Sog‘liqni saqlash amaliyotida ko‘pincha qisqartirilgan sxemadan foydalanib, yoshga doir 5 davrni baholanadi.
Yangi tug‘ilgan davr
Ko‘krak yoshi davri
Ilk maktabgacha bo‘lgan yosh davri (1-3)
Maktabgacha bo‘lgan yosh davri - 3-7 yosh
Maktab yoshi davri (kichik, o‘rta va katta maktab yoshi)
Turlicha yosh davrlaridagi bolalar organizmida anatomo-fiziologik xususiyatlarning asosiylarini ta’riflash va har bir yosh guruhi uchun muhim bo‘lgan gigiyenik tadbirlarni ta’riflashga o‘tamiz. Yangi tug‘ilgan davrda chaqaloq bolaning organizmi morfologik va funksional jihatdan yaxshi takomillashmagan bo‘ladi. Bu davrda bola organizmi uchun umuman begona bo‘lgan muhit, yangi sharoitga moslashish bilan boradi. Bola organizmidagi asosiy organlar va sistemalarning yaxshi takomillashmaganligi tufayli atrof muxitning nomuvofik ta’sirotlariga juda sezgirchan bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan davrda va 30 kungacha bo‘lgan muddatda bolalar o‘rtasida kuzatiladigan o‘lim darajasi bolaning 1yoshgacha bo‘lgan oylaridagiga qaraganda 2-3 marta ko‘p kuzatiladi.Bu davrda qayd qilinadigan kasalliklar ichidan eng asosiylari qatoriga - nafas yo‘llari kasalliklari, pnevmoniya va yiringli-septik kasalliklar hisoblanadi. Bu davrda uchraydigan kasalliklar darajasini kamaytirish uchun eng muhim bo‘lgan tadbirlar qatoriga - tug‘ruqxona xodimlari tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishi, bolani parvarish qilishda aseptik sharoitlarni yaratgan holda bajarish, bolani emizishdan oldin ona ko‘kragini iliq suv bilan yuvish, bola badanini toza bo‘lishiga e’tibor qaratish, chaqaloq yotgan xonadagi harorat-namlik tartibini oqilona bo‘lishini ta’minlash, (xona havosining harorati 24-26 o S), chaqaloqni to‘g‘ri ovqatlantirish, chaqaloq uchun eng muvofik kiyimlarni tanlash muxim ahamiyatga egadir.
Ko‘krak yoshining butun muddati davomida bola organizmida jadal tarzda o‘sish va rivojlanish jarayoni kuzatilib, u endokrin bezlarning ta’sirida bo‘ladi (qalqonsimon, buqoq, bo’ylrak usti bezlari), asosiy modda almashinuvining ortib borishi, birinchi signal sistemasining shakllanishi kuzatiladi. Shu bilan birga bola organizmidagi organlar va sistemalarning to‘liq takomillashmaganligi tufayli uning organizmi turli kasalliklarga nisbatan juda sezgir va tez bu kasalliklarga tez beriluvchan bo‘ladi, buning natijasida atrof muhitdagi nomuvofik omillar ta’sirida quyidagi kasalliklar tez-tez qayd qilinib turiladi: pnevmoniya, otitlar, infeksion-toksik kasalliklar, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi kasalliklari. Bu yoshdagi bolalarning kasallanishini oldini olish tadbirlari qatoriga - ona tomonidan shaxsiy Gigiyena qoidalariga rioya qilinishi, bolani to‘g‘ri parvarishlar, bola organizmi uchun muvofik mikroiqloim sharoitlarini yaratish, bolani to‘g‘ri ovqatlantirish, o‘z vaqtida uxlatish, toza havoda o‘ynatish, chiniqtiruvchi tadbirlardan unumli foydalanish, passiv gimnastika, bolani kunda cho‘miltirish, quyosh nuridan baxramandq kabilan juda muhimdir.
1-3 yoshlik va 3-7 yoshlik bolalar organizmida o‘sish va rivojlanish jarayonlari biroz sekinlashadi, bola organizmidagi dispraporsiya xanuzgacha saqlanadi, ammo shu sharoitda ichki organlarning morfologik strukturasi takomillasha boradi, ikkinchi signal sistemasi ham shakllana boshlaydi. Bolaning MNS xam kuchli rivojlanish kuzatilib, uning ongi orta boradi, atrof muxitdagi bo‘layotgan hodisalar va borliqqa nisbatan tafakko’rlash qobiliyati paydo bo‘la boshlaydi, bolada so‘zlash qobiliyati kun sayin orta boradi. Bolalarning bu yosh davrlarida harakat faoliyati juda kuchli taraqqiy etadi va ongli faoliyat tez taraqiy etadi, buning natijasida bu yoshdagi bolalarda turli xildagi shikastlanishlar, tasodifan yuzaga keladigan hodisalar uchrab turadi, chunki bola beixtiyor ravishda qo‘liga tushgan bo’ylumlarni og‘ziga olib boradi. Yoshdan o‘tgan bolalardagi eng ko‘p kuzatiladigan kasalliklar qatoriga bolalar infeksiyalari va invazion kasalliklar juda ko‘plab qayd qilinadi. Sauning uchun bu yoshdagi bolalarni gigiyenik tarbiyalash va ular organizmini chiniqtirish juda muhim ahamiyatga egadir. Bu tadbirlar fakatgina profilaktik tadbirlar bo‘lib qolmay, balki organizmni stimullovchi tadbirlar ham hisoblanadi (cheklangan miqdorlardagi jismoniy mashqlar, xarakatli o‘yinlar, bolalar organizmini chiniqtirish, mikroiqlim sharoitlarini o‘zgartirib turish). Bolalar uchun tuzib chiqilgan oqilona kun tartibining ahamiyati juda muhim bo‘lib, shu bilan birga bu yoshdagi bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirish, sifatli taomlar bilan ta’minlash katta ahamiyatga ega. Bu yoshdagi bolalarni atrof muhitda bor bo‘lgan hodisalarni bilishga juda chanqokligi sababli,
ularni o‘qishga bo‘lgan munosabatlarinini astalik bilan shakllantirish lozim, ammo nerv sistemasining yukori darajadagi labilligini inobatga olib, ular psixikasini zo‘riqtirish maqsadga muvofik emas.
I kkinchi bolalak davrida (kichiq maktab yoshi) o‘sish tempining yanada sekinlashishi kuzatiladi, ammo mushaklar massasi, yurak mushaklarining massasi orta boradi, ichki organlar xam yaxshi rivojlanadi. Badan skeletida suyaklashish jarayoni juda jadal ketadi va sut tishlari sekin-asta xaqiqiy tishlar olmashina boshlaydi. MNS uchun qo‘zgalish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustunlikka ega bo‘ladi, shuning uchun bu yoshdagi bolalarda aqliy ish bilan bo‘lgan mashg‘ulotlar ularni tez toliqishiga sababchi bo‘ladi va ayniqsa bir xil turdagi mashqlar ularni tez toliqtiradi. Skeletlardagi mushaklar, boshqa turdagi mushak guruhlarining umumiy massasini ortib borishi bilan birga ular xanuzgacha rivojlanishda va to‘liq takomillashmaganligi sababli ayrim mushak guruhlarida (qo‘l barmoqlarining mushaklari, xarakat-tayanch organlarining mushaklarida toliqish jarayoni yuzaga keladi va bu xolat bolalarning qaddi-qomatini buzilishiga asos bo‘lib qolishi mumkin. Shuning bolalarni maktablarda partada to‘g‘ri o‘tirishiga, partalarning razmerlari bolaning bo’yiga muvofiq tanlanganligiga e’tiborni qaratish muximdir. Bu yosh davrida shaxsiy gigiyena maxoratlarining o‘zlashtirilishi, badanni chiniqtiruvchi mashqlarga moslasha borishi, to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rgana borishi bilan bir qatorda optimal kun tartibi va maktabdagi dars jadvallarining to‘g‘ri tuzilganligi, o‘quv va jismoniy tarbiya mashqlarini dozalarga muvofik tashqil etilganligi, o‘qitish sharoitlarining gigiyenik me’yorlar
Do'stlaringiz bilan baham: |