Ta’sirlanish turlari
Umumiy atrof-muhitda va ish joylarida ionlashuv radiatsiyasidan tashqi va ichki ta’sirlanish inson sog’ligida potensial xavflarni tug’diradi. Dozaga javob reaksiyasi modeli qabul qilgan faktlarga qaramay, tanaga tashqi ionlashgan radiatsiya manbalari uchun biologic ta’sirlarga olib kelgan umumiy dozaga (1), doza nisbatiga (2), tananing ochiq sohalari va foiziga (3) bog’liq. Zararli ta’sirlari ehtimoli bu uch omilning har biriga javoban o’sadi. Ichki ta’sirlanish infeksiya
tushish yoki ingalyatsiya tufayli tanada radioaktiv moddalarning mavjudligi yoki namoyon bo’lishi natijasida sodir bo’ladi. Bu holatda zarar potensiali tanaga kirgan moddaning qancha vaqtda va miqdorida, turida ekanligiga bog’liq. Alfa atomlar chiqaruvchi radionuklidlar betta atom chiqaruvchilariga qaraganda, yuqoriroq xavfga ega. Umuman olganda, kattaroq miqdordagi radioaktiv moddalar qabul qilinganda tanada uzoq vaqt saqlanadi va xavfi katta bo’ladi.
ICRP radioaktiv moddalarning ko’p miqdorini qabul qilish yillik chegarasini aniqladi. Bu ishchilarga (ICRP, 1994), shuningdek, jamiyat a’zolariga(ICRP, 1996) ichga yutish limitlarining ko’rsatmalarini o’z ichiga oladi. Radionuklidlar, aynqsa, yakka organlarga yig’ilganda yillik limit effektiv doza tushunchasiga asoslanadi. Odamlarni havoda radionuklidlar (radioizotop) tarqalishidan himoyalash uchun yillik chegaralar ishlab chiqarilgan havo konsentratsiyalariga aylantirilgan. Shu kabi vaziyatda, ichimlik suvlarida maxsus radionuklidlar uchun mumkin bo’lgan konsentratsiyalar hisoblab chiqilgan. Ikki turdagi limitlar AQSh qonun-qoidalarida Yadro Regulyator Komissiyasi (USNRC) va Xavfsizlik va Sog’lik Administratsiyasi (OSHA) ilan birgalikda joriy qilingan. Ishontiruvchi usullar kasbiy ta’sirlanish ingalyatsiya va infeksiyalanish ehtimoli orqali yutishni, shuningdek, biotest va butun tanani analiz qilishni o’z ichiga oladi (4- bo’lim). Atrof-muhitda radioaktiv moddalarnining harakatini nazorat qilish va jamiyat a’zolariga dozalarni baholash uchun usul 16-bo’limda ochib beriladi.
Radiatsiyaning tabiiy asosi
Hayot vujudga kelgandan beri insonlar ionlashgan radiatsiyaning ikki manbaidan ta’sirlanadi: Yerda radioaktiv moddalarning tabiiy paydo bo’lishi va koinotdagi kosmik radiatsiya. Bu ikki omil ham inson tanasiga tashqi tomondan ta’sir etsa, ular infeksiya yoki ingalyatsiya orqali ichki tomondan ham ta’sirlanishi mumkin. Yuqorida samolyotda parvoz qilayotgan kishilar ham zaryadlangan atomlarning shiddatli oqimidan tashqi ta’sirlanishga uchraydi10.
Modul. Galen, neogalen preparatlar va tayyor dori shakllarni ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi. Antibiotiklar ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi va sog‘lomlashtirish
tadbirlari
Ma’ruzadan maqsad: Galen va neogalen preparatlar va tayyor dorivor shakllarni ishlab chiqarish jarayonlaridagi mehnat gigiyenasi haqidagi ko‘nikmalar bilan tanishtirish. Kimyo-farm korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarida salbiy omillar ta’sirini bilish va sog‘lomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish.
Reja:
Fitopreparatlar tayyorlashda mehnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi.
Ampula shaklidagi dorilarni ishlab chiqarishda mehnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi.
Ampulalar tayyorlash.
Eritmani tayyorlash va ampulalash. Ampulalarni yopish.
Tabletkalar tayyorlashda mehnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi. Granulalash.
Draje ishlab chiqarishdagi sharoitlarining gigiyenik tavsifi.
.Kimyo farm korxonalarida mehnat gigiyenasi.
Asosiy texnologik jarayonlarining gigiyenik xarakteristikasi.
Dorivor moddalarni olish jarayonlari
Antibiotiklar ishlab chiqarishda mehnat sharoitini belgilovchi omillarga umumiy ta’rif
Tayanch iboralar
O’zR - Ozbekiston Respublikasi
REK - Ruxcat etilgan me’yor
DB - detsibell - shovqin o’lchov birliqi
atm. - atmosfera
Fitopreparatlar dorivor o‘simlik xom ashyosidan oladilar. Ularni ikki guruhga ajratadilar: yangi uzilgan o‘simliklardan tayyorlangan preparatlar va quritilgan o‘simlik xom ashyosidan tayyorlangan preparatlar.
Yangi uzilgan o‘simliklardan tayyorlangan preparatlar sharbatlar va ajratmalarga bo‘linadi.
Ularni tayyorlash chog‘ida apparaturaning germetikligi buzilgan xolda va ventilyasiya ishining samaradorligi past bo‘lganda ishlovchilarga ekstragentlar (dixloretan, efirlar, spirtlar va b.) ning bug‘lari ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yangi uzilgan dorivor o‘tlarni maydalash operatsiyalarini gigiyenik jixatdan noqulay deb xisoblash lozim, chunki bu paytda ular sharbati tomchilari va mayda bo‘laklari nafas organlari tananing ochiq qismlari terisiga (qo‘llar, yuz) tushib, bunda terini yallig‘lantiruvchi va sensibilizatsiyalovchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Quritilgan o‘simlik xom ashyosidan tayyorlangan preparatlarga nastoyka va ekstraktlar kiradi. Nastoykalar quruq o‘simlik xom ashyosidan tayyorlangan spirtli yoki spirtli-efirli ajratmalar bo‘lib, ular isitishsiz va ekstragensiz olib tashlanmasdan olinadi. Nastoykalarni tindirish, perkolyasiya (filtr orqali uzluksiz filtrlash) va ekstraktlarni eritish yo‘li bilan oladilar.
Ekstraktlar - quruq o‘simlik xom ashyosidan olingan konsentratsiyalangan tortmalar, ballast moddalardan tozalangan galenli preparatlar. Konsentratsiyasiga ko‘ra suyuq, quyuq va quruq ekstraktlarga ajratiladi. Ekstraktlarni olish texnologik chizmasida asosiy operatsiyalar quyidagilar konsetratsiyasi valeriana ildizni ortishdagi ifloslanish darajasidan 2-4 baravar ortiq bo‘lgan.
Dorivor changi fizikaviy xususiyatlari, kimyoviy qurilishiga ko‘ra organizmga turlicha ta’sir qilishi mumkin: umumiy zaxarli, terini yallig‘lantiruvchi, allergen va boshqalar. Chunonchi, masalan, tarkibida atropin guruhidagi alkaloidlar bo‘lgan belladonna o‘tini ortishda teriga tushib, uni yallig‘lantiradi. Uzoq ta’sir etganda, ayniqsa ushbu o‘t yuqori nafas yo‘llari orqali tushganda zaxarli ta’sir bosh aylanishi, umumiy qo‘zg‘alish, tomir urishi va nafas olishning tezlashishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Qizil qalampir, shalfey va boshqalarning changi teriga yallig‘lantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Limonnik va boshqa o‘tlarning changi bilan aloqada allergik tasirlanish xillari ta’riflangan.
Galenli va yangi galenli preparatlarning olinishida ish zonasi havosining ekstragentlar va eritmalar (spirt, efir, xloroform, dixloretan va boshqalar) bug‘lari bilan ifloslanishi ro‘y beradi. Masalan, bir qator korxonalarda spirtli eritmalar tayyorlash xonalarida etil spirti bug‘larining yuqori konsentratsiyalari aniqlandi, ularda ish zonasi xavosida olingan probalarning 20-30% ida bug‘larning tarkibi REMMdan ortiq bo‘lgan. Kimyoviy omilga ega majmuada ayrim uchastkalarda ishlovchilar me’yoridan ortiq issiqlik bilan belgilanuvchi mikroiqlim va shovqinning bir vaqtdagi ta’siri ostida bo‘ladilar.
Galenli sexlarda ishlovchilarga kimyoviy omilning ta’sir ko‘rsatish turi va darajasi qo‘llanilayotgan texnologik uskuna, dorivor xom ashyo tarkibi, me’yoriy mexnat sharoitlarini ta’minlashda zararli moddalarning ajralib balarini xisobga olgan xolda galenli sexlarni rnsh juda katta axamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish omillarining zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olishda shaxsiy ximoya vositalari katta axamiyatga ega. Maydalagichlar, tegirmonlar, elaklar, shnekli va tasmali transportyorlar va boshqa texnologik uskunalarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar maxsus kiyim-bosh, 03-N. 03-K turidagi ximoya ko‘zoynaklari qo‘lqoplar. SHB-1 turidagi respiratorlar bilan ta’minlanishi shart. Bundan tashqari, organik ekstragentlar bilan aloqada bo‘luvchi ishchilarda A rusumli filtrlovchi qutichali progivogaz bo‘lishi shart.
12.2 Ampulalardagi dorilarni ishlab chiqarishda mexnat sharoitlarining gigiyenik
tavsifi.
Ampulalardagi dorilarni ishlab chiqarish texnologik jarayoni farmatsevtika zavodining ampula sexida amalga oshiriladi. Ampulalarni tayyorlashnish ishlab chiqarish sikli quyidagi asosiy operatsiyalardan tashkil topadi: ampulalar tayyorlash, ineksiya eritmasini tayyorlash va ampulalarni to‘ldirish (ampulalash), ampulalarni yopish, sterillash, nazorat, yorliqlarni o‘rab joylash.
Ampulalar tayyorlash
Ampula sexi bo‘limida maxsus apparatlar (avtomatlar yoki yarim avtomatlar) yordamida amalga oshiriladi. Ampulalar uzun kimyoviy jixatdan chidamli shisha quvurchalar - drotlardan tayyorlanadi. Dastlab drot yuviladi, so‘ngra aylana yarim avtomatlar yoki avtomatlarga o‘rnatilib, gazli yondirgichlar yordamida undan ampulalar olinadi. Keyingi bosqichlarda ochiq kapillyarli vakuumli yarim avtomatlarda yuviladi. Yanada samarali yuvish uchun so‘nggi yillarda ampulalarga ultratovush bilan ishlov berishlari keng foydalanilmoqda. Yuvilgan ampulalarni quritish javonlarida issiq havoda quritib, so‘ngra ampulalarni to‘ldirish bo‘limlariga jo‘natadilar. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bu uchastkada ishlovchilar uglerod oksidi yuqori xarorat (28S gacha) ta’siri ostida bo‘ladilar. Ajralib chiqadigan zararli moddalarniig asosiy manbai tabiiy gazni ampula mashinalarini gazli yondirgichlarida yondirish jarayoni xisoblanadi.
Xonalarni tozalash qoidalari buzilganda, xususan, ampula mashinalari yuzasidan changni mexanik usulda va puflash yo‘li bilan ketkazishda bu davrda shisha changi konsentratsiyasi REKdan 2 baravar va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi ishlab chiqarishdagi zararlar bilan bir qatorda ishlovchilar ampula mashinalaridan chiquvchi shovqin ta’siriga beriladilar. Bundan tashqari, drotlar va ampulalarni yuvishda, shuningdek, ampula mashinalariga xizmat ko‘rsatishda shisha siniqlaridan jaroxat olish xavfi yuzaga kelishini ko‘zda tutish zarur.
Eritmani tayyorlash va ampulash. Ineksiya eritmasini tayyorlash eritmaga ishlov berishdan boshlanadi, suv, turli yog‘lar (shaftoli, bodom, yeryong‘oq va b.), sintetik va yarim sintetik birikmalar eritma sifatida qo‘llaniladi. Ineksiyalar uchun suvga ishlov berish uning tegishli sifati, jumladan, apirogenligini ta’minlovchi yuqori ishlab chiqarish distillyatorlarida amalga oshiriladi.
Ampulalash shprits yoki vakuum usulida amalga oshiriladi: birinchidan ampulalarni eritma bilan to‘ldirish avtomatik ravishda shprits yordamida bajariladi. Ikkinchisida - ularda ma’lum chuqurliklagi vakuum yaratilib, u chiqarilgach, ineksiya eritmasiga botirilgan ampula uning ma’lum xajmi bilan to‘ladi. Ampulalarni dorivor modda bilan to‘ldirish mukammal tozalikni talab etadi, shu sababli texnologik operatsiyalar, xonalarni rejalashtirish, pardozlash va tutishga nisbatan qat’iy sanitariya-gigiyena talablari qo‘yiladi. Devorlarga plitka yopishtirilishi yoki moyli bo’yoq, bilan bo‘yalishi shart. Pol materiali suv, dezinfeksiya vositalari, organik eriguvchilar va boshqa kimyoviy moddalar ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak. Ko‘p jixatdan uni polimer material (polivinilxlorid, plitkalari. relin va b.) bilan qoplash ushbu talablarga muvofiq keladi. Havoni tozalash (filtrlash) va uni bakteritsid lampalar yordamida zararsizlantirish muhim jixatlardan sanaladi. Xonani doimiy ravishda xo‘llab tozalab turish zarur. Ineksiya eritmalarini tayyorlash va ampulalarni ular bilan to‘ldirishda ish zonasidagi havo erituvchilar va dorivor moddalar bilan ifloslanishi mumkin. Dorivor moddalar eritmalarini olish operatsiyalari, xususan kukuni dorilarni dozalash va ularni reaktorlarga ortishni qo‘lda bajarish gigiyenik jixatdan eng noto‘g‘ri xisoblanadi. Ushbu bosqichda mexnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish maqsadida xavoni kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishining oldini olishga qaratilgan sanitariya-gigiyena tadbirlari majmuini o‘tkazish zarur. Ishlovchilar shahsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi va shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanishi muximdir.
Ampulalarni yopish.
Ushbu texnologik operatsiya turli konstruksiyadagi yarim avtomatlarda amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda yuqori xavo xarorati (290S gacha) va unda uglerod oksidining mavjudligi asosiy ishlab chiqarishdagi zararlar hisoblanadi. Bir qator korxonalarda aylana yarim avtomatlarda tabiiy gaz yoqilganda ajralib chiqayotgan uglerod oksidi ampulalarni konveer liniyalarda yopish chog‘ida chiqadigan miqdoridan qariyib 2 barobar ortiqni tashkil etdi.
Mavjud zararlar bilan kurashishda eng samarali sanitar texnikaviy tadbir oqim ustidan tortish ustunlik qiladigan oqilona oqimli tor ventilyasiyasi qurilmasi xisoblanadi. Qo‘l va ko‘zlarni shaxsiy ximoya qilish vositalaridan (qo’lqop va ximoya ko‘zoynagi) foydalanishiga aloxida e’tibor berilishi shart. Ampula yopilgach, uning germetikligi tekshirilib, sterillanadi va nazoradan o‘tishga jo‘natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |