0 ‘rgatish ketma-ketligi
Bosh va qoMlar teng tomonli uchburchak hosil qilishi kerak. Panjalar yelka kengligida joylashgan. Bosh peshonaning yuqori qismiga tayangan.
Tayanib cho'qqayishdan, yordam bilan oyoqlarni bukib boshda turish.
Tayanib cho'qqayishdan mustaqil boshda turish.
Xatolar
Bosh ning noto‘g‘ri joylashishi.
Boshni qo‘llarga yaqin qo‘yish.
Ehtiyotlash va yordam. Yonboshda tizzalarda turib, bir qo‘lda beldan, ikkinehisida boldirdan ushlab yordam beriladi.
Orqaga umbaloq oshib, yarim shpagat
Bajarish texnikasi. Orqaga umbaloq oshish yakunida bir oyoqni ko‘krakkacha bukib, qo‘llarga tayanib, bukilgan oyoqni tizzaga qo‘yib, ikkinchi oyoqni bukmasdan, polga tegmay, to‘g‘rilanib, qo‘llami yozib, tizzaga tayanib turish. Oyoqni tushirib, surilayot-ganda, to‘g‘rilanib, polda qo‘llar bilan sirg‘anib, yarim shpagat hosil qilish (358-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |