AMALIY MASHG‘ ULOTLAR.
2. Mavzu: Zamonaviy gigiyena va uning farmatsevtikadagi o‘rni. To'g'ri ishlab chiqarish
qoidalari.
Mashg‘ulotning jihozlanishi: tarqatma materiallar Mavzuni asoslash
Sanoat korxonalari, turar joylar, umumiy ovqatlanish muassasalari va boshqalarda amaliy sanitariya tadbirlari, gigiyenik tekshirishning turli usullaridan keng foydalaniladi.
Sanitariya tekshirish usullari. Aniqlangan kamchiliklarni yo‘qotish bo‘yicha taklif va ijro muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar tuziladi.
Laboratoriya tekshirish usullari. Gigiyena fanida va sanitariya amaliyotida havo, suv, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tashqi muhit omillari fizikaviy, kimyoviy, bakteriologik, toksikologik jihatidan tadqiq qilinadi.
Tajriba usulini qo‘llash yo‘li bilan (turli-tuman, shu jumladan, kimyoviy, fizikaviy omillarning organizmga ehtimoli tutilgan zararli ta’sirini o‘rganish va uni sanitariya-texnik asboblar hamda qurilmalar yordamida laboratoriya sharoitida baholash).
Fiziologik kuzatish usuli - odam organizmi a’zolari va sistemalarining vazifasi holatini turli sharoitlarda tekshirish.
Klinik kuzatsh usuli. Bu usul klinika, korxona, maktab va boshqa joylarda profilaktik tabobat ko‘riklarini o‘tkazishda qo‘llanilib, uning yordamida profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun zarur ma’lumotlar olinadi.
Statistika usuli. Tashqi muhitning salomatlikka ijobiy yoki salbiy ta’siri natijasini aniqlaydi. Olingan ma’lumotlar asosida kerakli profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va asoslanadi.
Fizikaviy usul xonadagi mikroiqlimni, vibratsiyani, shovqin ko‘rsatkichlarini o‘lchashda, issiqlik ajratish darajasini va boshqalarni baholashga imkon beradi.
Kimyoviy usul atmosfera havosidagi zaharli moddalarni miqdorini aniqlash maqsadida, suvning sifatiga (suvning tuzli tarkibi, sanitar ko‘rsatkichlarini aniqlash) baho berishda, oziq- ovqatlarning biologik to‘yimligini aniqlashda qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda amalda gigiyenik tekshirishlarda ko‘pgina fizik-kimyoviy va radiologik usullarda tekshirishlar kiritilmoqda. Ular yuqori sezuvchan, aniq va maxsuslashtirilgan hisoblanadi. Ko‘pgina hollarda tezlashtirilgan usullar ham qo‘llaniladi. Eng kelajagi bor usul bo‘lib xromatomasspektrometriya, spektrofotometriya usullari hisoblanadi. Ular yordamida havo, suv, tuproq, biologik materiallarning tarkibiy qismlarini baholash va farqlash ishlari o‘tkaziladi.
Bakteriologik tekshirish usuli - yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari tarqalishi mumkin bo‘lgan suv, havo, tuproq, oziq-ovqat va boshqa ob’ektlarni bakteriologik ifloslanishiga baho berishda qo‘llaniladi.
Toksikologik va biologik tekshirish usuli yordamida laboratoriya hayvonlarida tajriba o‘tkazilganda kimyoviy birikmalarning organizmga ta’siri baholanadi va suv, havo, tuproqda ruxsat etilgan kontsentratsiyani (PDK) aniqlanadi.
Klinik tekshirish usuli - atrof muhit omillarining organizmga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlashda qo‘llaniladi.
Sotsiologik va sanitariya - statistik tekshirish usuli aholini tibbiy o‘arakatlanish dinamikasini (tug‘ilish, o‘lish, aholining ortishi), kasallanish va fizikaviy o‘sish va boshqalarni soniga baho berishda va tegishli hulosa qilishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |