Binolarning tabiiy yorug‘liq bilan yoritilganlik darajasini belgilab beradigan omillar Binolarning tabiiy yorug‘lik bilan yoritilganlik darajasi quyidagi omillarga bog‘liq.
Yorug‘lik iqlimi. Quyosh nurlarining intensivligi joyning geografik kengligi, quyoshning nechog‘li baland turganligi, havoda bulut bor-yo‘qligi va atmosfera havosining nechog‘li
musaffoligiga qarab o‘zgarib turadi. Tabiiy yorug‘lik bilan yoritilish darajasining mazkur joyda kun soatlari va yil oylari sari o‘zgarib turishi o‘sha joyning yorug‘lik iqlimi deb ataladi. Qurilishni loyihalashtirishda yorug‘lik iqliminiig shart-sharoitlari hisobga olinadi: shu sharoitlarga qarab binolar hammadan qulay qilib (kungay tomonga yoki terskay tomonga qaratib) solinadi, deraza o‘rinlari va normal yorug‘ tushib turishi uchun zarur deraza yuzalari shu sharoitlarga qarab tanlanadi va olinadi.
Derazalarning orientatsiyasi. Derazalarning kunga yoki teskari tomonga qaragan bo‘lishi binolarning tabiiy yorug‘lik bilan yoritilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Binolarning kunga tomonga nisbatan to‘g‘ri qurishni derazalar orqali xonalarga tik quyosh nurlari tushib turishiga imkon beradi, bu - sog‘lomlashtiruvchi kuchli omildir.
Turarjoy binolarida gigiyena nuqtai nazaridan har bir xonaga tik quyosh nurlari tushadigan va yilning har qanday faslida ham xonaga imkoni boricha uzoqroq oftob tushib turadigan bo‘lishi zarur deb hisoblamoq kerak.
O’z-o‘zidan ravshanki, binoni qaysi tomonga qaratib qurish kerakligini aniqlashda iqlim xususiyatlarini hisobga olmoq lozim: bir tomondan xonalarga tik quyosh nurlari yetarlicha tushib turadigan bo‘lishi, ikkinchi tomondan esa yilning issiq faslida xonalarning ortiqcha qizib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘lishi kerak. Mo‘‘tadil iqlimda (45° shimoliy kenglikdan shimolroqda) turarjoy xonalarining derazalari janubi-sharq, janubga qarab turadigan bo‘lsa, hammadan qulay xisoblanadi.
Deraza oynalarining sifati va ularga qarab turish. Odatdagi deraza oynasida talaygina miqdorda temir (asosan Fe2O3), titan, xrom va boshqa elementlarning rangli birikmalari bo‘ladi. Bu birikmalar derazalarning oynasidan xona ichiga tushadigan yorug‘lik miqdorini kamaytirib qo‘yish bilangina qolmay, balki, eng muhimi, quyosh nurining to‘lqin uzunligi 300 mmk dan kam bo‘ladigan biologik jihatdan eng aktiv qismini ushlab qoladi va derazadan o‘tkazmaydi. Deraza bir qavat bo‘lsa, oyna orqali yorug‘lik o‘tkazish koeffitsienta 10—15% ga, qo‘sh qavat bo‘lsa, 25% gacha kamayadi.
Xonalarga ultrabinafsha nurlar tushib turishini ko‘paytirish uchun maxsus uviol oynalar ishlatiladi. Bunday oynalarni tayyorlashga ketadigan materiallarga maxsus ishlov beriladi, shuning natijasida rangdor G‘e2O3 aralashmalarining miqdori 0,01~0,02% gacha kamayadi (odatdagi oynada 0,1 — 1%).
Ifloslangan oynalar va qish vaqtida xona havosidagi namning kondensatsiyalanishi natijasida muz bilan qoplanib qoladigan oynalar binolarning yoritilganlik darajasini ancha pasaytiradi.
Kondensatsiyalanadigan suvning sovuq deraza yuzida muzlab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘sh qavat romlar orasiga suv o‘tadigan materiallar (masalan, sulfat kislota yoki kuydirilgan ko‘mir) qo‘yiladi (deraza oynalarning orasidagi bo‘shliq shamollatiladi yoki isitiladi).
Bino devorlarining rangi. Qora ranglar yorug‘likni yutishi, och ranglar esa qaytarishi (aks ettirishi) ma’lum. Oq rangga bo‘yalgan devorlar ularga tushadigan nurlarning 80% ga yaqinini qaytaradi, sariq rangi 40% ga yaqinini, ko‘k rang 25% ga yaqinini va jigar rang 13 % qaytaradi.
Yorug‘likni to‘sib qo‘yadigan buyumlar. Xonadagi buyumlar (derazaga qo‘yilgan gullar, deraza pardalari va b.), shuningdek, derazasi oldida turgan narsalar (baland daraxtlar, binolar va boshqalar) yorug‘likni to‘sib qo‘yishi mumkin. Chunonchi, derazalarga tutiladigan to‘r pardalar 40% gacha va bundan ortiqroq yorug‘likni yutib qola oladi. Yorug‘lik to‘silib qolmasligi uchun binoning tashqarisida, derazalar oldida turadigan narsalar kam deganda o‘zining bo‘yiga ikki baravar keladigan masofada derazalardan nari bo‘lishi kerak.
Xonalarning eni (chuqurligi). Xonaga yorug‘lik tik derazalar orqali bir yon tomondan tushadigan bo‘lsa, derazadan uzoqlashilgan sayin yorug‘lik darajasi kamayib boradi. Xonaning derazali devoridan eng uzoqdagi qismlariga ham yaxshiroq yorug‘ tushadigan bo‘lishi uchun derazalarning ustki chetlarini imkoni boricha yuqoriroq ko‘tarish kerak.
Yorug‘lik xonaning bir yon tomonidan tushadigan bo‘lsa, xonaning chuqurligi (derazali devorning ro‘parasidagi devorgacha bo‘lgan masofa) poldan derazaning yuqori chetigacha bo‘lgan masofadan ikki baravar ortiqroq bo‘lishi kerak deb hisoblanadi. Chunonchi, derazalarniig ustki chetlari poldan 3,5 m balandda turadigan bo‘lsa, xonaning chuqurligi 7 dan ortmasligi kerak.
Ravshanki, yorug‘lik ikki tomonidan yoki bir yon tomoni hamda tepasidan, ya’ni aralash tushadigan xonalarga bu qoidani tadbiq qilib bo‘lmaydi.
Derazalarning yorug‘lik tushadigan yuzasi. Xonalarning yoritilishi derazalarning oyna bilan qoplangan (yorug‘lik tushadigan) yuzasining katta-kichikligiga, ya’ni yorug‘lik tushadigan yuzalarning yig‘indisiga bog‘liqdir. Yorug‘lik tushadigan joylarning yetarli-yetarlimasligi to‘g‘risida yorug‘lik koeffitsienti miqdoriga qarab fikr yuritiladi.
Nazorat savollari
Dorixona tizimining strukturasi.
Dorixona uchun yer uchastkasi tanlashga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
Dorixona arxitektura - rejalashtirish yechimi va jihozlariga qanday gigiyenik talablar qo‘yiladi?
Aseptik blok va sotuv zaliga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
Xodimlar shaxsiy gigiyenasi.
Xodimlarni dastlabki va davriy tibbiy ko‘rigini ayting.
Dorixona assistent xonasini tashkil qilish, ishlatish va jihozlashga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
Aseptik blok havosini tozaligini ta’minlashga qanday gigiyenik chora tadbirlar o‘tkaziladi?
Xodimlar sog‘ligiga ta’sir etuvchi omillar.
Dorixona xonalari mikroiqlimiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
Dorixona xonalaridagi yoritishga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
Dorixonani suv bilan ta’minlashga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
Dorixona muassasalarida sanitar oqartuv usullari va formalarini ayting.
Dorixonalarda havo tozaligini yaxshilashda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar.
Tabiiy havo almashinuviga gigiyenik baho va uning ahamiyati
Sun’iy havo almashinuviga gigiyenik baho va uning ahamiyati
Joylarda havo almashtirish asboblari, sistemalari, ularning ahamiyati.
Aeratsiya nima, uning kamchiligini ko‘rsating?
18. Havoning takroriy almashinish sonini aniqlash.
Yorug‘lik koeffitsienti deb nimaga aytiladi?
Tabiiy yorug‘lik koeffitsienti nima?
Xonalar tabiiy yoritilishi qanday omillarga bog‘liq
Sun’iy yoritilishni baxolash usullari.
Modul Kimyo-farmasevtika korxonalarida ishchi xodimlar gigiyenasi va toza xonalarga qo'yiladigan gigiyenik talablar Radiatsion gigiyena va uni radiofarm preparatlar
ishlab chiqarishdagi ahamiyati
Ma’ruzadan maqsad: Talabalarga kimyo- farmatsevtika korxonalarida ishchi-xodimlar gigiyenasi, kiyimga qo‘yiladigan gigiyenik talablar haqida ma’lumot berish. Maqsad: ionli nurlanish manbalari bilan tanishish, ionli nurlanishni tekshirish usullarini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |