Greyderning umumiy ko‘rinishi.
Bajaradigan ish turiga qarab greyderning ish unumdorligi m/
soat; m
3
/soat va m
2
/soatda ifodalanadi. Greyderning kichik kanallarni
qazish va o‘simlik qatlamini qirqishda bajargan ish unumdorligi
quyidagicha aniqlanadi:
P
gr
=
Vn K
v
, m
3
/soat;
bu yerda: V = fL – uzunligi L (m) bo‘lgan masofaga greyder bilan
bir o‘tishda ishlov beriladigan grunt hajmi, m
3
;
n – bir soat davomida greyderning o‘tishlar soni;
K
v
– ish vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti;
f – suriladigan grunt oqimi yuzasi, m
2
.
2.3. Parmalash va portlatish ishlari
Gidromelioratsiya inshootlari qurilishi umumiy qurilshdan
ma’lum darajada farqlanadi. Bu soha qurilishi aksariyat hollarda
aholi yashash joylaridan olisda, tog‘lik joylarida yoki suv yo‘llarida
amalga oshiriladi. Shu sababli, qurilish ishlarni olib borish uchun
murakkab sharoit, qiyinchiliklar tug‘diradi. Bular tabiiy sharoitning
ta’siri hisobiga sodir bo‘ladi. Tog‘lik va tog‘oldi joylarida yuqori
mustahkamli tog‘ jinslarining mavjudligi umumiy qurilish texnikalari
va mexanizmlari ishini murakkablashtiradi yoki ularning ishlashi
37
uchun ish ko‘rsatkichlari to‘g‘ri kelmaydi. Toshqoya gruntlar,
xarsang tosh va boshqa gruntlarda, joyning baland-pastliklari,
umuman, joyning geologik, gidrogeologik, metrologik sharoitlari
umumqurilish mexanizmlarining ishlashi uchun imkoniyat bermaydi.
Bunday murakkab sharoitli joylarda umumqurilish ishlarini
bajarishdan farqli alohida texnologiyalardan foydalaniladi. Bu
umumqurilish mexanizmlariga ish frontini yaratish bilan bog‘liq
ishlardir. Gidrogeologik tomonidan sizot suvi rejimining qurilish
obyektiga ta’sirini bartaraf qilish bilan bog‘liq ishlar, o‘ta qattiq
va undan yuqori guruhga kiruvchi tog‘ jinslarini yumshatish bilan
bog‘liq ishlar, daryodagi suv rejimining o‘zgarishi (gidrografi),
toshqin suvlari va boshqa shunga o‘xshash ta’sirlarni bartaraf qilish
bilan bog‘liq ishlarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Bu ishlarni bajarishda
qo‘llaniladigan texnika va mexanizimlarni aniqlash va tanlashda,
asosan, ikkita ko‘rsatkichni hisobga olish zarur: birinchidan, dastlabki
ishni bajarish uchun tanlanayotgan texnologiya va mexanizmlarning
texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari, aniqrog‘i bajaradigan ish tannarxining
arzon bo‘lishi, ikkinchidan, tanlanadigan texnika va mexanizmlarning
qo‘llanilish sharoiti hisobga olinishi lozim, chunki bajaradigan
ishning tannarxi arzon bo‘lishi mumkin, ammo mazkur texnologiya
yoki mexanizmlarning ishlatib bo‘lmasligi sharoitini hisobga olish
kerak bo‘ladi. Shu sababdan, gidromelioratsiya inshootlari qurilishini
bajarishda loyihachi, muhandis-texnik va quruvchi xodimlardan
yuqorida yozilgan murakkab ish turlarini bajarish uchun yuqori va
maxsus bilim hamda tajriba talab etiladi. Qurilish amaliyotida qattiq
tog‘ jinslarini yumshatish ishlarini bajarishda mexanik va dinamik
ta’sir etuvchi usul va vositalardan foydalaniladi. Shunday ishlardan
biri parmalash va portlatish ishlaridir. Parmalash-portlatish ishlarining
mohiyati shundaki, qisqa vaqt ichida katta hajmda yer ishlarining
bajarilishidir. Bu usulda bajariladigan ishlar boshqa tur usullarga
qaraganda nisbatan arzon bo‘lishi bilan farqlanadi.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |