Gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua


Markazlashgan va maxalliy suv ta’minoti manbalari



Download 0,76 Mb.
bet73/154
Sana22.08.2021
Hajmi0,76 Mb.
#153554
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   154
Bog'liq
gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua

Markazlashgan va maxalliy suv ta’minoti manbalari

O‘zbekiston Respublikasidagi shaharlar va shahar turkumiga kiruvchi aholi yashash punktlari aholisining markazlashgan turdagi suv ta’minoti 70—98% ni tashkil etsa, qishloq aholi yashash joylarida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 48% ga tengdir. Markazlashgan suv ta’minoti (suv tarqatish tarmog‘i) aholini suv bilan ta’minlashdagi eng yaxshi usul hisoblanadi, chunki agar mahalliy suv tarqatish ta’minoti tizimida aholi suvni bevosita manbaning o‘zidan hech qanday tozalash ishlarini amalga oshirmay iste’mol qilsa, markazlashgan suv ta’minoti tizimida suvni manbadan olish, tozalash, zararsizlantirish va uni iste’molchigacha yetkazib berish bosqichlari amalga oshiriladi.

Respublikamizda markazlashgan suv ta’minoti 257 ta aholi yashash punktlarida mavjud bo‘lib, ba’zi bir qishloq joylaridagi aholining suv ta’minoti 0 dan 40% gacha. Respublikamizning Qoraqalpogiston, Xorazm, Buxoro hamda Samarqand viloyatining g‘arbiy qismi, Jizzax, Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlaridagi aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash haqidagi masalada hanuzgacha ko‘plab muammolar yuzaga kelib turibdi. 1990-yildan boshlab Respublikamizdagi shaharlar va qishloq aholi yashash joylarini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash haqida Davlat Dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, ana shu o‘tgan vaqt mobaynida 13,5 ming km suv tarqatish quvurlari (asosan Orol oldi mintaqasida) yetkazilib ishga tushirilgan. Ammo Dasturga muvofiq 2005-yilgacha kommunal xizmat tizimidagi suv tarqatish tarmoqlarining quvvatini 7 dan 20 mln km3/kun gacha ko‘paytirish rejalashtirilgan, shuning uchun aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni amalga oshirish uchun juda katta hajmdagi ishlarni bajarish lozim bo‘ladi. U vazifani to‘liq amalga oshirish orqali suv ta’minotini gigiyenik me’yorlargacha oshirishga imkoniyat yaratiladi. Bu esa o‘z ornida aholi yashash punktlarini kommunal obodonlashtirilganlik darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Aholi yashash punktlarining suv ta’minoti bo‘yicha Davlat Dasturini bajarish suv ta’minotlari uchun suv manbalarini to‘g‘ri tanlashni talab etadi. Bu sohada tibbiy xizmat xodimlarining tutgan o‘rni juda yuqori hisoblanadi, chunki suv manbaini tanlashdagi asosiy mezon uning gigiyenik talablariga muvofiq kelishi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha aholini suv bilan ta’minlovchi va bu yo‘nalishda foydalanilayotgan va potensial yaroqli manbalar shartli ravishda 2 guruhga bolinadi: yer osti va ochiq suv havzalari. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yer osti suvlarining taxminiy zahirasi yiliga 18 km3 ga yaqin deb hisoblanadi, shu kungacha aniqlangan suv zahirasi esa yiliga 7 km3 ga tengdir. Yer osti suvlari har xil chuqurliklarda joylashgan, shuning uchun ularning quyidagi turlari

m avjud:

Yuza suvlar - joylashgan chuqurligi 0,5—1 metrgacha. Bu manbalar yer sathiga yaqin joylashgan suv o‘tkazmaydigan qatlam ustida bo‘lib, atmosfera yog‘inlari hisobiga to‘ldirib turiladi. Bunday suv tarkibida tuproqdan yuvilib o‘tgan iflosliklar (mikroorganizmlar, kimyoviy moddalar) boladi, shuning uchun gigiyenik nuqtai-nazardan yuzaki suvlar xo‘jalik-ichimlik ta’minoti foydalanishga yaroqsiz hisoblanadi. Bunday suvlar Xorazm, Buxoro, Qoraqalpog‘iston viloyatlarida uchrashi mumkin. Bu tumanlardagi aholi o‘rtasida muntazam ravishda hattoki juda tiniq bo‘lsa ham ichish uchun yaroqsiz ekanligi haqida tushuntirish ishlarini olib borishni taqozo etadi.

Sizot suvlar — yer ostidagi bir necha gorizont (qavatlar)da joylashishi mumkin, ularning chuqurligi esa 5—30 m ni tashkil qiladi. Bu manbalar ham atmosfera yog‘inlari hisobiga hosil bo‘ladi, biroq qalin yer qatlami orqali sizilib o‘tishi jarayonida iflosliklardan tozalanadi, shuning uchun undan maqsadli tarzda foydalanilganda mahalliy suv ta’minoti uchun yaroqli hisoblanadi.

Artezian suvlari. Bunday suvlar ikki turda bo‘ladi - bosimli va bosimsiz artezian suvlari. Artezian suvlari tog‘lardagi abadiy muzliklar va qorliklardan erigan suv hisobiga hosil bo‘lib, yer osti bo‘ylab bir necha o‘n km va yuz kilometrlargacha cho‘zilishi mumkin. Artezian suvlari katta chuqurliklarda to‘planadi (50-60 m dan bir necha yuz metrgacha). Bu suv manbalari o‘zidan suv o‘tkazmaydigan yer qatlamlari ustida joylashgan bo‘lsa bosimsiz, ikkita qatlam o‘rtasida joylashgan bo‘lsa, bosimli suv manbayi bo‘lib qoladi.

O


8.2-rasm
‘zbekiston Respublikasi hududidagi artezian suvlari asosan tog‘lardagi abadiy muzlik va qorliklarning erishidan hosil bolgan suvlar hisobiga bo‘lib, ularning zahiralari tekisliklarda joylashgan. Artezian suvlarining sanitar nuqtai- nazardan ustunligi juda kattadir; bu suvlar juda kam holatlarda uning sifatini yaxshilash lozimligini talab etadi, nisbatan barqaror kimyoviy tarkibga ega, bakterial tarkibi bo‘yicha esa tabiiy toza va yuqori darajadagi tiniqlikka egadir. Bunday suvlar rangsiz, ta’mi esa juda yoqimli.

Yuqori yer qatlamlarida joylashgan ifloslangan suvlardan o‘tgan bo‘lishi mumkin, bu qatlamga esa quduq atrofidagi iflosliklarning so‘rilishi oqibatida uning tarkibi o‘zgarishi mumkin.

Artezian suvlari unchalik katta bo‘lmagan suv tarqatish tarmoqlari uchun bemalol foydalanilishi mumkin, masalan, kasalxonalarning suv ta’minotini ta’minlash maqsadida.

A



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish