Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 MUZLAGAN QATLAM OSTI SUVLARI



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

17.3. MUZLAGAN QATLAM OSTI SUVLARI
Doimiy yoki ko‘p yillik muzlagan jinslar qatlamlaridagi va ularning
ostki qismida paydo bo‘lgan hamma yer osti suvlari shu turkumga kiradi.
Bu suvlar muzlagan jinslar usti, muzlagan jinslar oralig‘ida paydo bo‘lgan
suvlarga qaraganda o‘z joyiga nisbatan doimiyligi, suv sarfining ko‘pligi
bilan ajralib turadi. Vujudga kelishidagi asosiy omillar bo‘lib, abadiy,
ko‘p yillik muzlar erishi oqibatida paydo bo‘lgan suv, atmosfera yog‘ini
va yer usti suv oqimlari hisoblanadi. Qatlamlar osti suvlari minerallashgan
17.1-rasm.  Gidrolakkalit.  1  —  muzlagan  qatlam  usti  suvi;  2  —  muzga  aylangan  yer
osti  suvi;  3  —  muzlagan jins  qatlamidagi  suvli  yoriqlar.


2 3 2
17.2-rasm.  Muzlagan  jinslarning  yil  mobaynida  erishi  va  qayta  muzlashi  oqibatida
vujudga  keluvchi  buloqlar  (N.I.Tolstixin  bo‘yicha):
a  —  yozdagi  va  b  —  qishdagi  holati;  1  —  aktiv  faoliyatli  qatlam;  2  —  otqindi  tog‘
jinslar;  3  —  muzlagan  otqindi  tog‘  jinslar;  4  —  fasllar  mobaynida  muzlash  chegaralari.
va  minerallashmagan  holatda  uchraydi.  Asosan  bosimli  bo‘lib,  tog‘
jinslari g‘ovaklariga, karst bo‘shliqlariga, tektonik yoriqlarga joylashgan.
Muzlagan qatlam osti suvlar N. I. Tolstixin bo‘yicha alluvial, g‘ovak-
qatlamli, yoriq qatlamli, yoriq, g‘ovak-karstli guruhlarga bo‘linadi.
Alluvial  qatlam  osti  suvlari,  alluvial  guruhdagi  tog‘  jinslarining
tarqalishi, yotish holatlari, qalinligi, litologik va petrografik tarkibiga
bog‘liq holda vujudga keladi. Oziqlanishi atmosfera yog‘inlari, erigan
muz va yax suvlari hamda qoya tog‘ jinslari yoriqlaridagi suvlar alluvial
jins qatlamiga oqib kirishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu jins qatlamlaridagi
suvlarning harorati nolga yaqin bo‘lib, yoriq suvlar oqib kirish zonalarida
esa ancha yuqori darajada bo‘lishi bilan, organik moddalar kamligi bilan
xarakterlanadi.
G‘ovak-qatlamli suvlar katta yoshdagi cho‘kindi jinslarining g‘ovaklari
va qatlamlarida paydo bo‘lib, bosimliligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun
bu qatlam osti suvlari tarqalgan hududlarda artezian suv havzalari mavjud.
Yoriq qatlamli suvlar, asosan, o‘zidan suv o‘tkazmaydigan gil jinsla-
ri qatlamlari oralig‘ida yotuvchi seryoriqli qoya tosh jinslari, jumladan,
qumtoshlar, konglomeratlar, ohaktoshlar yoriqlari bo‘ylab harakat qiladi.
Ba’zan bir necha suvli gorizontlardan, qatlardan tashkil topgan bo‘lib,
o‘n, hatto yuz metrli suv bosimga ega.
Yoriq, yoriq-karst bo‘shliqlaridagi muzlagan qatlam osti suvlari tektonik
burmalanish, uzilish, yorilish jarayonlari yuz bergan hududlarda, karst
bo‘shliqlari mavjud bo‘lgan tog‘ jinslari tarqalgan maydonlarda paydo
bo‘ladi.  Bunday  suvli  maydonlar  Rossiyaning  Aldan,  Lena  daryolari
havzalarida, Zabaykalyening ko‘p qismlarda o‘z rivojini topgan.
Abadiy va ko‘p yillik muzliklar bilan qoplangan hududlarda yer osti
suvlarining yer yuzasiga buloqlar ko‘rinishidagi oqib chiqish holatlari
ham  mavjud.  Buloqlar  o‘zlarining  oqib  chiqish  manbalariga  qarab
yuqoridan pastga oquvchi va pastdan yuqoriga otilib chiquvchi guruhlarga
bo‘linadi.


2 3 3
Yuqoridan pastga qarab oquvchi buloqlar asosan muzlagan qatlam
usti  suvlari  harakati  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  mahalliy  eroziya  bazasidan
yuqorida joylashgan bo‘ladi va ulardan oqib chiquvchi suvning sarfi yil
mobaynida nihoyatda o‘zgaruvchan xususiyatga ega. Shuning uchun bu
guruhdagi buloqlar f a s l i y va d o i m i y oquvchi buloqlarga ajraladi.
Pastdan  yuqoriga  otilib  chiquvchi  buloqlar  muzlagan  qatlam  osti
suvlarining yer yuzasiga ma’lum bosim ostida otilib chiqishi natijasida
hosil bo‘ladi.
Bunday buloqlarga oqib kelayotgan yer osti suvlari yil mobaynida
goh muzlash va yana suv oqimiga aylanishi mumkin (17.2-rasm). Shu-
ning uchun  ular vaqt-vaqti bilan  qurib qoluvchi,  fasllararo o‘zgaruv-
chan,  o‘z  oqib  chiqish  joyini  o‘zgartirib  turuvchi,  doimiy  sarfli,  yil
mobaynida  oqib  turuvchi  va  doimiy  sarfga  ega  bo‘lmagan  buloqlar
turlariga bo‘linadi (Sedenko, 1979).

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish