Gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua


Ishlab chiqarishga doir kimyoviy omillarning spetsiflk ta’sirlariga gigiyenik



Download 0,76 Mb.
bet35/154
Sana22.08.2021
Hajmi0,76 Mb.
#153554
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   154
Bog'liq
gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua

Ishlab chiqarishga doir kimyoviy omillarning spetsiflk ta’sirlariga gigiyenik

xarakteristika



Ayrim turdagi sanoat zaharlari umumzaharli ta’sir samarasidan tashqari spetsifik ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ham egadir - allergenlik, kanserogenlik, mutagenli, teratogenli, embriotoksik ta’sir kabilar.

Sanoat allergenlari - bu shunday moddalar, ular organizmga tushganda, ma’lum muddatlardan so‘ng organizmni allergizatsiya holatiga olib keladi. Allergenlik xususiyatiga ko‘pincha yuqori molekulali organik birikmalar ega bo‘ladi, ammo ma’lumki ko‘pgina quyi molekulali moddalardan tortib, toki ayrim kimyoviy elementlargacha ana shunday ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega, masalan, kobalt, nikel birikmalari (Co, Ni). Bu moddalar organizmda gaptenlik vazifasini o‘taydi, hujayralardagi oqsil molekulalari bilan birikib murakkab komplekslar hosil qiladi, bu moddalar o‘z o‘rnida organizmni autoallergizatsiya holatiga olib keladi. Ishchilar organizmida yuzaga keladigan allergik holatlar tez sodir bo‘ladigan va sekinlik bilan yuzaga keladigan allergik reaksiyalar ko‘rinishida nomoyon bo‘lishi mumkin. Tez sodir bo‘ladigan allergik reaksiyalarga bronxial astma, angionev rotik shish, eshak emi va sekinlik bilan yuzaga keladigan allergik reaksiyalarga - dermatitlar, ekzemani kiritish mumkin. Bunday reaksiyalarning kelib chiqishida nasldan-naslga o‘tuvchi moyillik, neyroendokrin kasalliklar va shaxsiy moyillik holatlari katta ahamiyatga egadir.

Kasbiy allergozlarning profilaktikasi juda murakkabdir, chunki allergiyaning shakllanishida yoki ayrim hollarda allergik reaksiyalarni kelib chiqishida juda kichik miqdorlardagi allergenlarning ta’siri ham yetarli bo‘lib qoladi. Bunday vaziyatlarning oldini olish uchun allergik ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarning o‘zini yoki guruhini aniqlash va organizmni desensibilizatsiyalash juda muhimdir yoki bo‘lmasa shu organizmni allergenlar bilan bo‘ladigan aloqasiga umuman barham berish zarur. Birlamchi profilaktik tadbirlarni o‘tkazish uchun ishchilarga kimyoviy moddalarning ta’sir etish mumkinligini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar (umumzaharli ta’sirlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar kabi) dan tashqari ishchilarni ishga qabul qilishda ularning allergiyalarga moyillik holatlarini tekshirish kerak bo‘ladi.

Ayrim turdagi kimyoviy ishlab chiqarish omillari uzoq muddatlardan so‘ng yuzaga keladigan ta’sir samarasini nomoyon qiladi, ya’ni patologik o‘zgarishlar bu moddalarning ta’sir etganidan so‘ng tezlikda yuzaga kelmay, balki ta’sir etilgandan ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng nomoyon bo‘lishi mumkin. Ana shunday uzoq muddatdan so‘ng yuzaga keladigan samaralar qatoriga kanserogenli, mutagenli, teratogenli ta’sirlarni ko‘rsatish mumkin. Ayrim hollarda teratogenli ta’sirni embriotoksik ta’sir deb ham ataladi.

Kanserogenli ta’sir - bu kimyoviy moddalarning xavfli o‘smalarni keltirib chiqarish xususiyatidir. Sanoat kanserogenlari ko‘p va xilma- xildir. Butun dunyo Sog‘liqni Saqlash tashkiloti tarkibiga kiruvchi guruhining tasnifiga ko‘ra (1982) barcha kanserogenlik xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar ikki guruhga bo‘linadi:

1-guruh - odam organizmi uchun kanserogenli ta’siri aniqlangan moddalar; 4-aminodifenil, margumush va uning birikmalari, asbest, benzol, benzidin, xlormetilmetalli efir, xrom va uning birikmalari, 2- nafitilamin, qurum qatronlar, mineral yogMar, vinilxlorid va b.q.

II guruh - odam organizmi uchun kanserogenli xususiyati bo‘lishi mumkin bo‘lgan moddalar. Bu guruhga kiruvchi moddalar yana 2 guruhga bolinadi:

II a - odam organizmi uchun kanserogenli xususiyati yuqori bo‘lgan moddalar (akrilonitril, benz(a)piren, berilliy, dietilsulfat, 0-toluidin, nitrozoaminlar va b.q.);

II b - odam organizmi uchun kanserogenlik xususiyati past bo‘lgan kimyoviy moddalar (to‘rtxlorli uglerod, xloroform, xlorfenollar, dibro- metan, formaldegid, ayrim turdagi gerbitsidlar va b.q.)

Kasb kasalliklari ro‘yxatiga yana badan terisida uchraydigan rak kasalliklari kiritilgan, bundan tashqari nafas organlari, jigar, oshqozon, siydik pufagi, suyaklarda uchraydigan xavfli o‘smalar, 1 guruhga kiruvchi kanserogenli moddalar va II guruhdagi ayrim kanserogenli ta’sirga ega bo‘lgan moddalar ta’sirida yuzaga keladigan leykozlarni aytish mumkin. Xavfli o‘smalarni kelib chiqishida organizmning rakdan oldingi holati katta ro’l o'unaydi, masalan, mexanik va termik jarohatlar, zararli odatlar (spirtli ichimlik ichuvchilar, chekuvchilar). Xavfli o‘sma kasalliklarining oldini olishda umumiy tadbirlardan tashqari shu narsani inobatga olish zarurki, kanserogenli effekt kanserogenlarning juda kichik dozalar ta’sirida ham yuzaga kelishi mumkin, buni kanserogenlarning bo‘sag‘asiz effekti deb nomlanadi. Shuning uchun eng yaxshisi ishlab chiqarish muhitida kanserogenlarning bo‘lmasligiga erishish kerak.

Bir qator kanserogenlar uchun Butun Dunyo Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra REK "0" qiymatga ega bo‘lishi kerak, jumladan shunday qiymat - benzidin, alfa naftil amin, betta nitrozo- dimctilamin, alfa propiolaktamlar uchun belgilangan.

Boshqa kanserogenlarning havo muhiti uchun REK faqat ishlab chiqarish havosi uchun benz(a)pirenga nisbatan ishlab chiqilgan bo‘lib, bu 15mg/m3 qiymatga tengdir.

Kasbga doir xavfli o‘sma kasalliklari uchun dastlabki va davriy

tibbiy ko‘riklarni sifatli o‘tqazilishi katta ahamiyatga ega bo‘lib, rakdan oldingi holatlarni o‘z vaqtida aniqlash maqsadini ko‘zda tutadi.

Mutagenli ta’sir -ayrim ishlab chiqarish omillarining mutagenli ta’sir samarasi hujayralarning genetik kodini jarohatlashi bilan bog‘liq bo‘lib, natijada ishlovchilarning kelgusi avlodlarida organizmning irsiy belgilarini uzatilishiga doir kuzatiladigan kasalliklar qayd qilinadi. Mutagenli ta’sirga ko‘pgina kanserogenli xususiyatga ega bo‘lgan moddalar egadir, ammo hamma mutagenlar ham kanserogenli ta’sirga ega emas. Profilaktik tadbirlar, xuddi kanserogenlarga bo‘lgan talab va tadbirlarning ko‘rinishi kabidir.

Gonadotrop ta’sir - sanoat zaharlarining gonadotrop ta’sirlari erkak kishilarda spermatogenezning, ayollarda esa ovogenezning izdan chiqishi bilan ta’riflanadi. Bunday ta’sir ishlovchilarning o‘zlarida ham, ularning kelgusi avlodlarida ham uchrashi mumkin. Gonadotrop ta’sir xususiyatiga - benzol va uning gomologlari, xlororganik birikmalar, marganets, xlorpren, kaprolaktam, borat kislotasi, fenol, qo‘rg‘oshinlar egadir. Bundan tashqari, bir qancha moddalar embriotoksik ta’sirga ega bo‘lib, xomilador ayol organizmiga ta’sir etganda xomila organizmida gistomorfologik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi (teratogenli samara), ayrim sharoitlarda esa (moddaning zaharlilik sinfi, moddaning yuqori dozasi) xomilaning nobud bo‘lishiga ham sabab bo‘ladi. Teratogenli ta’sir aniq bo‘lgan moddalar qatoriga - xlorpren, formaldegidli qatron, emallar, laklarni kiritish mumkin. Bunday ta’sirga homilaning 3-7 haftasidagi davri eng sezgir hisoblanadi. Embriotoksik ta’sirning oldini olish uchun umumiy profilaktik tadbirlardan tashqari sanoat zaharlari bilan bog‘liq bo‘lgan kasblarda ishlash uchun homilador ayollarni umuman qo‘ymaslik maqsadga muvofiqdir.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish