Mashg‘uIotIami tashkil qilish usullari
Asosiy gimnastika mashg‘ulotlari dars shaklida o‘tiladi. Mak-tabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi mashg‘ulotlarini dastur talabiga, shuningdek, shug‘ullanuvchilaming yoshi va jinsiga muvofiq tuzadi.
Sog‘lomlashtirish guruhidagi keksa yoshdagi kishilar bilan asosiy gimnastika mashg'ulotlari ham dars shaklida o‘tkaziladi.
Asosiy gimnastika mashg‘ulotlarini tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Odatda, bir o‘qituvchi shug‘ullanuvchilaming katta guruhi bilan mashg‘ulot o‘tkazadi. Shuning uchun o‘quv jarayonini boshqarishda mashg‘ulotlarni tashkil qilishning maxsus usullari zarurdir. Maktab darsi 45 daqiqa va sog‘lomlashtirish 45—90 daqiqa davom etadi. O'qituvchi bu vaqtdan unumli va odilona foydalanishi, ko‘p mashq bajartirishi bilan birga, mash-g‘ulotlami yetarli darajada emotsional tashkil qilishi kerak. Asosiy gimnastika darsni tashkil qilishning turli usullaridan foydalanish mumkun.
Do'stlaringiz bilan baham: |