Oyoqlarni to‘g‘ri qo‘yish uchun namunaviy mashqlar: o‘tirgan holda, oyoq kaftlarini bukish, yozish o‘yini; tovonda o‘tirib o'y-naladigan o‘yinlar; yotgan va o‘tirgan holda oyoqlarning barcha bo‘g‘imlarini bukish va yozish o‘yinlari; oyoqlarning tos-son qismi bo‘g‘inlarini tashqaridan qo‘shimcha kuch orqali hara-katlantirish.
Oyoqlarning turli holatini (pozitsiya) o‘rgatadigan mashqlar. Ayniqsa, ko‘p mashqlarni shug‘ullanuvchilar yotgan yoki o‘tirgan holatda bajaradi. Ko‘rsatilgan mashqlar navbatma-navbat bo‘g‘imlarga zo‘r berib, turli ritm va tezlikda bajarilishi zamr. Ko'nikmalar egallanib bo‘lgandan so‘ng, bu mashqlardan katta bolmagan kombinatsiyalar tuzilib, ular to‘xtovsiz, birgalikda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |