Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

15.2. PASTDAN YUQORIGA OTILIB
CHIQUVCHI BULOQLAR
Pastdan yuqoriga otilib chiquvchi buloqlar, asosan bosimli (artezi-
an) suv qatlamlarini yer yuzasiga chiqib qolishi, ana shu artezian suv
qatlamlarini  tektonik  yoriqlar  bilan  to‘sib  qo‘yilishi,  mavjud  bosimli
suvlarning yer yuzasiga ma’lum bosim ostida ustki jins qatlamlarini buzib
otilib  chiqishi  yoki  yer  osti  grunt  suvlari  oqimi  ta’siri  ostida  bosimli
suvlarning yer yuzasiga oqib chiqish natijasida paydo bo‘ladi (15.2-a,
b, d rasm).
Otilib chiquvchi buloqlarning suv debiti pastga qarab oquvchi buloqlar
debitiga nisbatan nihoyatda katta bo‘lib, asosan paleozoy, mezazoy va
15.1-rasm.  Pastga  oquvchi  buloqlar
(M.E. Altovskiy  bo‘yicha):
a — litologik  ekranlashgan buloqlar;  b —  tek-
tonik ekranlashgan buloqlar; d — daryo erozion
vodiylaridan  oqib  chiquvchi  buloqlar.


2 2 4
15.2-rasm.  Yuqoriga  otilib  chiquvchi-bosimli  buloqlar  (M.B.Altovskiy  bo‘yicha):
a  —  daryo  vodiylaridan  otilib  chiquvchi  erozion  buloqlar;  b  —  tektonik  ekranlashgan
buloqlar;  d  —  bosimli  suv  ta’siri  natijasida  suv  o‘tkazmaydigan  qatlamnining  buzilishi
yoki  grunt  suvlari  oqimi  ta’siri  ostida  bosimli  suvlarning  harakatga  kelishi  natijasida
paydo bo‘lgan buloqlar: — suv o‘tkazmas qatlam; 2 — suvli ohaktosh; — bosimli suv
harakati  natijasida  suv  o‘tkazmaydigan  qatlamni  yorib  chiqishi.
paleogen, neogen, qisman quyi to‘rtlamchi davr jinslari yoriqlari, karst
bo‘shliqlari, g‘ovaklari bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Ko‘p hollarda
yuqori darajada minerallashgan, yuqori haroratga va debitga ega bo‘ladi.
Masalan, Chotqol-Qurama tog‘li oblasti hududidagi tarqalgan paleozoy
davri karbonat, intruziv jinslaridan chiquvchi buloqlar, jumladan, Xo‘ja-
kent, Ko‘lota guruhidagi buloq suvlarining debiti sekundiga 100—250
metrni, Angren daryosi yuqori oqimining o‘ng hududidagi trias davrining
qizil granit jinslari yoriqlaridan (dengiz sathidan 3000—3500 m baland-
likda) otilib chiquvchi Arashon guruhidagi buloq suvining o‘rtacha yillik
harorati 37,9°C ni tashkil etadi.
G. V. Bogomolovning ma’lumotiga ko‘ra dunyodagi eng yirik buloqlar
AQSH, Janubiy Afrika Respublikasi, Liviya, Birlashgan Arab Respublika-
si,  Isroil,  Gretsiya,  Italiya,  Chexiya,  Slovakiya,  Vengriya,  Turkiya,
Hindiston,  Avstraliya  davlatlari  hududlariga  joylashgan.  AQSH  ning
Oyova,  Djordjiya,  Florida  shtatlaridan  chiquvchi  ba’zi  buloqlarning
debiti  soatiga  8000  m
3
ni,  Janubiy  Afrika  Respublikasi  hududidagi
buloqlarning debiti soatiga 2000 m

ni tashkil qiladi. Ba’zi buloqlar yer


2 2 5
yuzasiga  otilib  chiqish  joyiga  juda  katta  miqdordagi  mineral  tuzlarni
olib  chiqib  yotqizishi  ham  mumkin.  Bunday  buloqlar  jumlasiga
Chexiyadagi «Vrjidlo» bulog‘ini ko‘rsatish mumkin. Bu buloqning debiti
sekundiga 30 m

ni tashkil qilib, suv harorati 72°C, yer yuzasiga nisbatan
otilib chiqayotgan suvning balandligi 12 metrni, har yili suv chiqayotgan
joyda 17 tonna miqdordagi tuz yotqizig‘ini hosil qiladi. Vengriyaning
Budapesht shahri hududida 123 ta issiq buloqlar mavjud bo‘lib, ular-
dan sutkasiga 40000 m
3
 shifobaxsh suv olinadi.
Buloq suvlari debiti fasllar, yillar mobaynida o‘zgarib turishini hisobga
olib, maxsus klassifikatsiya ishlab chiqilgan (15.1- jadval). Bu klassifi-
katsiyaga asosan buloq suvlari 5 guruhga — juda o‘zgarmas, o‘zgarmas,
o‘zgaruvchan, juda o‘zgaruvchan va o‘ta o‘zgaruvchan guruhlarga ajra-
tiladi.
15.1-jadval

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish