Gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua


Tuproq tarkibi va xossalarining gigiyenik ahamiyati



Download 0,76 Mb.
bet71/154
Sana22.08.2021
Hajmi0,76 Mb.
#153554
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   154
Bog'liq
gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua

Tuproq tarkibi va xossalarining gigiyenik ahamiyati

Tuproq muhiti tashqi muhitning eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, inson organizmida, insonning hayoti va mehnat faoliyatida u muhim o‘rinni egallaydi. Tuproq murakkab ko‘rinishdagi mineral va organik moddalar majmuasidan tashkil topgan bo‘lib, o‘z tarkibida juda ko‘p miqdorda mikroorganizmlarni tutishi mumkin. U er qobig‘ining yuqori qatlami hisoblanib, tabiatda sodir bo‘lib turadigan bir qator jarayonlar ta’sirida hosil bo‘lib turadi. Tuproqning mineral komponentlari tabiatdagi fizikaviy omillar ta’sirida er qobig‘ining qattiq qatlamlarining emirilishi va maydalanishidan hosil bo‘ladi. Organik tarkibi esa, o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘lishi va chirishi tufayli yuzaga keladi. Tuproq tarkibida juda katta miqdorlarda turli xildagi mikroorganizmlar bo‘ladi va ular tuproqning hosil bo‘lishida faol ishtirok etadi, tuproq tarkibiga kiruvchi mineral va organik moddalarning chirishi parchalanishida ishtirok etadi. Tarkibida mineral va organik moddalarning miqdori zarrachalarning katta-kichikligiga qarab, quyidagi tuproq turlarini ajratish mumkin: loy, loyli, qumli, qumloq, qora tuproq turlari.

Inson tuproq muhiti bilan bevosita aloqada bo‘lmaydi, ammo bilvosita aloqasi muntazam ravishda kuzatilib turadi. Inson faoliyatidagi aloqa havo muhiti, suv muhiti va oziq-ovqat mahsulotlari bilan bo‘ladigan aloqasi orqali kuzatiladi. Inson faoliyatidagi tuproq bilan bo‘ladigan bilvosita aloqasini turar-joy binolari va boshqa inshootlarni qurish, aholi yashash-joylarini obodonlashtirish, ularni sanitar nuqtayi-nazardan chiqindilardan tozalash, qishloq xo‘jaligidagi mehnat jarayonlari orqali ko‘rinishi mumkin. Shuning uchun odam organizmi, qanday tuproq, uning xususiyatlari va xossalariga qarab turli ta’sirlarga uchrashi mumkin. Tuproqning ayrim muhim xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz, chunki bu xususiyatlar muhim gigiyenik ahamiyatga egadir.

Tuproqning fizik-mexanik xossalari



Tuproqning fizik-mexanik xossalari qatoriga uning donadorligi, g‘ovakliligi, o‘zida nam va suvni tutish xususiyati, kapillyarliligi, namligi, suv o‘tkazuvchanligi kabilar kiradi va ular tuproqning boshqa xossalarini belgilab beradi. Bu xususiyatlar esa turli xildagi obektlar, chunonchi - turar-joy binolari, davolash-profilaktika muassasalari, maktabgacha va maktab muassasalari, korxonalarni qu’rish uchun yer-joy tanlash, aholi yashash joylarini chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish ishlarida ahamiyatga egadir.

Yirik donador tuproq yuqori g‘ovakli bo‘ladi, shuning uchun bunday tuproqda aeratsiya jarayoni juda yaxshi ketadi, natijada bunday tuproq muhiti tez quriydi, tuproqqa tushgan organik va anorganik iflosliklarning o‘z-o‘zidan tozalanish jarayoni jadallikda boradi. Kichik zarrachali tuproqda esa yuqoridagilarning aksi bo‘lib, bunday tuproq muhiti o‘zida namni ko‘p va uzoq muddatlarda ushlaydi, o‘zidan suvni kam va juda sekin o‘tkazadi, yuqori kapillarlilikka ega, shuning uchun gigiyenik nuqtai-nazardan bunday tuproq nomuvofiq hisoblanadi. Bunday tuproqli joylarga turar-joy va jamoat hamda ma’muriy binolar qurilgan bolsa, binolarning erto‘lalari va birinchi qavatdagi xonalar doim zax va namligi yuqori bo‘ladi, natijada xonalarning mikroiqlim sharoitlari gigiyenik talablarga javob bermaydi, yashash sharoitlari keskin yomonlashadi. Bunday tuproqli sharoitda o‘z-o‘zidan tozalanish jarayoni juda yomon va sekinlik bilan boradi.

6.2. Tuproqning epidemiologik ahamiyati. Tuproqning o‘z-o‘zidan tozalanishi.



Tuproq muhitida doimo turli xildagi mikroorganizmlarning bo‘lishi tabiiy bir holdir. Ifloslanmagan tuproq tarkibida asosan saprofit mikroorganizmlar bo‘lib, ular organik va anorganik birikmalarning parchalanishida ishtirok etadi. Biroq tuproq muhiti insonlarning chiqindilari - najas, peshob, xo‘jalikda hosil bo‘ladigan qattiq va suyuq chiqindilar, uy hayvonlarning axlatlari kabilar bilan ifloslanishi mumkin. Natijada bunday tuproq tarkibida patogen mikroorganizmlar paydo bo‘ladi, inson organizmi uchun xavf-xatar tug‘dirishi mumkin.

Qoida bo‘yicha patogen mikroorganizmlar tuproqning yuza qismida hayot kechiradi (1-10 sm). Bunday kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar tuproq muhitida ancha uzoq muddatlargacha hayot kechirishi va o‘zining virulentligini saqlab qolishi mumkin. Tuproq tarkibida bo‘ladigan patogen mikroblar suv bilan yuvilib, suv havzalarini ifloslaydi, ifloslangan tuproqli sharoitda etishtirilgan sabzovot va mevalararni ifloslaydi va natijada odam organizmiga tushib, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Tuproq muhiti turli kasalliklarning tarqalishida insonlarning u bilan bevosita aloqasi yoki bilvosita aloqalarning tutgan o‘rni ham kattadir. Bundan tashqari, tuproq muhiti turli gelmentlar va ularning tuxumlari bilan ifloslanishi mumkin, shu bilan bir qatorda ayrim turdagi gelmentlar o‘zlarining yashash va rivojlanish bosqichlarini tuproq muhitida o‘tkazadi. Gelment tuxumlari tuproq tarkibida juda uzoq muddatlargacha saqlanishi va o‘rtacha 14 oygacha o‘zlarining invazion xususiyatlarini saqlashlari mumkin. Bunday sharoitda shu tuproqda etishtirilgan sabzavot va mevalar yuvilmay iste’mol qilinganda, yoki shunday ifloslangan tuproqli joylarda bolalarning o‘ynashi orqali ular odam organizmiga o‘tadi, natijada gelmentoz kasalliklarini ko‘payishiga sababchi bo‘ladi.



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish