jismoniy tarbiyaning turli vazifalarini hal qilish uchun mashqlar tanlash imkoniyati katta ekanligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |