Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Vodorod sulfidli suvlar Farg‘ona, Surxondaryo artezian havzalarida
o‘z rivojini topgan bo‘lib, paleogen davri cho‘kindi tog‘ jinslari komp-
lekslari bilan hamda bitumli yotqiziqlar va neft uyumlari bilan bog‘liq
holda tarqalgan. Shifobaxshligi, minerallashganlik darajasi va kimyoviy
komponentlarining turlari bilan Sochi, Masesta, Talgi (Kavkaz) oltin-
gugurt suvlaridan qolishmaydi. B. A. Beder, A. S. Xasanov va b. ma’lu-
motlariga ko‘ra (1971) O‘zbekistondagi oltingugurtli konlar H
2
S ning
miqdoriga qarab quyidagi gruruhlarga bo‘linadi:
1. O‘ta miqdordagi H
2
S konsentratsiyasiga (
SH
2
S
=1000—2000 mg/l)
ega bo‘lgan konlar — Sho‘rsuv, Shimoliy Sox, Andijon.
2.  Yetarli  miqdordagi  H
2
S  konsentratsiyasiga  (
SH
2
S
>120mg/l)  ega
bo‘lgan konlar — Chimiyon, Polvontosh, Xojiobod, Janubiy Olamushik
va b.
3. O‘rta va kam miqdordagi H
2
S konsentratsiyasiga (
SH
2
S
<120 mg/l)
ega bo‘lgan konlar — Changara, Sho‘rsuv va b.
Iodli mineral suvlar ham asosan Farg‘ona vodiysining shimoliy sharqiy
hududlarida (Chortoq, Namangan) neogen davrining massaget yarusi
yotqiriqlari gorizontallarida aniqlangan. Suv yuqori darajada minerallash-
gan (600mg/l), yuqori haroratli (49,5°C), kam radioaktivli, gazli bo‘lib,
debeti sekundiga 1—5 litrni tashkil etadi. Tarkibi bo‘yicha xlorli-natriy-
kalsiy suvlar guruhiga kiradi.


2 3 6
Radonli mineral suvlar Chotqol-Qurama tog‘lari hududida (Arslon-
buloq),  Farg‘ona  vodiysining  janubiy,  janbi-sharqiy  qismida  (Shoxi-
mardon), Surxondaryo, Amudaryo artezian havzalarida keng tarqalgan
bo‘lib,  kam  minerallashgan  (0,3—0,7),  radonning  maksmial  miqdori
litriga 50 (Arslonbuloq), (Shohimardon) emanni tashkil etadi. Ohangaron
daryosining yuqori oqimi rayonlarida, jumladan Jigariston kaolin koni
maydonida litriga 2,6 dan 17,2 eman atrofida o‘zgaradi. Bu yerda shuni
ta’kidlab o‘tish kerakki, tog‘ jinslari ichida radonga boyligi bilan intruziv
jinslar (granit, granodiorit va b.) yoriqlaridan oqib chiquvchi yer osti
suvlari ajralib turadi.
Kam minerallashgan ishqoriy termomineral suvlar asosan Toshkent,
Farg‘ona, Zarafshon artezian yer osti suvi havzalarida tarqalgan. Bunday
suvlar Toshkentoldi rayonida yuqori bo‘r davrining senamon gorizontiga
joylashgan bo‘lib, yer ostidan yuqori bosim ostida (18—20 atm) otilib
chiqishi,  yuqori  harorati  (
+42+67
0
C),  sekundiga  0,7—1,2  litr  debetga
egaligi,  nisbatan  kam  minerallashganligi  (0,5  dan  0,9  g/l)  bilan
xarakterlanadi. Tarkibi bo‘yicha gidrokarbonat natriyli suvlar guruhiga
mansub, shuningdek, suv tarkibida ko‘p turdagi mikroelementlar (Si,
Al, Fe, Ti, Mo, Mg, V va b.) mavjud.
Uranning  miqdori  4,8•10
-6
  dan  8•12•10
-6
  gacha,  radiyniki  9,9•
•10
-12
  dan  1,4
-12
  g/l  gacha,  radonniki  3,07  dan  7,8  eman  oralig‘ida
o‘zgaradi. Tarkibidagi erigan azot miqdori 72,8—89,6 %, kislorod 12—
18,6 %,  karbonat  angidrid  gazi  0,5—8,9 % ga  boradi.  Suv  yumshoq,
ishqoriy bo‘lib, umumiy qattiqligi 1,5—2,5 mg/l, pH: 7,2—8,2. Hozirgi
vaqtda bu suv «Toshkent mineral suvi» nomi bilan mashhur bo‘lib «Bo-
tanika», «Fedorovich», «Keles», «Chinobod» va boshqa sanatoriylarda
shifobaxsh suv sifatida qo‘llaniladi.
Kam minerallashgan ishqoriy termomineral suvlar Farg‘ona artezian
havzasidagi  neogen  yotqiziqlarining  baktriy  yarusida,  yuqori  mel
qatlamlarida, Zarafshon artezian havzasida esa yuqori bo‘r konglome-
rat, gravelitlari qatlamlarida ochilgan.
V. A. Aleksandrov mineral suvlarni 6 klassga bo‘ladi:
1. Gidrokarbonatli suvlar bo‘lib, HCO
3
 ionni 25 mg/ekv dan ortiq
bo‘ladi. Boshqa ionlar miqdori bundan kam. Bu suvlar o‘z tarkibidagi
kationlarning  miqdoriga  ko‘ra:  natriy  gidrokarbonatli,  kalsiy  gidro-
karbonatli va magniy gidrokarbonatli suvlarga bo‘linadi.
2. Xlorli suvlar. Xlor ionlarining miqdori 25 mg/ekv dan ortiq bo‘ladi.
3. Sulfitli suvlar. Sulfit ionlari 25 mg/ekv dan ortiq.
4.  Aralash  suvlar.  Yuqoridagi  uch  klass  ionlari  kombinatsiyasidan
tashkil topgan suvlar: a) xlorli gidrokarbonatli (sulfat ioni oz); b) sulfatli-
gidrokarbonatli (xlor ioni kam); d) xlorli-sulfatli.
5. Tarkibida Fe, As, Ag, Br va boshqa mikroelementlar bo‘lgan suvlar.
6. Gazli suvlar: a) karbonat angidridli; b) vodorod sulfitli; d) radio-
aktivli suvlar.


2 3 7
1956-yili V. A. Aleksandrov o‘z klassifikatsiyasini mujassamlashtir-
gan  holda  mineral  suvlarni  nitratli,  kalsiyli,  magnitli  suvlar  klassiga
ajratib, ularni 3 guruhga: 1) aktiv ionli suvlar (mishyakli, bromli va b.);
2) gazli; 3) termal suvlar guruhiga birlashtirdi.
Mineral suvlar kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlariga qarab
quyidagi 8 guruhga bo‘linadi:
1. Ishqoriy suvlar. Tarkibida natriy yoki kalsiy va karbonat-kislota
ko‘p bo‘ladi.
2. Natriy xloridli suvlar.
3. Temirli — Fe(HCO
3
)
2
 tarkibli suvlar.
4. Taxir suvlar. Tarkibida ko‘p miqdorda magniy sulfid bo‘ladi.
5. Sulfidli (oltingugurtli) suvlar. Tarkibida vodorod sulfid va metall
sulfidlari ko‘p bo‘ladi.
6. Ohakli suvlar. Tarkibida karbonat angidrid ko‘p bo‘ladi.
7. Mishyakli  suvlar.
8. Tarkibida juda oz miqdorda kimyoviy elementlar bo‘lgan, davo-
lash xususiyati uncha bo‘lmagan suvlar.
Bu  suvlarning  ichida  karbonat  angidridli  (Kavkazdagi  «Narzan»,
Markaziy Osiyodagi «Arashan» guruhidagi suvlar), oltingugurtli («Sho‘r-
suv», Andijon, «Chimiyon» mineral suvlari), radioaktiv («Arslonbuloq»,
«Shohimardon»  va  b.),  yodli  («Chortoq»,  «Namangan»)  suvlar  o‘ta
shifobaxshligi bilan ajralib turadi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish