Ultrabinafsha nurlar
Ultrabinafsha nurlar retseptorlar bilan qoplangan tana terisining keng yuzasiga tushib, to‘qima va xujayralardagi oqsillarning kalloid holatini o‘zgartiribgina qolmay, balki beixtiyor tarzda butun organizmga ta’sir etadi. Oqsillarning parchalanishidan gistalin, xolin va boshqa moddalar hosil bo‘ladi. Bu moddalar organizmga so‘riladi va asab tizimiga ta’sir etadi, bu esa organizm faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin. Organizmda kechadigan fiziologik vazifalarning nospetsifik qo‘zg‘atuvchisi sifatida, ultrabinafsha nurlar oqsil, yog‘, karbon suvlar va mineral tuzlar almashinuvini yaxshilaydi. Shu bilan birga teri epiteliysi to‘qimalarining nafas olishini yaxshilaydi. Retikuloendotelial sistemasi va qon ishlab chiqarish sistemasi faoliyatini tezlashtiradi.
Ultrabinafsha nurlarining raxitga qarshi to‘lqin uzunligidagi qismi organizmga yetarlicha ta’sir etmagan taqdirda, tanada fosfor-kalsiy almashinuvi, nerv sistemasi, parenximatoz organlarining ishi, qon ishlab chiqarish tartibi, oksidlanish qaytarilish jarayoni, kapillyarlarning barqarorligi xamda tananing kasalliklarga qarshi kurashish xususiyati pasayib ketadi.
Yosh bolalarda raxitning kasallik belgilari namoyon bo‘ladi. Yoshi katta odamlarda esa fosfor-kalsiy almashinuvining buzulishi kuzatiladi va natijada singan suyaklarning bitishi sekinlashadi, bo‘g‘imlarda bog‘lovchi apparatlarining susayishi va tish emalining tez yedirilib ketish hollar kuzatiladi. Ultrabinafsha nurlarning bakteritsid, ya’ni bakteriyalarga qiron keltiruvchi ta’siri katta umumbiologik ahamiyatga ega. Tabiiy ultrabinafsha nurlar yordamida havo, suv va tuproqlarni sog‘lomlashtirish chora va tadbirlarini o‘tkazish mumkin
Ultrabinafsha nurlarning biologik ta’siri 3 guruxga_bo‘linadi A) tur 320-400 nm. to‘lqin uzunligidagi eritema va qoraytiruvchi ta’sirli nurlar. B) tur 275-320 nm. to‘lqin uzunligidagi raxitga qarshi V) tur 200-275 nm. to‘lqin uzunligidagi bakteritsid ta’sir etuvchi nurlar. «Ultrabinafsha nur tanqisligi»- toza havoga olib chiqilmay xona sharoitida tarbiyalanadigan bolalarda, konchilarda, yer ostida ishlaydiganlarda, suv osti kemalarida ishlaydigan va kutb sharoitida yashovchilar organizmida kuzatiladi. «Ultrabinafsha nur tanqisligi» uchun xos bo‘lgan noxushliklarga toliqish, ish qobiliyatining susayishi, va gipovitaminoz xolatlari kiradi.
Infraqizil nurlar ikki guruxga bo‘linadi
Uzun to‘lqinli-2000 dan 1500 im.gacha bo‘lgan to‘lqindagi nurlar. Qisqa to‘lqinli-1500 dan 760 im.gacha bo‘lgan to‘lqindagi nurlar.
Uzun to‘lqinli infraqizil nurlar amalda yer atmosferasida butunlay yutiladi, shuning uchun biologik ta’siri nuqtai-nazaridan faqat uning qisqa to‘lqinli nurlari ahamiyat kasb etadi. Infraqizil nurlarning energiya kvanti katta bo‘lmay, ta’sir etayotgan muhitning atomlarini qo‘zgatishga qodir emas. Nur o‘tayotgan muhit doirasidagi elektronlarni boshqa muxit doirasiga o‘tkaza olmaydi, biroq shu bor bo‘lgan energiyaning miqdori shu muhitdagi atom va molekulalarning tezligini oshirishga yetarlidir va shu sababli infraqizil nurlar isituvchi ta’sir kuchiga ega.
Infraqizil nurlar me’yorda ta’sir qilganda organizmdagi qon tomirlari kengayadi, modda almashinuvi tezlashadi, leykotsitlarning fagotsitor faolligi oshadi, teri orqali bakteritsid ta’sir etuvchi moddalarning ajralishi ko‘payadi. Infraqizil nurlarning yuqori dozadagi ta’siri natijasida organizmning qizib ketishi yoki hatto issiq urish xollari bo‘lishi mumkin. Issiq sexlarda nurlarning kuchli oqimi ta’sirida ko‘zning xiralashib qolishi kuzatiladi, chunki ko‘z gavxarida qon tomirlari bo‘lmaydi. Natijada bu nurlar ta’sirida issiq ajratish sodir bo‘lmay undagi oqsil molekulalari parchalanib xiralashadi, natijada kasb kasalligining turli formalari uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |