Gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua


holatlariga gigiyenik tavsifi



Download 0,76 Mb.
bet62/154
Sana22.08.2021
Hajmi0,76 Mb.
#153554
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154
Bog'liq
gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua

holatlariga gigiyenik tavsifi

Aholini zaruriy dori vositalari bilan yetarli darajada ta’minlashdagi muhim vazifalardan biri kasalliklarni oldini olish va davolash maqsadida keng qo‘llanadigan antibiotiklarni ishlab chiqishni

y anada kengaytirish hisoblanadi. Bugungi kunga kelib tibbiy korxonalarda 40 dan ortiq turdagi antibiotiklar va 100 ortiq dori shakllari ishlab chiqarilmoqda. Ularning umumiy solishtirma og‘irligi tibbiyotga doir sanoat- mahsulotlari ichida 18-20% tashkil etadi.

Antibiotiklar - mikroorganizmlar, yuqori bosqichdagi o‘simlik va hayvonlarning hayot faoliyati jarayonida ishlab chiqariladigan va bakteritsid yoki bakteriostatik ta’sir xususiyatiga ega bo‘lgan moddalardir. Bugungi kunga kelib dunyo miqyosida turli xildagi kimyoviy birikmalar sinfiga taalluqli bo‘lgan 500 ga yaqin antibiotiklar ishlab chiqarilmoqda. Antibiotiklarning antibakterial xususiyatlari tibbiyotda, xususan, yuqumli kasalliklar va yallig'lanish jarayonlari terapiyasi va ularni oldini olish amaliyotida keng ko‘lamda qo‘llanishi uchun asos bo‘ldi.

Antibiotiklar tibbiy amaliyotda qo‘llanishidan tashqari, oziq-ovqat va sut-go‘sht sanoatida ham keng qo‘llanadi. Ularni hayvonlar va qushlarning vaznini tezroq oshirish maqsadida ovqatlariga qo‘shib beriladi va x.h.

A ntibiotiklarni olishdagi texnologik jarayon shunga muvofiq jixozlarda ketma-ket bajariladigan bir nechta bosqichlardan iborat: a) ekish materialini etishtirish va antibiotiklarni biosintezlash (fermentatsiyalash); b) kultural suyuqliklarni birlamchi ishlovdan o‘tkazish; v) filtrlash; g) ajratish va kimyoviy usulda tozalash (ekstraksiya, ionalmashinish usuli, cho‘ktirish usuli); d) tayyor dori shakllarini tayyorlash; e) qadoqlash va idishlarga joylash. Birlamchi texnologik jarayonlar ekish materialini kolbalar va fermenterlarda o‘stirishga asoslangan (produtsent). O‘stirilgan ishlab chiqarish produtsent shtammi, uni yanada boyitish maqsadida maxsus apparatlar-inokulyatorlarga o‘tkaziladi. Inokulyatorlarda mog‘orlar, bakteriyalarni yetishtirish jarayoni qattiq belgilangan sharoitlarda amalga oshirilib, ular isitish va sovutish tizimlari, havo berish, o‘stirilayotgan va boyitilayotgan massani aralashtirish uchun maxsus jixozlar bilan ta’minlanadi. Shundan so‘ng produtsent fermentatsiya jarayoniga o‘tkaziladi. Fermentatsiya deb - produtsentni kultivatsiya qilish (o‘stirish) va maksiml darajada antibiotikni hosil qilinishiga aytiladi. Antibiotiklar mikroorganizmlar tanasida sintezlanadi yoki kultural suyuqlikda biosintez jarayonida ajraladi. Fermentatsiya jarayoni uchun asosiy jihoz bo‘lib, fermenterlar hisoblanadi. Ularning hajmlari turlicha, hatto 100 000 litrgacha bo‘lishi mumkin. Fermenterlar isitish va sovutish sistemalari, sterillangan havo aralashmasini berish, aralashtirgich, ovqatli muhit va kultural suyuqlikni kiritish va chiqarish mexanizmlari bilan jixozlangan. Texnologik jarayonning mazkur bosqichi qo‘llanadigan jixozlarning germetikligi bilan ta’riflanadi. Bunda havo muhitining antibiotiklarni biosintezlash uchun qo‘llanadigan moddalar, hamda fermentatsiya jarayonining yakuniy bosqichi bo‘yicha hosil bo‘ladigan biomassa bilan ifloslanish mumkinligi amalda bartaraf qilingan. Antibiotiklarning kultural suyuqlikda bo‘ladigan juda ko‘p moddalar bilan birikib, erimaydigan birikmalarni hosil qilishi, konsentratsiyani oshirish uchun hamda undagi aralashmalarni to‘liq cho‘kishini ta’minlash maqsadida, suyuqlikni suyuqlikning Rn 1,5-2,0 bo‘lguncha shovul va xlorid kislotasi bilan nordonlashtiriladi. Ishlov berilgan kultural suyuqlikni mitseliyalar va cho‘ktirilgan ballast moddalardan holi qilish uchun «nativ eritma» deb ataluvchi tiniq filtrat olinguncha suziladi (filtrlanadi). Ishlov berilgan filtral suyuqlik suzish ochiq turkumdagi romli filtr- presslarda amalga oshiriladi, natijada nativ eritmaning sochilishi yuzaga keladi. Filtr-presslarga mahsulotni qo‘lda solishda ishchilar, tarkibida antibiotiklari bo‘lgan kultural suyuqlik bilan aloqada bo‘lishi mumkin. Antibiotiklarni olishning keyingi bosqichi ajratish va kimyoviy tozalash hisoblanadi. Mazkur bosqichda antibiotikli eritmani konsentrlash va tozalash shunday bo‘lguncha olib boriladiki, toki undan tayyor dori preparatini olish mumkin bo‘lsin. Nativ eritmada antibiotiklarning miqdori juda kam, shuning uchun uni toza holda ajratib olish, tozalash va tayyor dori shakliga keltirish - juda murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan jarayondir. Masalan, 1 kg antibiotik olish uchun 600 litrga yaqin kultural suyuqlikni qayta ishlash kerak bo'ladi. Antibiotiklarni ajratib olish va kimyoviy tozalashdan o‘tkazishda quyidagi usullardan birini qo‘llash mumkin: 1) turli eritmalardan, foydalanish bilan ekstraksiya qilish usuli; 2) cho‘ktirish usuli; 3) ion almashtirish usuli. Antibiotiklarni biosintezlashda ekstraksion va ion almashtirish usuli keng qo‘llanishga egadir. Oxirgi yillarda antibiotiklarni ajratish va tozalashdagi ion almashtirish usulidan boshqa turdagi dori preparatlarini olishda ham foydalanilmoqda. Bu usulning asosiy ustunligi shundan iboratki, bunda zaxarli va portlashga xavfli eritmalardan foydalanishga umuman xojat qolmaydi: usul iqtisod tomonidan ham foydali, chunki uning texnologiyasi oddiy va qimmatbaho jixozlar va xom- ashyolarni talab qilmaydi. Nativli eritmadan antibiotiklarni ekstraksiya qilish ekstraktor- separatorlarda amalga oshirilib, uning asosiy kamchiligi ekstraktorlarga mahsulotni qo‘lda solinadi, natijada mazkur sex havosi eritmalar bilan ifloslanishi mumkin. Masalan, tetratsiklin va oksitetratsiklikni ishlab chiqarishda izooktanol moddasi bilan havo muhiti ifloslanishi mumkin. Antibiotiklarni ajratish va kimyoviy tozalash jarayonida qo‘llanilayotgan jixozlarning yaxshi

takomillashtirilmaganligi tufayli havo muhitiga eritmalardan tashqari olein kislotasi, natriy ishqori, shovul kislotasi, butil va etil spirtlari, butilatsetat va b.q tushishi mumkin. Ionli sorbsiyalash usuli shundan iboratki, nativ eritma sulfokationit SBS-3 solingan ion almashtiruvchi kolonnalarga markazdan qochuvchi nasoslar yordamida uzatiladi. Ion almashinishi natijasida antibiotik ionitlarga sorbsiyalanadi, so‘ngra uni ammiak-boratli bufer eritmada desorbsiya qilinadi.

Bu usul cho‘ktirish va ekstraksiya qilish usuliga qaraganda bir qator ustunliklarga ega. Cho‘kmalar bilan ishlashda qo‘l mehnatini talab qilmaydi, bu shu o‘rinda ishchilarni konsentrlangan eritmalar va cho‘kmalar va antibiotik qoldiqlari bilan bo‘ladigan aloqaga chek qo‘yadi. Bundan tashqari bu usulda zaxarli organik eritmalardan foydalanilmaydi. Kimyoviy tozalash jarayonida olingan pastasimon mahsulot, keyinchalik quritiladi va elashdan o‘tkaziladi.

Antibiotiklarni ishlab chiqarishdagi quritish jarayoni juda muhim ro’l o‘ynaydi, chunki uni to‘g‘ri tashkil qilish ishlab chiqariladigan mahsulotning sifatini belgilaydi. Kristall holida olinadigan va ma’lum namlikka ega bo‘ladigan termostabil antibiotiklar vakuumli quritish shkaflarida quritiladi. Kimyoviy tozalashdan keyin suvli konsentratlar ko‘rinishida olinadigan antibiotiklar bug‘lantiruvchi-quritish agregatlar va vakuum-sublimatsiyali quritgichlarda quritishga duchor qilinadi. Quritish bo‘limida mahsulotlarni shkaflarga solish va chiqarishda qo‘l mexnatining ishlatilishi, bu bo‘limdagi texnologik jarayonning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Bu operatsiyalarni bajarish, hamda kukunsimon dori massasini aralashtirish va quritish agregatlarining, ish tartibini nazorat qilish, ishchilarni antibiotik changlari bilan aloqada bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi. Quritish shkaflarining ytarlicha germetik yopilmaganligi ishlab chiqarish xonalari havosiga ayrim zaxarli moddalarning chiqarilishiga yordam beradi va bu moddalarning qoldiq konsentratsiyalari antibiotiklar tarkibida ham bo‘lishi mumkin. Masalan, tayyor holdagi xlortetratsiklin tarkibida metanol qoldig‘i, tetrotsiklinda - izooktil spirti, xlorgidratli tetratsiklin va oksitetratsiklin- p- butanol va xlorid kislota qoldig‘ini uchratish mumkin. Steril holda quritilgan antibiotiklarni sterillangan shisha idishlariga (flakon) qadoqlanadi. Flakonlarlardagi quruq antibiotiklarni dozalash, tiqinlab berkitish, berkitish va pishitish avtomatlarda bajariladi. Ayrim hollarda bu maqsadda «texnolog» yarim avtomatlanishi mumkin. Bunda faqat flakonlarni antibiotiklar bilan to‘ldirishgina avtomatlashtirilgan, qolgan barcha operatsiyalar qo‘lda bajariladi, shuning uchun bunday sharoitda ishlab chiqarish xonalarining havosi antibiotiklar changi bilan ifloslanishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida bir necha turdagi antibiotiklarni qadoqlash vaziyatida ishchilar bu mahsulotlarning kombinatsiyalashgan ta’siriga uchrashi mumkin. Ichish maqsadlari uchun antibiotiklarni tabletka yoki draje shaklida chiqariladi.

1| Antibiotiklarni tabletkalash jarayoni quyidagilardan iborat:

a ntibiotik tarkibiga kiruvchi hamma komponentlar - to‘ldiruvchilar (shakar tolqoni, kalsiy stearat, talk) aralashtirgichga solinadi, aralashtiriladi va shakarli qiyom, jelatina, xlorid kislota va etil spirti aralashmasi bilan namlantiriladi. So‘ngra hosil bo‘lgan massa granula holiga o‘tkaziladi va quritishga yo‘naltiriladi. Quritish, odatda kaloriferli quritgichlarda amalga oshiriladi. Granulalar quritilgandan so‘ng, sochiluvchanlik xossasini oshirish uchun talk, kalsiy stearat va kraxmal aralashmasi talqoni bilan ishlovdan o‘tkaziladi, keyin rotatsion tabletkalash mashinalarida jipslashtiriladi va konvalyutalarga joylanadi, gigiyena nuqtai-nazaridan tabletkalash jarayoni bo‘linib tutuvchanligi, germetiklikning yetarlicha emasligi va qo‘lda bajariladigan operatsiyalarning ko‘pligi bilan ta’riflanadi. Shu sabablar bilan antibiotik changlari amalda tabletkalash operatsiyasining barcha bosqichlarida ishchi zona havosiga tushishi mumkin.

Antibiotiklarni ishlab chiqarish korxonalaridagi mehnat sharoiti havo muhitiga yuqori dispersli antibiotik changlari, texnologik jarayonda ishlatiladigan kimyoviy moddalarning bug‘ va gazlar va ortiqcha haroratning chiqarilishi bilan ta’riflanadi.

Fermentatsiyalash bosqichida ishchilar xonalar va jixozlarni sterilizatsiya qilishda qo‘llanadigan fenol va formaldegid hamda produtsent changlari ta’siriga duchor bo‘lishlari mumkin.

Mahsulotlarga birlamchi ishlov berish va filtrlash bosqichlarida ishchilar shovul va sirka kislotasi bug‘lari bilan aloqada bo‘ladilar, qo‘lda bajariladigan operatsiyalar ko‘pincha badan terisi va maxsus kiyimlarni kultural suyuqlik va antibiotiklarning - nativ eritmalari bilan ifloslanishiga olib keladi.

Antibiotiklarni ekstraksiyalash va cho‘ktirish usullari yordamida ajratib olish va kimyoviy tozalashdan o‘tkazish jarayonlarida ishchilar organizmi bu bosqichda qo‘llanadigan butil, izopropil va metil spirtlari, butilatsetat, shovul, sirka, sulfat va xlorid kislotalari ta’siriga uchrashi mumkin. Bu moddalarning ishchi havosidagi konsentratsiyasi ayrim xollarda ruxsat etiladigan qiymatlardan ortib ketishi mumkin. Zararli moddalar bilan ishchi zonasi havosining ifloslanishiga sababchi bo‘ladigan jarayonlar apparatlarni nogermetikligi, qo‘l operatsiyalarining mavjudligi, shamollatish tizimlarining past samarador ishlashi hisoblanadi.

Tekshirishlarning ko‘rsatishicha, yakuniy bosqichda antibiotiklarni quritish, elash, tabletkalash, qadoqdash va idishlarga joylashda atrof muxit tayyor mahsulotning kichik dispersli changlari bilan ifloslanishi bilan kuzatiladi. Bundan tashqari, tayyorlov sexlari, quritish, fermentatsiyalash bo‘limlarining ishchilari kimyoviy omildan tashqari, bir vaqtning o‘zida teploizolyasiyasi yetarlicha puxta bo‘lmagan inokulyatorlar, fermenterlar, quritish agregatlari, hamda kommunikatsion tarmoqlarining yuzasidan ortiqcha issiqlik ta’siriga duchor bo‘ladilar.

Nazorat savollari



1 . Fitopreparatlar tayyorlashda mexnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi.

  1. Ampula shaklidagi dorilarni ishlab chiqarishda mexnat sharoitlari ta’rif bering .

  2. Ampula shaklidagi dorilarni ishlab chiqarishdagi bosqichlar.

  3. Tabletkalar tayyorlashda bosqichlar

  4. Tabletkalar tayyorlashda, mexnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi.

  5. Draje ishlab chiqarishdagi sharoitlarining gigiyenik tavsifi.

  6. Antibiotiklar ishlab chiqarishda asosiy texnologik jarayonlarining gigiyenik tasnifi.

  7. Antibiotiklarni olish bosqichlari ta’rif bering.

  8. Antibiotiklar ishlab chiqarishda mehnat sharoitini belgilovchi omillarga ta’rif bering.

  9. Antibiotiklar olinish manbalari.

  10. Antibiotiklar ishlab chiqarishda uning organizmga nojo‘ya ta’siri.

  11. Antibiotiklar ishlab chiqaradigan kimyo farmatsevtika korxonalarida profilaktik tadbirlar.


  1. Download 0,76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish