Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

18.1. MINERAL SUVLAR
O‘z tarkibida ma’lum darajada mineral tuzlari bo‘lgan, o‘ziga xos
xossa va xususiyatlarga, harakatga ega bo‘lgan, kishi tanasiga va ichki
organlariga  u  yoki  bu  darajada  fiziologik  ta’sir  ko‘rsatuvchi  yer  osti
suvlari mineral suvlar deb ataladi. Mineral suvlar tarkibida temir, brom,
yod, litiy, oltingugurt, radioaktiv va boshqa elementlar bo‘lib, ana shu
elementlarni  ko‘p-ozligiga  qarab,  ularning  shifobaxshligi belgilanadi.
Yer osti suvlarining, jumladan, mineral suvlarning tarkibi, xossa va xusu-
siyatlari  vujudga  kelishida  va  o‘zgarishida  eng  asosiy  omillar  bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi (V. A. Berejnoy, A. A. Shebest; 1991):
1.  Yer  osti  suvlari  harakat  qiluvchi  tog‘  jinslarining  (xloridlar  va
sulfatlar guruhidagi) mineral tarkibi. Bunda eng asosiy ta’sirni organik
tarkibli jinslar (ko‘mir, yonuvchi slanets, neft, bitumlar va b.) ko‘rsatadi.
2.  Atmosfera  yog‘ini  bo‘lib,  tog‘  jinslari  qatlmalariga  sizib  kirishi
jarayonida,  o‘zi  bilan  birga  juda  ko‘p  komponentlarni,  jumladan,
kislorodni, azotni, karbonat angidrid gazini yer osti suvlarida oqimiga
olib  kelib  qo‘shadi.  Bu  komponentlar  o‘z  navbatida  yer  osti  suvlari
kimyoviy tarkibining vujudga kelishida katta ahamiyatga ega.
3.  Dengiz  va  okean  tubiga  bir  vaqtlar  yotqazilgan  tog‘  jinslari
tarkibidagi mavjud suvlarni keyingi geologik davrlar mobaynida yuqori
bosim ostida siqilishi oqibatida yer osti suv gorizontallarining vujudga
kelishi  sharoiti.  Bu  suvlar  sedimentatsion  suv  nomi  bilan  atalib,  o‘z
tarkibi bo‘yicha ana shu tog‘ jinslar yotqizilishi davridagi suv havzasi
suv tarkibi bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Lekin bunday paleosuv
havzalari bilan bog‘liq bo‘lgan yer osti suvlarining tarkibi, ularning yotish
chuqurligining oshishi jarayonida u yoki bu darajada o‘zgargan, ba’zan
nihoyatda minerallashgan bo‘ladi.
4. Hozirgi  zamon vulqon  harakatlari va  tektonik aktivlik,  yer osti
suvlari mineral tarkibining o‘zgarishida, yangi kimyoviy elementlar bilan
boyishda katta ahamiyatga ega. Vulqonlar otilib chiqish jarayonida, yer
osti magma o‘chog‘idan katta miqdordagi vodorod, oltingugurt, sulfat
kislotasi, suv bug‘lari, karbonat angidrid gazi va boshqa elementlar olib
chiqilib yer osti suvlariga qo‘shiladi. Mavjud yer osti suvlarining mineral
tarkibi  butunlay  o‘zgargan,  harorati  nihoyatda  ko‘tarilgan  bo‘lib,
butunlay yangi tarkibdagi, yangi xossa va xususiyatga ega bo‘lgan yer
osti suvi vujudga keladi. Bunday suvlarni fanda — porogidroterm suvlar
deb yuritiladi.


2 3 5
5.  Yer  osti  suvlarining  mineral  tarkibi  o‘zgarishida  odamlarning
xo‘jalik va injenerlik, ya’ni texnogen faoliyatlari ham ma’lum darajada
o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ba’zan yer osti suvlaridan foydalanish jarayonida
yerning  pastki  qatlamlaridan  yer  yuzasiga  yer  osti  suvi  bilan  birga
chiqariladigan erigan moddalar miqdoridan, yer osti qatlamlariga u yoki
bu yo‘llar bilan o‘tkaziladigan moddalar miqdorining nihoyatda ko‘p
bo‘lish holatlari ham kuzatiladi. Jumladan, F. I. Tyutyunovaning ma’lu-
motiga ko‘ra yer qobig‘ining 300 m li zonasidan 1980-yili yer osti suvlari
orqali  chiqarib  olingan  moddalarga  qaraganda  odamlarning  xo‘jalik
faoliyatlari natijasida 1,4 mlrd tonna har xil erigan moddalar bilan boyi-
tilgani, 2000-yilga kelib esa bu qiymat 2,5 mlrd tonnaga yetishi ta’kid-
lanadi (1987). Shuningdek, yer osti suvlarining sathlari ko‘tarilishi oqiba-
tida yer yuza qatlamlarining zaxlashi, botqoqlanish jarayonlari vujudga
kelmoqda. Bir vaqtlar tarkibida nihoyatda kam miqdorda mineral tuzlari
bo‘lgan tuproq qatlamlarining sho‘rlangan, o‘ta sho‘rlangan tuproqqa
aylanish holatlari kuzatilmoqda. Yer qa’ridagi mineral suvlardan rejasiz
foydalanish natijasida ularning zaxirasi nihoyatda tezlik bilan kamayib
bormoqda.
Mineral suvlar ularning tarkibidagi kimyoviy komponentlar turiga,
miqdoriga,  shifobaxshligiga,  sifatiga  qarab:  karbonat  angidridli,
oltingugurtli, yodli, bromli, temirli, radioaktivli va b. xillarga bo‘linadi.
Respublikamiz hududida vodorod sulfidli, yodli, radonli, kam mine-
rallashgan ishqoriy, termomineralli yer osti suvlari mavjud.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish