Gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua


Amaliy mashg‘ulotda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar usuli



Download 0,76 Mb.
bet88/154
Sana22.08.2021
Hajmi0,76 Mb.
#153554
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   154
Bog'liq
gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua

Amaliy mashg‘ulotda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar usuli

«Qorbo‘ron» usuli

Talabalar guruxini 2 ta komandaga bo‘lib xar bir komandaning sardori tanlab olinadi (sardorlarni komanda a’zolari tanlaydi).

Raqib komandalar bir-biriga ushbu mavzu bo‘yicha 3 tadan savol tayyorlaydi: javob tayyorlash uchun 7- 8 daqiqa vaqt ajratiladi. Komanda sardori taklif etilgan javoblardan eng yaxshisini (qizikarli va eng muxim bo‘lganini) tanlab oladi. Savollarni tayyorlash vaqtining o‘tishi bilan, har bir komnada bir-birlariga savol bera boshlaydi. Javob tayyorlash uchun 1 daqiqa vaqt ajratiladi va vaqt o‘tishi bilan xar bir komanda 1-2 daqiqa davomida berilgan savolga javob

beradilar (vaqt o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi). Agar savol bergan komanda taklif qilingan javob bilan rozi bo‘lmasa, yoki koniqish hosil qilmasa o‘zining javob variantini aytadi.

Xar bir «savol-javobdan» so‘ng o‘qituvchi savolning va javobning sifatini izohlab beradi. O‘quv dars protokoliga savol va javoblarni to‘ldirish yoki o‘z javob varianti uchun baho qo‘yiladi.

Savolni baholashda savolning sifatini, uning mavzuga yaqinligi aniqligi, aktualligi uchun 5 ball qo‘yiladi.

Javobni baholashda uning to‘liqligi, to‘g‘riligi, mavzuga mos kelishganligi aniqligi uchun 5 ball qo‘yiladi.

O‘z javob varianti uchun qo‘shimcha mukofot ball beriladi:

-to‘g‘riligi, aniq qo‘shimcha uchun -1 ball

-uncha aniq bo‘lmagan javob uchun 0,1 dan 0,5 gacha ball

-noto‘g‘ri bulgan javob uchun (0,5) ball jarima

Hamma olingan natijalar protokolga quyidagi forma bo‘yicha to‘ldiriladi:

1 komanda 2 komanda

Savol + N° Baho ballarda

Savol: Javob: Qo‘shimcha to‘ldirish

Yakuniy hulosada o‘qituvchi har bir komanda to‘plagan ballarini qo‘shib, yig‘indi sonini 6 ga bo‘ladi (3 savol + 3 javob). Olingan natija har bir komanda ishtirokchisining o‘rtacha bahosini tashkil qiladi. Eng yuqori ball (0,5 ball) komandaning eng aktiv ishtirokchisiga, jarima ball (-0,2-0,3 ball)-eng passiv ishtirokchisiga beriladi.

TESTLAR



  1. Gigiyena faninig asosiy maqsadi qanday?

  1. atrof muhitdagi biologik omillarning ta’sirini ta’siflash, kasalliklarni davolash usullarini ko‘paytirish

  2. tashqi muhit omillari ta’sirida yuzaga kelgan kasalliklarni davolash usullarini ishlab chiqish

  3. atrof muhitdagi fizikaviy omillari ta’riflash

  4. atrof muhitdagi omillarning eng muvofiq yoki indifferent yashash sharoitlari bilan ta’minlash maqsadida ularga gigiyenik reglamentlar ishlab chiqadi

  1. Gigiyenik reglament nima?

  1. odam organizmi uchun tashqi muhit omillarining eng muvofiq yoki indifferent miqdorini belgilovchi hujjat

  2. sog‘liqni saqlashdagi har qanday muassasaning asosiy faoliyatini belgilovchi hujjat

  3. atrof muhit omillarining fizikaviy va kimyoviy omillarini ta’riflovchi hujjat

  4. zararli sharoitlarda mehnat sharoitini chegaralovchi hujjat

  1. REK nima degani?

  1. ruxsat etilgan oxirgi konsentratsiya

  2. odam organizmiga ta’sir etuvchi ruxsat etilgan miqdor

  3. odam organizmiga ta’sir etmaydigan ruxsat etilgan miqdor

  4. ruxsat etilgan oxirgi sifat

  1. Ogohlantiruvchi sanitariya nazoratida loyihalarni nima uchun ekspertiza qilinadi?

  1. ishlab turgan ob’ektlarni suv bilan ta’minlash uchun

  2. ishlab turgan ob’ektlarda kimyoviy tekshirish o‘tkazish uchun

  3. loyihani gigiyenik talablar asosida tuzilganligini tekshirish

  4. sanoat korxonalaridagi yoritilganlikni tekshirish uchun

  5. Kundalik yoki joriy sanitariya nazorati nima?

  1. ob’ektlarda gigiyenik me’yor va qoidalarning bajarilishi nazorat qilish 2.ishlab turgan ob’ektning suv ta’minotini tekshirish uchun 3.ob’ekt qurilishini joyida tekshirish uchun 4.korxonadagi yoritilganlikni tekshirish uchun

6.O‘zbekistonda sanitariya epidemiologiya ishlarini bajaruvchi muassasa qaysi?

  1. sanitariya epidemiologiya nazorat markazlari 2.shahar sog‘liqni saqlash bo‘limlari

  1. tibbiy-sanitariya qismlari 4.tuman sog‘liqni saqlash bo‘limlari

7.O‘zR-da sanitariya epidemiologiya nazoratini amalga oshiruvchi muassasalarini sanab bering 1.O‘zR sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi sanepidnazorat departamenti, davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari

2.O‘zR MV-dagi tibbiy boshqarmasi 3.SES ning bosh gigienisti 4.DSENM

  1. 4 Mavzu: Shaxsiy ovqatlanishning adekvatligini o‘rganish. Organizmning vitaminlar bilan ta'minlanganligini baholash. Ovqatdan zaxarlanishlar va ularning profilaktikasi.

Mashg‘ulotning jihozlanishi: Tilmans reaktivi, reaktivlar , kolbalar, xovoncha, paxta


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish