Gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua



Download 0,76 Mb.
bet69/154
Sana22.08.2021
Hajmi0,76 Mb.
#153554
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   154
Bog'liq
gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua

Ultrabinfsha nurlar

Ultrabinfsha nurlanishi (UBN)ning asosiy manbai bu quyoshdir. Atmosfera so‘ruvchi vazifasini bajargandan beri, UBN ning muayyan joylashuvida Erga etgandagi miqdori balandlik bilan oshadi. Stratosferaning ozon qatlami ham himoya qobig‘i vazifasini bajaradi, uning emirilishi sezilarli darajada qizdirishlarga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda texnologik taraqqiyotning natijasi o‘laroq, UBNning ko‘plab sun’iy manbalari yaratilyapti. Bularga chiroqlarda foydalaniladigan elektr yoki, payvandlash gorelksi, plazma oqimi, bakterotsid lampalar (bakteriyalarni o‘ldiradigan lampalar) ini o‘z ichiga oladi.

UBNlarning qisqa yuqori muddatli keskin ta’siri natijasida odamlarda haroratni ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi, darmonsizlik xolatlari kelib chiqishi mumkin. Surunkali ta’sirlarida terining qorayishi, teri saratoni kasalligini kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Eng ehtimoli yuqori bo‘lgan ta’siri melanoma kasalligini rivojlantiradi, bu teri saratonining o‘ta jiddiy ko‘rinishidir. Bu kasallik koeffitsenti Birlashgan Qirollikda 1979- va 1994-yillar oralig‘ida ikki martaga oshgan. Bu saratondan himoyalanish ko‘rsatmalarida UBNlardan saqlanish uchun maxsus kiyimlar kiyish bilan amalga oshirilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan. Garchi oddiy ko‘zoynaklar yuqori chastotalarni qaytarsada, kiyim tarkibi va rangi orqali himoyaga erishish mumkin. 100% paxta matosidan tayyorlangan qaymoq rangli kiyim 10%dan kamroq UBN lardan himoyalashni ta’minlasa, xuddi shu matodan, ammo yorqin pushti yoki feruza rangli kiyimlar 30%dan ko‘proq himoyalay oladi. Materiallarning cho‘ziluvchanligi yoki namligi himoya omillarini samaradorligini kamaytirishi yoki oshirishi mumkin ekan. Chunki izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, yoshlar tomonidan qo‘llaniluvchi qoraytiruvchi lampalar teri saratonining kelib chiqish ehtimoliligini ikki baravar oshirar ekan.

Ko‘zga ko‘rinadigan nurlar.



Ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘likning sog‘likka ta’siri bevosita yoki bilvosita bo‘lishi mumkin. Misol uchun Quyosh tutilishi paytida etarli himoyasiz Quyoshga qarash bilan ko‘z to‘r pardasining kuyishi; keyingi misol yorug‘lik etishmovchiligi yoki haddan ortiq yorug‘likdan zararlanish. Yorug‘lik etishmovchiligi hushni yo‘qotish, haddan ortiq yorug‘lik esa, masalan, kelayotgan avtomobilning yorug‘ligi tufayli avariya sodir bo‘lishi mumkin.

Boshqa sog‘likdagi muammolar ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik nurlari keltirib chiqaradigan vaqtinchalik yoki mahalliy bo‘lishi mumkin. Shulardan biri lazer bo‘lib, u keng diapazonda, xususan, masofa o‘lchagichlar, payvandlashda, kesishda, teshish asboblarida, isitish tizimida,

ko‘ngilochar jihozlarda (lazerlar tomoshasida), jarrohlikda qo‘llaniladi. Lazerlar, shuningdek, videoplastik jihozlarda, supermarket skannerlarida, printer jihozlarida ishlatiladi. Ko‘pchilik hollarda, lazerlar ta’sirini bevosita yoki tasodifiy radiatsiyani o‘tkazishni oldini olish uchun butunlay va qisman yopiladi. Oddiy misol, ammo ma’ruzachilar tomoshabin e’tiborini tortish uchun lazer ko‘rsatkichlardan foydalanishadi. Ammo bu kishi ko‘ziga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘naltirilganda ko‘z pardasida teshiklar hosil qilib uni kuydirishi mumkin.

Infraqizil nurlar.



Boshqa jismlarga infraqizil nurlanishni chiqaradigan barcha jismlar quyi yuza temperaturasiga ega. Bunga misol, Erning Quyoshdan oladigan issiqligi; ko‘pchilik boshpanalarda foydalaniladigan pechkadan chiqadigan issiqlik. Issiqlik sezgisi keskin sharoitlarni tezda etarlicha ogohlantiradi. Infraqizil radiatsiya organizmga chuqur ta’sir qilmaydi, ammo u nazorat qilinmasa, teri yuzasi kuyishiga, ko‘zdagi katarakt linzalar yoki parda zararlanishiga olib keladi. Kataraktalar himoya ko‘zoynaklari bilan osongina himoyalanishi mumkin. Umumiy vaziyatlarda, binolar ichki qismi kabi, ortiqcha issiqlik odatda konditsionerlar va ventilyasiya tizimi orqali boshqariladi, ortiqcha issiqlik tashqariga chiqariladi11.

Iqlimga moslashish deb, odam organizmining unga mos bo‘lmagan yangi iqlim sharoitlariga moslashishiga aytiladi. Iqlimga molashish jarayonida odam organizmi o‘zining doimiy yashash joyidagi muhitga ko‘nikish hosil qiladi va organizmda dinamik steretotip hosil bo‘ladi. Agar organizm yangi iqlim sharoitiga o‘tib qolsa, shakllangan stereotip asta-sekin izdan chiqadi va shu yangi muhit hamda ob-havo sharoitlariga nisbatan yangi stereotip shakllanadi.

Iqlimga moslashish jarayoni juda murakkab ijtimoiy-biologik jarayondir. Fiziologiya nuqtayi- nazaridan iqlimga moslashish deganda, odam organizmida tashqi muhit bilan markaziy nerv sistemasi orqali, refleks yo‘li bilan o‘rnatiladigan vaqtinchalik va doimiy aloqa hamda uning asosida organizm uchun o‘zaro foydali munosabatni hamda doimiy harakatlanuvchi stereotipning islilab chiqilishini tushunmoq zarur.

Iqlimga moslashish ikki yo‘l bilan borishi mumkin:


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish