Ventilyasiya jihozlariga va tizimiga quyidagi gigiyenik talablar qo‘yiladi:
-havo harorati va namligini komfort ushlab turish;
-kuchli va noxush havo harakati tezligiga yo‘l qo‘ymaslik;
-havodagi turli gaz va bug‘ aralashmalarini va begona hidlarning to‘planishidan ogohlantiradi;
-yil davomida to‘xtovsiz ta’sir ko‘rsatadi;
-Detallarning kichik gabaritliligini ta’sirining shovqinsiz sozlash va tozalashning yengilligi.
Ventilyasiyaning yetarligini baholashda CO2 ning miqdorining ortishi bilan parallel ravishda metabolizmning gaz va bug‘simon mahsulotlari ammiak, oltingugurt vodorodi, indol, merkapton va boshqalarning to‘planishi bilan birga boradi. Havoda ularni aniqlash esa birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi. Turar joy xonalari va kishilar to‘planadigan boshqa joylar havosida SO2 miqdori 0,07% dan oshmasa, odatda unda havo buzilmaydi. Havoda SO2 miqdorining 0,1% oshishi xonaning etarlicha shamollatilmaganligini ko‘rsatadi. Xonaga vaqt birligida berish zarur bo‘lgan shamollatuvchi havo miqdori bir qancha omillarga - xona xajmiga, kishilar soniga, bajariladigan ish turiga, xona havosidagi zararli moddalar miqdoriga bog‘liq.
Shamollatish xajmi deb, xonaga xar bir odam uchun bir soatda tushishi lozim bo‘lgan havo
miqdoriga aytiladi. Havodagi SO2 miqdorining chegarasiga qarab shamollatishning zarur xajmi
2
xisoblab chiqiladi. Bu xajm bir kishi uchun soatiga 30-35 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Havoning siljish turiga ko‘ra tabiiy va mexanik (sun’iy) ventilyasiya farq qiladi. Tabiiy ventilyasiyada sovuq va issiq havo zichligining farqi xisobiga yuzaga keluvchi gravitatsion bosim xamda shamol bosimi ta’sirida havoning xarakati yuzaga keladi.
Mexanik ventilyasiyada havo ventilyatorlar ta’sirida xarakat qiladi. Aralash sistemadan xam foydalanish mumkin.
Havo almashinuvini tashkil etish usuliga ko‘ra ventilyasiya mahalliy va umumiy bo‘lishi mumkin. Xarakatlanishi bo‘yicha ventilyasion moslamalar:
tortib oluvchi (havoni tortish uchun mo’ljallangan)ga bo‘linadi, ular o‘z navbatida mahalliy va umumiy bo‘lishi mumkin.
olib keluvchi (havo berib turadigan) ikkiga bo‘linadi: mahalliy (havo dushlari, pardalari, oazislar) va umumiy (bir tomonga yo‘naltiruvchi va ko‘p tomonga yo‘naltiruvchi)
Tabiiy ventilyasiya (shamollatish). Yashash xonadonlarida va xonalarida tabiiy havo almashinuvi devor yoriqlari, oyna va eshiklarni jips yopilmasligi hamda fortochka, framuga yoki deraza va eshiklarning to‘liq ochib qo‘yish hisobiga amalga oshiriladi. Havo almashinuvi kattaligiga asosan meteriologik omillar: tashqi havo va xona havosining harorati, shamol kuchi va yo‘nalishi ta’sir ko‘rsatadi. Harorat omili ta’siri ostida uyda yoki alohida xonalarda taxminan balandligining o‘rtasida neytral zona tashkil bo‘ladi, bunda esa musbat va manfiy bosim tenglashadi. Bu mintaqadan yuqorida havo xonadan tashqariga chiqishga harakat qiladi, pastda esa tashqi havoning xonaga kirishi kuzatiladi. Zamonaviy turar joy uylarida, xonadonlarida ventilyasion jihozlanishni bosh elementi olib ketuvchi kanallar hisoblanadi. Ular ko‘pincha oshxona sanitariya tarmog‘ini kapital devorlariga joylashtiriladi, bunda havoning harakati tabiiy asosida o‘tadi.
Atmosfera havosining temperaturasi nechog‘li past bo‘lsa, uning solishtirma og‘irligi shuncha katta bo‘lib, xonalarning tashqi to‘siqlariga shuncha ko‘proq bosim ko‘rsatadi va xonalar ichiga shuncha ko‘proq o‘tadi. Xonalar havosi esa, solishtirma og‘irligi kamroq bo‘lgani uchun, xuddi shuning singari, xonalarning yuqori zonasidagi teshik va tirqishlar orqali atmosfera havosiga chiqib turadi. Atmosfera havosining xarakat tezligi ortgan sayin uning shamolga ro‘para turgan xona to‘siqlariga ko‘rsatadigan bosimi zo‘rayadi va shamolga teskari tomondagi to‘siqlarga tushadigan bosimi kamayadi, bu xam havo almashinuvining kuchayishiga olib keladi. Qurilish materiallarining teshiklari orqali o‘tadigan havo miqdori arzimas bo‘ladi va xonalarning shamollashiga axamiyati yo‘q.Tabiiy yo‘l bilan havo almashinuvi asosan deraza va eshiklardagi teshik va tirqishlar orqali ro‘y beradi.Tashqi havo xarakati tezligi 1-5 m/sek bo‘lganida uzunligi bir metr keladigan tirqish orqali bir soat mobaynida 4m3 dan 12 m3 gacha havo o‘tishi mumkin.
Sun’iy ventilyasiya. Havosi chang, zaxarli va zararli moddalar bilan ifloslangan xonalarda, shuningdek ortiqcha issiqlik yoki namlik bor manbalar bor xonalarda xamda odam ko‘p bo‘lgan xonalarda tabiiy yo‘l bilan shamollatish kifoya qilmaydi. Shunday xollarda xonalarni sun’iy yo‘l bilan shamollatadigan uskunalar o‘rnatiladi. Sun’iy yo‘l bilan shamollatish tashqi havo temperaturasi va havo xarakat tezligining o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘lmaydi. Ventilyasiya sistemasining havo o‘tadigan yo‘llarida havo mexanik yo‘l bilan (ventilyatorlar) yoki issiqlik ta’siri bilan (havoni tortuvchi kanalda isitish) xarakatlanadi. Mexanik ventilyasiya olib keluvchi havoni avvaldan tayyorlab beradi. (tozalab, sovitib, isitib yoki namlab) va atmosfera havosiga chiqarishdan avval xam havo zararli omillardan tozalanadi.
Sun’iy yo‘l bilan shamollatish sistemasi markaziy va mahalliyga bo‘linadi. Markaziy - butun binoga xizmat qiladi, mahalliy esa manbaning tepasiga o‘rnatiladi.
Sun’iy ventilyasiya tizimi:
olib keluvchi
olib ketuvchi
d) keluvchi - ketuvchi bo‘lishi mumkin.
Havo berib shamollatishda ventilyator yordami bilan bino ichiga yangi havo tortiladi, iflos havo esa tabiiy yo‘l bilan xonadan chiqib ketadi.
Havo tortib shamollatishda iflos havo binodan mexanik yo‘l bilan yoki issiqlik ta’sirida chiqarib tashlanadi, yangi havo esa binoga tabiiy yo‘l bilan kiradi.
Ishlab chiqarish sharoitlarida -issiq sexlarda - meteorologik shart-sharoitlarni yaxshilash uchun muayyan ish o‘rinlarida havo beruvchi mahalliy ventilyasiyadan - havo dushlaridan foydalaniladi.
Havoni tortib shamollatiladigan mahalliy ventilyasiyalar havoga chang, zaxarli va zararli moddalar, ortiqcha issiq va nam chiqadigan joylarga o‘rnatiladi ( murili shkaflar, soyabonlar va b.). Xam havo berib, xam tortib shamollatish sistemasining quyidagi elementlari bor:
havoni qabul qilish qismi;
changdan tozalash inshoatlari;
v) havoni isitadigan yoki sovutadigan uskuna;
g) havoni namlash uskunasi;
dvigatelli ventilyatorlar;
havo beradigan va tortadigan kanallar (havo yo‘llari) bilan xonadagi teshiklari;
j) chiqarilgan havoni korxona changi, bug‘ va gazlardan tozalash uskunasi. Bu sistemada eng muhim narsa havo olinadigan joyni to‘g‘ri tanlashdir ya’ni havo buzilmaydigan joyga o‘rnatish, havoni buzadigan manbalarga nisbatan olganda shamolga ro‘para o‘rnatish kerak xamda atrofiga daraxtlar ekish maqsadga muvofiqdir. Havo kiradigan teshiklar erdan kamida 2 m yuqorida bo‘lishi kerak. Yog‘inlardan saqlash uchun havo kiradigan teshiklarga panjara yoki soyabonli to‘r tutish lozim.
Yorug‘likning gigiyenik ahamiyati
Organizmga ta’sir qiladigan tashqi muhit omillari orasida yorug‘lik dastlabki o‘rinlardan birini egallaydi. Yorug‘lik ko‘ruv organiga ta’sir qilibgina qolmay, umuman butun organizmga ham ta’sir ko‘rsatadi. Yorug‘lik ta’siri ostida organizmning fiziologik va psixik reaksiyalari qayta tuziladi, organizmning umumiy tonusi o‘zgarib, u faol holatga o‘tadi.
Tabiiy yorug‘likning organizmdagi xilma-xil jarayonlarga ta’sir ko‘rsatib, o‘sishni tezlashtirishi, moddalar almashinuvi protsesslarini jonlantirishi, gazlar almashinuvini kuchaytirishi aniqlangan. Yoritish sharoitlari yaxshi bo‘lmasa, odamning umumiy kayfiyati, ruhiyati yomonlashib, jismoniy va aqliy qobiliyati pasayib qoladi. Yaxshi yorug‘ tushib turmasligi tufayli ko‘zga doim zo‘r kelishi oqibatida maktab o‘quvchilari ko‘zining yaqindan ko‘radigan bo‘lib qolishini F. Erisman 1870 yildayoq ishonarli qilib isbotlab bergan edi.
Quyosh nuri spektri tarkibiga kiradigan ultrabinafsha nurlarning bakteritsid ta’siri gigiyenik jixatdan alohida ahamiyatga egadir. Ultrabinafsha nurlar ta’siri ostida bakteriyalarning rivojlanishi susayib qoladi, bu nurlar etarlicha uzoq ta’sir ko‘rsatib turganida esa, bakteriyalar halok bo‘lib ketadi.
Tabiiy va sun’iy yorug‘likning etarli darajada tushib turishi sog‘lomlashtiruvchi va madaniy ishlar orasida katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |