Juftlama qadamlar bilan orani ochish. «0‘rtadan (o‘ngga, chapga) ikki qadamga juftlama qadamlar bilan orani oching!» buyrug‘i berilgandan keyin o‘qituvchi orani ochish tugagunga qadar «bir-ikki» deb, sanab turadi. Orani ochishni chetdagi qatorlar (yoki qator) boshlaydi. Navbatma-navbat har ikki sanoqdan keyin qolgan qatorlar orani ochadilar. Orani yaqinlashtirish uchun quyidagi buyruq beriladi: «0‘rtalikka (o‘ngga, chapga) juftlama qadamlar bilan yig‘iling!», hamma qator baravariga yaqinlasha boshlaydi. 0 ‘qituvchi yaqinlashish tugagunga qadar «bir-ikki» deb, sanab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |