Gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua



Download 0,76 Mb.
bet142/154
Sana22.08.2021
Hajmi0,76 Mb.
#153554
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   154
Bog'liq
gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua

Mavzuni asoslash

Suvni tozalangan holda olish. Dastlabki tayyorgarlik va olish. Suvni tozalangan holda olishning texnologik sxemasini tanlashda quyidagilarga asoslaniladi: asos suv(berilgan suv)ning sifatiga; suv olishning yakuniy bosqichini tanlashga; Farmakopey qoidalarining suvga qo‘yilgan talablariga; asos suvning sifatiga bo‘lgan talablarga; tarkibi normativ hujjatlarda belgilanganidek yoki farmakologik mahsulotni ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan tartibda aralashmalarni yo‘qotishga yo‘naltirilgan dastlabki tozalash bosqichlariga. Dastlabki tayyorgarlik - bu sifatli tozalangan suvni olish uchun qilinadigan operatsiyalar majmuidir. Normativ talablarga mos keladigan suvni olish bu so‘nggi bosqich sanaladi.

Filtrlash. Suvni qayta ishlash sistemasida filtratsiya texnologiyasi muhim rol o‘ynaydi. Turli usullarda qo‘llash uchun filtrlash qurilmalarining juda ko‘p turlari ishlab chiqarilmoqda. Qismlarni g‘alvirdan o‘tkazish darajasiga ko‘ra ular bir -biridan tubdan farq qiladi. Yirik donalarni (antrasit donachalari, kvars, qum) filtrlovchi va mayda donachalarni filtrlovchi membran filtrlar. Qurilma va sistemalarning o‘zaro joylashishi texnologik jarayonda filtrlash uskunalarining qo‘llanish joyi va turiga ko‘ra o‘zgaradi. Zamonaviy filtrlash sistemasi 3 va 5 siklli ish rejimiga ega, ya’ni ular avtomatik ravishda (nazorat dasturi asosida) ishlashga va qo‘lda boshqarishga moslangan. Texnologik ish rejimida filtrlash qurilmasi quyidagilarni bajaradi: suvni tozalangan holda olish, filtr oraliqni to‘g‘ri va qayta tozalash. Bu rejimdan regeneratsiya talab qilmaydigan (ko‘p qavatli filtrlar, Birm asosida temirsizlantiruvchi filtrlar, aktivlashtirishgan ko‘mirli filtrlar) sepuvchi qurilmada foydalaniladi. Ishning besh siklli rejimida suvni toza holda olish, qayta tozalash, regeneratsiya, sekin tozalash, tez tozalash va tuz bakani to‘ldirish nazarda tutiladi. Ushbu rejim filtrlash muhiti ( margansovkali seolit asosida temirsiz-lantirilgan filtrlar, yumshatish filtrlari) da regeneratsiya o‘tkazilishi zarur bo‘lgan filtrlash qurilmalari uchun foydalaniladi. Ko‘p qavatli filtrlardan foydalanish suvni dastlabki tayyorlashning boshlang‘ich bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ulardan foydalanish suvning yuqori darajadagi loyqalanganligi va uning tarkibida mexanik kolloid qismlarining yuqori darajada mavjudligida maqsadga muvofiqdir. Ko‘p qavatli filtrlarni ishlatishda suvni filtrlashning minimal tezligi - 5-10m/s, qayta tozalashning yuqori tezligi soatiga 35-40 m bo‘lishini ta’minlash zarur. Bundan ko‘rinadiki, filtratsiya va qayta tozalashda zarur bo‘lgan tezlikni ta’minlash uchun nasosni to‘g‘ri tanlay bilish muhim kriteriya hisoblanadi. Birm filtrlash muhiti va margansovkali seolit asosida temirsizlantiruvchi filtrlar suvning tarkibidagi temir va marganes aralashmalarini yo‘qotish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari, margansovkali seolit yordamida suvda erigan vodorod sulfidi yo‘qotiladi. Filtrlash muhiti ustida kimyoviy katalitik oksidlanish protsesslari natijasida erigan temir va marganes erimaydigan holat (gidrooksid)ga o‘tadi va yengil cho‘kma ko‘rinishida qayta tozalash yo‘li bilan filtrdan chiqariladi. Birm filtrlash muhitidan foydalanishda muhim shartlardan biri suvda erigan kislorodning konsentratsiyasi, 15% ga erigan temirning konsentratsiyasi borligidir. Marganesli seolit qo‘llanilganda o‘zining katalitik tarkibini yo‘qotadi, shu sababli uning kaliy permanganat eritmasi bilan davriy (yoki doimiy) regeneratsiyasi bo‘lishi shart.

Suvni yumshatish. Suvni yumshatish ion almashishidagi tez-tez uchraydigan tasodifiy hol sanaladi. Suvni yumshatishda suvning qattiqligini pasaytirish uchun magniy va kalsiydek kationlar yo‘qotiladi. Yumshatish suvni ion almashuvchi va qayta so‘riluvchi membranaga tozalashga berishdan oldin ionlar tarkibini sezilarli pasaytirishga imkon beradi. Ko‘pgina hollarda qattiq tuzlar kationlarining natriy kationlariga almashishi sodir bo‘ladigan kationitlar bilan to‘ldirilgan avtomatik kolonka - yumshatuvchilardan foydalaniladi. Farmasevtik korxonalarda doimiy ravishda yumshatilgan suv olish uchun smolaning ion almashish regeneratsiyasi galma-gal bo‘ladigan dupleks qurilmalardan foydalaniladi. Smolaning almashinish sig‘imini pasaytirish uchun uning natriy xlorid bilan eritmasi yordamida davriy avtomatik tarzda yoki qo‘l yordamida regeneratsiya o‘tkaziladi. Suv tayyorlash sistemasida ko‘proq quyidagi 3 holatda yumshatishdan foydalaniladi: qayta so‘rilish va distillyatsiya oldidan; ion almashish qurilmasining regeneratsiyasi uchun foydalanishda ishlatiladigan suvni olishda; Faqat yumshatilgan suv yetarlicha olinadigan hollarda (avtoklavka, yuvish joylarida va b. suvdan foydalanishda). Yumshatuvchilar distilyatorning ichki yuzasi va qayta so‘rilish membranasida erimaydigan cho‘kmalarni hosil bo‘lish potensial imkoniyatlarini pasaytirgan holda asos suvdagi polivalent ionlarni yo‘qotadi. Shuningdek, yumshatishda qattiq tuzlar bilan birga bariy, alyuminiy, stronniy kabi foydali ionlarni ham yo‘qotishi mumkin. Yumshatish sistemasini ishlatishda filtratsiya tezligini noto‘g‘ri tanlash, smolaning organik mikrobiologik iflaslanishi, qurilmani ishlatish va saqlash qoidalariga rioya qilmaslik sababli smola elementlarining yorilishi, regeneratsiyada tuzli eritma bilan ifloslanish sababli kanallar paydo bo‘lish xavfi qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Chastotani (regeneratsiya oraliq davri 24 s dan kam bo‘lmasligi) va yumshatuvchining ion almashish regeneratsiyasining davomiyligini to‘g‘ri tanlash zarur. Suvning qattiqligi monitoringgini olib borish, ya’ni, smolaning ajratilgan zarrachalarini yo‘qotish uchun filtratsiyadan o‘tkazish, yumshatish filtrini, tuz baki va b. ni natriy gipoxlorit bilan sanitar qayta tozalash (yiliga 1 marta) zarur.

Darsda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiya usullari:



«Qorbo‘ron» usuli

Talabalar guruxini 2 ta komandaga bo‘lib xar bir komandaning sardori tanlab olinadi (sardorlarni komanda a’zolari tanlaydi).

Raqib komandalar bir-biriga ushbu mavzu bo‘yicha 3 tadan savol tayyorlaydi: javob tayyorlash uchun 7- 8 daqiqa vaqt ajratiladi. Komanda sardori taklif etilgan javoblardan eng yaxshisini (qizikarli va eng muxim bo‘lganini) tanlab oladi. Savollarni tayyorlash vaqtining o‘tishi bilan, har bir komnada bir-birlariga savol bera boshlaydi. Javob tayyorlash uchun 1 daqiqa vaqt ajratiladi va vaqt o‘tishi bilan xar bir komanda 1-2 daqiqa davomida berilgan savolga javob beradilar (vaqt o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi). Agar savol bergan komanda taklif qilingan javob bilan rozi bo‘lmasa, yoki koniqish hosil qilmasa o‘zining javob variantini aytadi.

Xar bir «savol-javobdan» so‘ng o‘qituvchi savolning va javobning sifatini izohlab beradi. O‘quv dars protokoliga savol va javoblarni to‘ldirish yoki o‘z javob varianti uchun baho qo‘yiladi.

Savolni baholashda savolning sifatini, uning mavzuga yaqinligi aniqligi, aktualligi uchun 5 ball qo‘yiladi.

Javobni baholashda uning to‘liqligi, to‘g‘riligi, mavzuga mos kelishganligi aniqligi uchun 5 ball qo‘yiladi.

O‘z javob varianti uchun qo‘shimcha mukofot ball beriladi:

-to‘g‘riligi, aniq qo‘shimcha uchun -1 ball

-uncha aniq bo‘lmagan javob uchun 0,1 dan 0,5 gacha ball

-noto‘g‘ri bulgan javob uchun (0,5) ball jarima

Hamma olingan natijalar protokolga quyidagi forma bo‘yicha to‘ldiriladi:

1 komanda 2 komanda

Savol + N° Baho ballarda

Savol: Javob: Qo‘shimcha to‘ldirish

YAkuniy hulosada o‘qituvchi har bir komanda to‘plagan ballarini qo‘shib, yig‘indi sonini 6 ga bo‘ladi (3 savol + 3 javob). Olingan natija har bir komanda ishtirokchisining o‘rtacha bahosini tashkil qiladi. Eng yuqori ball (0,5 ball) komandaning eng aktiv ishtirokchisiga, jarima ball (-0,2-0,3 ball)-eng passiv ishtirokchisiga beriladi.

  1. Mavzu. Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini tekshirish va baholash. Shaxsiy


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish