Oldinga tebranib sakrab tushish. Orqaga tebranishning oxirgi holatidan gimnastikachi navbatma-navbat «а», «Ь» holatlaridan o‘tadi va «е» holatiga yaqinlashadi («osilish holatida tebranish»ga qaralsin). So‘nggi holatda sakrab tushishdan oldin tos-son bo‘g‘i-nidan bukilish tebranishdagidan bir qancha ko‘proq bo‘lishi mumkin. Harakatning oldingi jaiqori nuqtasida gavdani tos-son bug‘inidan keskin yozilish orqali toliq kerish zarur va ayni vaqtda to‘g‘ri qo‘llarni bosh orqasiga yo‘naltirish kerak. Shu harakatlar tugashi bilanoq, gimnastikaclii qo‘llarini qo‘yib yuboradi va uchish holatida kerishgancha yerga tushadi.
Tebranishdan keyin sakrab tushishni bajarishdan oldin quyidagi mashqlami ijro etish foydalidir: turnikdan 1—1,5 m masofada turgan tramplindan sakrab osilish va oldinga siltanib sakrab tushish.
Do'stlaringiz bilan baham: |