Gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua


Ob-havo, iqlim va salomatlik



Download 0,76 Mb.
bet64/154
Sana22.08.2021
Hajmi0,76 Mb.
#153554
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   154
Bog'liq
gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua

Ob-havo, iqlim va salomatlik

Klimatologiya fani har xil mamlakatlar va hududlarda iqlim tartibi va iqlimning hosil bo‘lish sharoitlarini o‘rganadi. Iqlim haqidagi bilimlar, ularning turlari har xil ta’sir etish xususiyatlariga doir xalq xo‘jaligining turli sohalarida ko‘pgina muammolarni hal qilishga yordam beradi. Jumladan, gigiyenaga taalluqli bo‘lgan masalalar - organizmga ta’siri va negativ oqibatlaming oldini olish tadbirlarini ishlab chiqishda muhimdir. Ikkinchidan, aholi migratsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal qilish. Iqlim va ob-havo sharoitining o‘zgarishiga ko‘pgina kasalmandlar organizmining sezgirligini hisobga olsak, klimatologiya fanining naqadar zarur va ehtiyoji kattaligini bilamiz.

Klimatologiya fanining mavjud tarmoqlari iqlimning odam organizmiga va xo‘jalik faoliyati doirasiga ta’sirini o‘rgansa, tibbiy klimatologiya iqlim sharoitlaridan ayrim kasalliklarni davolash maqsadida va unga bog‘liq bo‘lgan ba’zi kasalliklarning oldini olish choralarini ishlab chiqishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.

Bizning eramizdan taxminan 2000 yil oldin yer yuzining ma’lum bir nuqtasidagi issiqlikning miqdori, quyosh nuri shu joyga qanday burchak ostida tushishiga bog‘liq ekanligini taxmin qilganlar. Xuddi shuning uchun ham, "klimat" so‘zi, grekcha "klima", ya’ni og‘ish so‘zidan olingan bo‘lib, nurning qanday burchak ostida tushish ma’nosini bildiradi. Qadimgi Strabon geografiyasi tarixida ham klimat so‘zi aynan yuqoridagi ma’noni beradi. Avvalgi vaqtlardagi iqlimni o‘rganish faqat subektiv kuzatishlarga asoslangan bo‘lib, tasodifiy xarakterga egadir. XVII asrning oxirlariga kelib termometr (Santerio va Galiley) va barometrning (Torichelli) ixtiro qilinishi va meteorologik omillarni asboblar yordamida o‘lchashning joriy qilinishi natijasida, iqlim havo muhitining issiqlik va namlik darajasi ma’nosini anglatadigan bo‘lgan.

Iqlimning bugungi kundagi ta’rifi - iqlim hosil qiluvchi omillarga bog‘liq bo‘lgan ob- havoning ko‘p yillik qaytalanishi demakdir.

  • Iqlim hosil qiluvchi omillar:

  • geografik kenglik va uzunlik;

  • quyosh radiatsiyasining jadalligi;

  • atmosfera havosining sirkulatsiyasi;

  • joyning relefi;

  • tuproq yuzasining o‘simlik dunyosi bilan qoplanish darajasi;

  • inson faoliyati;

  • havo tarkibidagi C02 gazining konsentratsiyasi.

Geografik kenglikka muvofiq shimoldan janubga qarab quyosh nurining jadalligi va havo harorati, namligining ortib borishi kuzatiladi. Havodagi bulutlar ham kamayadi. Atmosfera havosining sirkulatsiyasi va eer qobig‘ining ustki yuzasini o‘simlik dunyosi bilan qoplanganlik darajasi iqlim hosil qiluvchi omil sifatida va shu joydagi ob-havoni belgilovchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Qoida bo‘yicha yer sharida turli iqlim kengliklarini uchratish mumkin va uning turlari shu joydagi yanvar va iyul oylaridagi havoning o‘rtacha haroratiga asosan belgilanadi.

Issiq va tropik iqlim kengligi - ekvatordan shimoliy va janubiy 30° kenglikkacha bo‘lgan masofani egallab, yanvar oyining o‘rtacha harorati 4° dan + 4° gacha va iyul oyining o‘rtacha harorati + 28 dan 34° C ni tashkil qiladi.

Iliq iqlim kengligi - yanvar oyining o‘rtacha harorati 4 dan 0° C gacha va iyul oyining o‘rtacha harorati + 22 dan + 28° C gachadir.

Mo‘tadil yoki o‘rtacha iqlim kengligi - yanvar oyidagi o‘rtacha harorat -14 dan - 4° C va iyul oyidagi o‘rtacha harorat + 10 dan + 22° C gachadir.

Sovuq iqlim kengligi - yanvar oyining o‘rtacha harorati - 28 dan - 14°C gacha va iyul oyining o‘rtacha harorati - + 4 dan + 10°C gachadir.

Bundan tashqari, shimoliy va janubiy qutblarda abadiy muzliklarning mavjudligi tufayli, mangu yoki abadiy muzliklar kengligi ham farqlanadi. Bu yerlarda quyosh radiatsiyasining harorati havo atmosferasi qavatlari va abadiy qorlik va muzliklarga yutilib ketadi. Tabiatda shimoliy va janubiy qutblarda Arktik havo oqimlari, Tinch va Atlantika okeanlaridan quruqlikka kirib keluvchi havo oqimlarini kuzatish mumkin. Qish faslida eer uskti qavatining qor bilan qoplanishi natijasida havo harorati juda sovib ketishi, yoz oylarida esa tuproq ustki qavatining qizishi natijasida havo harorati ko‘tariladi. Uzoq Sharq o‘lkasida Tinch okeanidan kirib keladigan Musson shaklidagi havo oqimini ham kuzatish mumkin. Yoz faslida quruqlikka katta massalarda dengiz havosining, qish faslida esa quruqlikdan okeanga qarab, sovuq kontinentlar havo oqimlari kuzatiladi.

Yer yuzasining o‘simlik dunyosi bilan qoplanish darajasiga qarab shu joyning iqlimi va ob- havosining o‘zgarishi ko‘riladi. Masalan, yer yuzasi o‘t va daraxtlar bilan zich qoplangan bo‘lsa. shu joydagi havo harorati cho‘l yoki sahro joydagi havo haroratidan anchagina past bo‘lishi mumkin. Iqlim sharoitlarining hosil bo‘lishida yer sathining relefi katta ahamiyatga egadir. Respublikamiz hududida tog‘li, tekis va tog‘ oldi mintaqalari mavjud. Ayniqsa tog‘ iqlimi o‘zining bir qancha fazilatlari bilan tekislikdagi iqlimdan farq qiladi. Shuningdek, atmosfera bosimining nisbatan pasayib borishi, ultrabinafsha nurlarga boyligi, havo muhitining mexanik iflosliklardan holi ekanligi, kasallik tarqatuvchi bakteriyalaming bo‘lmasligi va haroratning mo‘tadilligi bilan ajralib turadi. Iqlim hosil qiluvchi omillar qatoriga yana insonlarning faoliyatini ham kiritish mumkin. Bugungi kunda insonlar cho‘l va sahrolami o‘zlashtirib, bog‘u-bo‘stonlarga aylantirayotganligi yoki uning aksincha o‘rmonzorlarning kesilishi va FTT tufayli ayrim turdagi o‘simlik dunyosining yo‘qolib borayotganligi fikrimizga dalildir. Yer yuzasini ko‘kalamzorlashtirish va daraxtzorlarga aylantirish, shu joyning manzarasini o‘zgartiribgina qolmay, balki u havo muhitining tozaligiga hamda havoni chang va zararli gazlardan tozalash hamda insonlarning ruhiy hollatlariga ijobiy ta’sirini oshiradi.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish