Gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua



Download 0,76 Mb.
bet74/154
Sana22.08.2021
Hajmi0,76 Mb.
#153554
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154
Bog'liq
gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua

8.3-rasm
gar tog‘li jinslarida yorilish yoki tirqishlar hosil bo‘lgan bo‘lsa, u holda abadiy muzlik va qorliklardan erigan suvlar ana shu yoriqlar va tirqishlar orqali tog‘ buloqlarini hosil qilishi mumkin hamda bu manbalardagi suvdan tog‘li sharoitda yashovchi aholi bemalol foydalana oladi. Bunday buloq suvlaridan quvvati unchalik katta bo‘lmagan suv tarqatish tarmog‘i uchun foydalansa bo‘ladi. Buloq suvlari qoida bo‘yicha yaxshi sifat ko‘rsatkichlariga ega va undan foydalanganda ularga qo‘yiladigan asosiy talablar buloq suvlarining yuzaga chiqadigan joylarini ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘ladi.

Yuza suvlarining tozaligi va qisman yer osti suvlarining ham atrofidagi hududning sanitar holati bilan aniqlanadi. Shuning uchun suv manbasidagi suv olish joyi atrofida sanitar himoya zonasini tashkil etish qabul qilingan. Sanitar himoya zonasi (SXZ) bu suv inshoati va suv tozalash va uzatish inshootlari atrofidagi hudud bo‘lib, yerda belgilangan sanitar tartibiga rioya qilinishi lozim. SXZ, 3 ta zonaga bo‘linadi

  1. zona - qattiq tartibli zona (havzadan suv olish joyi, nasos stansiyasi, tozalash inshoatlari va suv olish joyidan 200 m yuqori va pastki chegara). Bu hudud tikanli simlar yoki devor bilan o‘raladi, sanitar obodonlashtiriladi, albatta qo‘riqlanadi. Bu hududda hech qanday boshqa turdagi obektlar bo‘lmasligi kerak.

Bu xududda quyidagilar taqiqlanadi:

  1. Qurilishi ishlari, agar ular suv xaydash (vodovod) inshooti ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lmasa;

  2. Odamlar yashashi, shu jumladan suv haydash inshooti ishchilari;

  3. Xududda bog‘lar tashkil qilish va ko‘kalamzorlashtirish, agar ularga organik o‘g‘itlar va pestitsidlar ishlatilsa;

  4. Uy hayvonlari, qushlar va mollar, qo‘riqlash itidan tashqari, agar uning sog‘lig‘i veterinariya xizmati nazoratida bo‘lsa;

  5. Begona shaxslarning kirishi;

  6. Daraxtlarning kesilishi.

  1. zona - cheklash zonasi. Bu zonaning yuqori chegarasi manbadagi suvning vaqt birligi ichida o‘z-o‘zidan tozalanishi uchun kerak bo‘ladigan vaqt bilan belgilanadi. Oqar suvlar uchun cheklash zonasining chegarasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanishi muimkin:

CHZ=UxT, (I)

bu erda,

CHZ — cheklash zonasi;

U-suvning oqish tezligi, km/kun;

T - o‘z-o‘zidan tozalanish muddati. Bu zonada suv manbaini ifloslaydigan birorta ham obekt bolmasligi talab etiladi (sanoat korxonalari, xo‘jalik chiqindi suvlarini chiqarish manbalari, qishloq xo‘jaligidan hosil bo‘ladigan chiqindi oqava suvlari).

  1. zona - kuzatish zonasi deyilib, bu zona suv havzasining butun akvatoriyasini o‘z ichiga oladi, bu zonada dala va uy havvonlari o‘rtasida kuzatiladigan hamda suv orqali tarqalishi mumkin bo‘lgan barcha infeksiyalar aniq hisob kitob qilib boriladi.

Farmatsevtik maqsadda qo‘llaniladigan suvga qo‘yiladigan gigiyenik talablar

Suvning tayyorlanishi. Sanoatning elektron, kimyoviy, farmatsevtika va boshqa sohalarida ko‘pgina texnologik jarayonlarda yuqori darajada toza hisoblangan suvdan foydalaniladi. Suvning o‘ta toza bo‘lishi va uni olishning maxsus texnologiyasi dori vositalarini ishlab chiqarishda (in’eksiya uchun suv va tozalangan suv) zarurdir. Tozalangan suvdan turli maqsadlarda foydalanilsada, ammo uni olishning usullari bir xil tartibga asoslanadi. Bunda farmatsevtik maqsadlarda ishlatiladigan toza suvni olish tartibi namuna qilib belgilangan.

Farmatsevtik maqsadlarda ishlatiladigan suv. Farmatsevtik maqsadlarda ishlati-ladigan suv dori vositalarining xavfsizligini ta’minlaydigan muhim elementlarga kiradi. Uning sifati Davlat Farmakopiyasiga kiritilgan Farmakopiy modda (FS) bilan qat’iy belgilangan. FS 42-2619-97 “ Tozalangan suv” va FS 42-2619-97 “ In’eksiya uchun suv”.

Tozalangan suvdan quyidagilarda foydalaniladi: in’eksiya uchun ishlatilmaydigan dorivor vositalarni tayyorlashda; bug‘ hosil qilishda; sanitar ishlovda; idishlarni yuvishda; laboratoriya amaliyotida va hokazolarda. In’eksiya uchun suv tayyorlashda tozalangan suv asos suv hisoblanadi. FS 42-2619-97 ga binoan tozalangan suvni distillyatsiya yo‘li bilan, ion almashinishi yo‘li bilan, qayta so‘rilish yoki shu usullarning kombinatsiyasi yo‘li bilan va boshqa usullar bilan olinadi. Tozalangan suv ion, organik, kimyoviy va mikrobiologik jihatdan toza bo‘lishi zarur.

In’eksiya uchun suvdan steril dorivor vositalarni tayyorlashda va ular joylanadigan idishlar (upakovka) larni yuvishda (yuqori darajada chayishni istisno qilgan holda) foydalaniladi. Farmatsevtik maqsadlarda foydalaniladigan suv tabiiy ichimlik suvidan olinar ekan, uni albatta har xil aralashma va cho‘kindilardan tozalash kerak. Tabiiy suv tarkibida har xil aralashmalar bo‘lishi mumkin: mexanik zarralar (erimaydigan organik va noorganik aralashmalar), eriydigan moddalar (noorganik tuz-lar, kalsiy, magniy, natriy, xlor ionlari, oltingugurt, ko‘mir kislotalari va boshqalar); kimyoviy faol bo‘lmagan eriydigan gazlar (kislorod, azot); kimyoviy faol bo‘lgan eriydigan gazlar (uglerod dioksidi, ammiak); mikroorganizmlar (jumladan, ko‘z ilg‘aydiganlar, mog‘or zamburug‘lari, suv o‘tlari va sistalar va h); bakteriyali endotoksinlar (grammanfiy mikroorganizmlarning hujayra devorlaridagi lipopoli-saxaridlar); organik moddalar (tabiiy organik moddalar - gumina kislota va b. hamda ifloslantiruvchi organik moddalar - sanoat chiqindilari, o‘g‘itlar, pistisitlar va b. ); kolloidlar (organik moddalar bilan birikib kompleks birikmalar hosil qiluvchi temirning Fe2O3 x u H2O, kremniyning SiO2 x y H2O, alyuminiyning Al2O3 x y H2O birikmalari); qolgan dezinfiksiyalovchi moddalar (xlor, xlor kislotasi, gipoxlorit - ion, xloraminlar

v



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish