Gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua


Jadval Hamma vodoprovod suvlari uchun umumiy talablar



Download 0,76 Mb.
bet141/154
Sana22.08.2021
Hajmi0,76 Mb.
#153554
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   154
Bog'liq
gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua

Jadval


Hamma vodoprovod suvlari uchun umumiy talablar






Ko‘rsatkichlar nomi

Me’yorlari

1.

20° haroratida ta’mi va hidi

2 ballgacha

2.

Graduslar shkalasidagi rangi

20" gacha

3.

Harflar bo‘yicha tiniqligi (sm larda)

30 sm dan past bo‘lmasligi zarur

4.

Quruq qoldiq

1000 mg/l gacha

5.

Umumiy qattiqligi mg/ekv

7 mg/ekv/l gacha

6.

Qo‘rg‘oshin miqdori mg/l

0,1 gacha

7.

Margimush miqdori mg/l

0,05

8.

ftor miqdori mg/l

1,5—1,2

9.

Mis miqdori mg/l

1,0—3,0








10.

Rux miqdori mg/l

5,0

11.

Nitrat mg/l

10 gacha

12.

Mikroblar soni

100

13.

Koli-indeks

3

14.

Koli-titr

300 ml

15.

Loyqaligi standart shkalasi bo‘yicha

1,5 gacha

16.

Xlor qoldig‘i mg/l

0,3—0,5

17.

Stronsiy mg/l

7,0

18.

Molibden

0,25 gacha

19.

Tabiiy uran mg/l

0,6 gacha

20.

Radiy 226 kyuri/l

1,10

21.

Xlorfenol hidi (xlorlash usulida)

y°‘q

22.

Temir miqdori mg/l

0,3 gacha

23.

rN reaksiyasi

1 6,5—8,5







Suv tarkibida ichak tayoqchalari qanchalik ko‘p bo‘lsa, kasallik chaqiruvchi mikroblar xam shunchalik ko‘p bo‘ladi. Shu sababli yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar qiya bakteriologik usullar deb ataladi.

Ichimlik suvga epidemiologik jihatdan baho: 1 litr suvdagi ichak tayoqchalarining soniga (koli-indeks), eng kam miqdor suv tarkibidagi 1 ta ichak tayoqchasiga (koli-titr) hamda go‘sht pepton agariga ekilgan 1 ml sinama suv 37° li termostatda 24 soat saqlangandan so‘ng o‘sgan koloniya soni («mikrob soni») ko‘rsatkichlariga qarab beriladi.

Suvni ozonlash. Ozon suvda atomar kislorod hosil bo‘lgunicha parchalanadi: O3 A O2 + O. Keyingi vaqtlardagi tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, oksidlovchi xususiyatga ega bo‘lgan ozod radikal (masalan N2O) hosil bo‘lishiga qadar, suvga qo‘shilgan ozon bir qancha oraliq reaksiyalarini o‘tkazadi. Ozonning oksidlovchi va bakteriotsidik xususiyatining xlorga nisbatan yuqori bo‘lishi, uning oksidlovchi potensiadining (+ 1,90 v), xlorning oksidlovchi potensialidan yuqori (+ 1,36 v) bo‘lgani tufaylidir.

Suvni ozon bilan zararsizlantirish gigiyenik nuqtai nazardan eng samarali, ishonchli usul hisoblanadi. Jumladan rangi tozalanadi,.o‘zga hid va ta’mdan xoli bo‘ladi. SHu sababli ozonlangan suvning xususiyatlari buloq suvini eslatadi. Ortiqcha miqdordagi ozon tez orada kislorodga parchalanib chiqib ketishi natijasida, suvda hech qanday yot birikmalar qolmaydi.

Ozon bilan zararsizlantirish muddati 3—5 daqiqa bo‘lib, 0,5—0,6 mg/l miqdorda qo‘shilgan ozon etarli hisoblanadi. Organoleptik xususiyatlarini jumladan, rangini yaxshilash uchun ko‘rsatilgan miqdordan ko‘proq qo‘llash ham mumkin. Suvni zararsizlantirishda ozonlash usulining kam qo‘llanish sababi, ozonni olish uchun ko‘p elektroenergiya sarflanishidir. Lekin elektroenergiya etarli bo‘lgan joylarda suvni ozonlash usuli bilan za-rarsizlantirish tavsiya etiladi.

Suvni fizikaviy usullar bilan zararsizlantirish

Fizikaviy usullar bilan suvni zararsizlantirishga uni qaynatish, sterilizatsiya qilish, ultrabinafsha nurlarini, yukori shovqin, yuqori tok tezligi hamda gamma nurlarini qo‘llash kiradi.

Suvni qaynatish. Suvni qaynatish oddiy usul bo‘lishi bilan bir qatorda, suvni zararsizlantirishda juda ishonchli usul ham hisoblanadi. Patogen mikrobldrning vegetativ formasi 80°S haroratda 20—40 sekund ichida o‘ladi. Shu sababli 3—5 daqiqa qaynatilgan suv butunlay zararsizlantirilgan hisoblanadi. Suv 30 daqiqa muddatida qaynatilganida ko‘pchilik sporali mikroblar ham yo‘qoladi, bunda suv deyarli sterillangan bo‘ladi, bundan tashqari, botulizm toksini parchalanib ketadi. Lekin, ommaviy iste’mol uchun suvni qaynatib etkazishga iqtisodiy imkoniyat va vaqt etishmasligi bois, bu usulni keng qo‘llashning iloji yo‘q.

Markazlashgan usulda zararsizlantirilmagan suvlar qaynatish yo‘li bilan tozalanib, kam sonli aholi, kasalxonalar, maktablar, bolalar muassasalari, dorixonalar, temir yo‘l stansiyalarining ehtiyojlarini ta’minlaydi.

Ichish uchun mo‘ljallanib, suvni saqlaydigan idishlarning tozaligiga alohida ahamiyat berish va mikroblarning qaynatilgan suvda tez rivojlanishini hisobga olgan holda, uni har kuni yangilab turish darkor.

S uvni sterilizatsiya qilish. Suvni sterilizatsiya qilganda uning tarkibidagi bakteriyalarning hamma turlari va sporalilari ham qirilib ketadi. Bu usulning katta kamchiliklaridan biri, bunda ko‘p miqdordagi suvni zararsizlantirib bo‘lmaydi, qolaversa, sterillash jarayonida suv tarkibidagi butun tuzlardan xoli bo‘ladi. Bu o‘z yo‘lida suvning organoleptik xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shu sababli sterillangan suv tibbiyot amaliyotida hamda ba’zi bir korxonalarda ishlatiladi.

Suvni ultrabinafsha nurlar (UBN) bilan zararsizlantirish. Ultrabinafsha nurlarning bakteritsidlik xususiyati tez ifodalanadi, 1—2 daqiqa nurlash natijasida patogen mikroblarning vegetativ shakli qirilib ketadi. Tarkibida temir tutgan, rangli, loyqa suvlarda ultrabinafsha nurlar ta’sirida zararsizlantirish sust o‘tadi. Shuning uchun ham ultrabinafsha nurlar ta’sirida suvni zararsizlantirishdan oldin uni rangsizlantirish, temir va uning tuzlaridan hamda loyqalardan bartaraf etish muhim ahamiyatga ega.

Ultrabinafsha nurlar ta’sirida suvni zararsizlantirishning xlorlashga nisbatan bir qancha afzalliklari bor. Bakteritsid xususiyatga ega nurlar suvning tarkibida bo‘lgan oqsil birikmalarini denaturatsiyaga uchra-tadi. Suvning organoleptik xususiyati o‘zgarmaydi, bundan tashqari, keng spektrli antibiotik ta’sirga ega. Ultrabinafsha nurlar xlorga chidamli mikroblarga, viruslarga, gijja tuxumlariga halokatli ta’sir ko‘rsatadi.

Hozirgi kunda ko‘p miqdorli bakteritsid ta’sirga ega bo‘lgan nur chiqaruvchi simob-argonli lampa sanoat usulida chikarilmoqda.

Suvni kuchli shovqin bilan zararsizlantirish. Kuchli shovqin chiqaradigan moslama lampali generatordan iborat bo‘lib, o‘zidan yuqori tezlik bilan tebranish natijasida, elektrik tebranishni mexanik tebranishga o‘tkazib boradi. Bunda suvning rangi, tarkibidagi quyqalar-ning miqdoriga qaramasdan, bakteriyalarning ko‘pchilik qismi 5 sekund ichida qirilib ketadi. Bu usul epidemiologik jihatdan yaxshi natija bersa ham, suvdagi birikmalarning organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ichib bo‘lmaydigan darajada bo‘lishi mumkin, bundan tashqari, bu usuldan foydalanish uchun lampali generator kerak.

Shu sababli bu usul texnologik jarayon uchun mikrobsiz suv ishlatish zarur bo‘lgan korxonalarda qo‘llanadi.

  1. . Suvni yuqori kuchlanishli tok bilan zararsizlantirish. Yuqori kuchlanishli tok kuchini qo‘llash bilan suv tarkibidagi mikroblar har xil qoldiqlar miqdoriga qaramasdan, qisqa muddatda zararsizlantiriladi. Bunda suvning organoleptik xususiyatlari o‘zgarmaydi, lekin bu usulni qo‘llash uchun maxsus yuqori kuchlanishli tok beruvchi generator hamda elektroenergiya bo‘lishi kerak.

  2. . Suvni gamma nurlar ta’sirida zararsizlantirish. Bunda suvning organoleptik xususiyatlari o‘zgarmaydi. Lekin bu usulda suvni zararsizlantirish hozirgi kunda keng qo‘llanilmaydi.

Mavzu bo‘yicha yoritilishi lozim bo‘lgan savollar:

-suvning gigiyenik ahamiyati

-ichimlik suv sifatiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar -suv sifatining bakteriologik ko‘rsatkichlari -suv sifatini belgilovchi gigiyenik me’yorlari -suv sifatini yaxshilash usullarining gigiyenik ta’rifi

Darsda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiya usullari:



«Qorbo‘ron» usuli

Talabalar guruxini 2 ta komandaga bo‘lib xar bir komandaning sardori tanlab olinadi (sardorlarni komanda a’zolari tanlaydi).

Raqib komandalar bir-biriga ushbu mavzu bo‘yicha 3 tadan savol tayyorlaydi: javob tayyorlash uchun 7- 8 daqiqa vaqt ajratiladi. Komanda sardori taklif etilgan javoblardan eng yaxshisini (qizikarli va eng muxim bo‘lganini) tanlab oladi. Savollarni tayyorlash vaqtining o‘tishi bilan, har bir komnada bir-birlariga savol bera boshlaydi. Javob tayyorlash uchun 1 daqiqa vaqt ajratiladi va vaqt o‘tishi bilan xar bir komanda 1-2 daqiqa davomida berilgan savolga javob beradilar (vaqt o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi). Agar savol bergan komanda taklif qilingan javob bilan rozi bo‘lmasa, yoki koniqish hosil qilmasa o‘zining javob variantini aytadi.

Xar bir «savol-javobdan» so‘ng o‘qituvchi savolning va javobning sifatini izohlab beradi. O‘quv dars protokoliga savol va javoblarni to‘ldirish yoki o‘z javob varianti uchun baho qo‘yiladi.

Savolni baholashda savolning sifatini, uning mavzuga yaqinligi aniqligi, aktualligi uchun 5 ball qo‘yiladi.

Javobni baholashda uning to‘liqligi, to‘g‘riligi, mavzuga mos kelishganligi aniqligi uchun 5 ball qo‘yiladi.

O‘z javob varianti uchun qo‘shimcha mukofot ball beriladi:

-to‘g‘riligi, aniq qo‘shimcha uchun -1 ball

-uncha aniq bo‘lmagan javob uchun 0,1 dan 0,5 gacha ball

-noto‘g‘ri bulgan javob uchun (0,5) ball jarima

Hamma olingan natijalar protokolga quyidagi forma bo‘yicha to‘ldiriladi:

1 komanda 2 komanda

Savol + N° Baho ballarda

Savol: Javob: Qo‘shimcha to‘ldirish

Yakuniy hulosada o‘qituvchi har bir komanda to‘plagan ballarini qo‘shib, yig‘indi sonini 6 ga bo‘ladi (3 savol + 3 javob). Olingan natija har bir komanda ishtirokchisining o‘rtacha bahosini tashkil qiladi. Eng yuqori ball (0,5 ball) komandaning eng aktiv ishtirokchisiga, jarima ball (-0,2-0,3 ball)-eng passiv ishtirokchisiga beriladi.

TESTLAR



  1. Suvning sifatini yaxshilash usullari:

  1. tindirish 2. bakteriologik 3. filtrlash 4. koagulyasiya 5. radiologik

  2. Suvni zararsizlantirish usullarini aniqlang:

1. fizikaviy 2. filtrlash 3. tindirish 4. kimyoviy 5. ftorlash

3.Suvni qanday fizikaviy usullar binlan zararsizlantirish mumkin:

1. qaynatish 2. tindirish 3. koagulyasiya 4. ultrabinafsha nurlar yordamida 5. ultratovush yordamida

  1. suvni qanday kimyoviy usullar bilan zararsizlantirish mumkin:

1. koagulyasiya 2. normal dozalarda xlorlash

  1. giper xlorlash 4. super xlorlash 5. xlorlash

  1. 1 l suv uchun koagulyant me’yori mg

1. 20-100 2. 10-50 3. 150-40 4. 200

  1. suvni degazatsiya qilish bilan nimaga erishiladi:

1.suvni ta’mi yaxshilanadi 2. suv mikroblardan tozalanadi

  1. suvni sifati yaxshilanadi 4. suvni xidi yaxshilanadi

5. suv radiaktiv moddalardan tozalanadi

  1. Suvni koagulyasiya qilish uchun ishlatiladigan koagulyantlar:

1. alyuminiy sulfat 2. natriy xlorid 3. temir xlorid

  1. temir sulfat 5. alyuminiy xlorid

  1. Suvni tiniqligini me’yorini ko‘rsating

1. 30 mg litr 2. 30 gradus 3. 30 sm 4. 3 ball 5. 30%

  1. Suvning oddiy sharoitlardagi fiziologik me’yori

1. 2,5-3 l/kun 2. 1,5-2 l/kun 3. 3,5-4 l/kun 4. 4,5-5,5 l/kun 5. 6-8 l/kun

  1. Suv tiniqligini aniqlaydigan asbob

1. Krotov apparati 2. kolbalar 3. Gener silindri

  1. batometr 5. mikroskop

  1. Suvni kimyoviy usullar bilan zararsizlantirish yo‘llari:

1. suvni sterilizatsiya qilish 2. xlorlash 3. kumush ionlari bilan

4. suvni yuqori kuchli toq bilan tozalash 5. ozonlash

  1. Suv orqali yuqadigan kasallik

1. xolera 2. difteriya 3. salmenollez 4. ko‘k yo‘tal 5. qorin tifi

  1. Mavzu: Farmatsevtika sohasida qo'llaniladigan suvga gigiyenik talablar.

Mashg‘ulotning jihozlanishi: Kolba, soat oynasi, Silindr, Snellen harflari, distillangan suv


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish