Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


  YER  OSTI  SUVLARINING  KLASSIFIKATSIYASI



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

12.3.1.  YER  OSTI  SUVLARINING  KLASSIFIKATSIYASI
Yer osti suvlarini ma’lum guruhlarga ajratilishida, ya’ni klassifikatsiya-
lanishida ularning vujudga kelish sharoiti, qaysi guruhdagi tog‘ jinslari
qatlamlarida joylashgan yoki yotishi, joylashish sharoiti va holati, paydo
bo‘lish davri, harorati, fizik xossalari, tarkibidagi mavjud erigan tuzlar
miqdori va boshqa xususiyatlari hisobga olinadi.
Yer osti suvlari paydo bo‘lish sharoitiga qarab infiltratsion, kondensat-
sion va yuvenil suvlarga ajratiladi. Bu suvlar to‘g‘risida yuqorida ma’lu-
mot berildi.
Yer  osti  suvlari  tog‘  jinslari  qatlamlarida  yotish  sharoitiga  qarab
quyidagi  turlarga  bo‘linadi:  1.  G‘ovak  suvlar  —  yer  qobig‘ining  eng
yuqorigi, yuza qismini tashkil qiluvchi tog‘ jinslari g‘ovaklaridagi suvlar.
Bu suvlar asosan to‘rtlamchi davrning alluvial, alluvial-proluvial genetik
guruhidagi  jinslar  g‘ovaklarini  egallab  yotadi.  2.  G‘ovak-qatlamli  va
yoriq-qatlamli suvlar — asosan neogen, palogen, bo‘r, yura davrlari-
ning g‘ovak (qum, shag‘al, alevrolit va b.) va yoriqlari bo‘lgan yarim
qoya  (ohaktosh,  qumtosh  va  b.)  tog‘  jinslariga  xos  yoriq  suvlar.  Bu
suvlar harakat qiluvchi qatlamlar ko‘p holatlarda yuqori va pastki qismi
bo‘ylab  suv  o‘tkazmaydigan  tog‘  jinslari  (gil  va  yoriqlari  bo‘lmagan
boshqa jinslar) bilan to‘silgan bo‘ladi. 3. Yoriq suvlar — qoya tog‘ jins-
lari (granit, ohaktosh, porfir, granodiorit, tuf va b.) yoriqlari bo‘ylab
harakat qiluvchi suvlar. 4. Karst suvlar — asosan ohaktoshlarda, gips-
larda, tuzli jinslarda, ularni yuvilish oqibatida vujudga keladigan bo‘shliq-
lar — karst bo‘shliqlari orqali harakat qiluvchi suvlar. 5. Yoriq tomir
suvlar bo‘lib, bu suvlar tektonik yoriqlar ko‘p tarqalgan yer qobig‘i qism-
lariga xos.
Yer  osti  suvlari  gidravlik  xususiyatlariga  ko‘ra  bosimsiz  va  bosimli
turlarga bo‘linadi. Bosimsiz suvlar erkin sathga ega bo‘lsa, bosimli suvlar
mavjud bo‘lgan suvli qatlam yuqori qismidan suv o‘tkazmaydigan suv
to‘sar jins qatlami bilan ajralgan bo‘ladi va doimiy holatda gidrostatik
bosim ostida bo‘ladi.
14—M.Sh. Shermatov


2 1 0
Yer osti suvlari o‘z tarkibida erigan holatdagi tuzlarning miqdoriga
qarab: chuchuk (erigan tuzlar 1 g/l gacha), sho‘rroq (erigan tuzlar 1 g/l
dan 10 g/l gacha) sho‘r (10—50 g/l), namakob (erigan tuzlar miqdori
50 g/l dan ko‘p) suvlarga bo‘linadi.
O‘zining tabiiy haroratiga qarab yer osti suvlari juda sovuq (harorat
+5°C  dan  kam),  sovuq  (+10°C),  iliq  (+18°C),  iliqroq  (+25°C),  issiq
(
+37—42°C),  o‘ta  issiq  yoki  termal  (+42°C  dan  yuqori)  suv  turlariga
bo‘linadi.
Yer  osti  suvlari  qaysi  davr  tog‘  jinslari  qatlamlarida  mavjudligiga
qarab, u o‘sha davr nomi bilan atalishi mumkin. Masalan, bo‘r, trias,
toshko‘mir, devon davri jinslaridagi suvlar va h.k.
Anion va kationlarning miqdoriga qarab, hamma suvlar klasslarga
guruhlarga, xillarga ajratiladi (12.9-rasm). Jumladan, anionlarga qarab:
gidrokarbonatli (HCO
3
+CO
2
), sulfatli (SO
4
), xlorli (Cl) suvlarga; Kation-
larga  qarab:  kalsiyli  (Ca),  magniyli  (Mg)  va  natriyli  (Na)  suvlarga
ajratiladi
Har bir guruh o‘z navbatida kation va anionlarning bir-biriga bo‘lgan
nisbatiga qarab 4 ta xilga bo‘linadi:
Birinchi  xil
H C O
-
3
> C a
2
+ M g
2
+
Ikkinchi  xil
H C O
-
3
< C a
2
+ Mg
2
+
< H C O
3
+ SO
4
2 -
Uchinchi  xil
H C O
-
3
+ S O
4
2
-
< C a
2
+ M g
2
+
To‘rtinchi xil
HCO
-
3
= O  (nordon  suvlar)
Tabiatda  yer  osti  suvlari  tarkibida  tuzlardan  tashqari  gazlar  ham
uchraydi. Bu gazlarning suvdagi miqdoriga qarab ular karbonat angidritli,
oltingugurtli, radonli va b. suvlarga ajratiladi. Bu suvlar ko‘p holatlarda
davolash xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun ularni shifobaxsh suvlar deb
12.9-rasm.  Tabiiy  suvlarni  kimyoviy  tarkibi  bo‘yicha  O.A. Alekin  tomonidan
klassifikatsiyalanishi.


2 1 1
ham  ataladi.  Bunday  suvlar  respublikamizning  Toshkent  viloyati
(«Toshkent mineral suvi», «Zangiota», Parkent tumanidagi «Qo‘tirbuloq»
suvi  va  h.k.),  Farg‘ona  vodiysining  deyarli  hamma  viloyatlarida
(«Chortoq», «Chimyon» va b.) keng tarqalgan.
Yer osti suvlari tarkibidan u yoki bu miqdordagi sanoat ahamiyatiga
ega bo‘lgan kimyoviy moddalarni (yod, brom va b.) ajratib olish ham
mumkin.  Ana shunday  suvlarni yodli,  yod-bromli,  bromli suvlar  deb
ataladi. Bunday suvlar mamlakatimizning Farg‘ona vodiysi hududlarida
mavjud.
Yer  osti  suvlarining  yuqorida  keltirilgan  klassifikatsiyalari  asosan
xususiy xarakterga ega bo‘lib, amaliyotda yer osti suvlarining umumiy
klassifikatsiyalari  ham  mavjud.  Bulardan  asosiylari:  F. P. Sovarenskiy
(1939-y), A. M. Ovchinikov (1949-y.), N. I. Tolstixin (1954-y.), O. K. Lange
(1958-y.), M. B. Altovskiy (1958-y.) I. K. Zaysev (1961-y.), E. V. Pinneker
(1979-y.) klassifikatsiyalari hisoblanadi. Umumiy klassifikatsiyani tuzishda
ularni yotish sharoitidan tortib, boshqa xossa va xususiyatlari hisobga
olinadi. F. P. Sovarenskiy yer osti suvlarini: tuproq (pochvennaya), qat
(verxovodka), grunt, karst, artezian, yoriq suvlarga; A. M. Ovchinikov —
aeratsiya zonasi suvi, grunt va artezian suvlariga; N. I. Tolstixin — qat,
grunt,  qatlamlararo  bosimsiz,  qatlamlararo  bosimli,  issiq  termal,  yer
qobig‘i  osti  va  magma  suvlariga;  M. B. Altovskiy —  grunt,  artezian,
poydevor  qatlamlaridagi  suvlarga,  tektonik  yoriqlardagi  hamda  karst
suvlarga;  O. K. Lange  —  tuproq,  grunt,  qatlamlararo;  I. K.  Zaysev
qatlam, yoriq-tomir; E. V. Pinneker — quruqlik, dengiz va okean osti
suvlarga ajratishgan.
Mavjud umumiy klassifikatsiyalarni tahlil qilish va ularni hozirgi vaqt-
dagi fandagi o‘rnini hisobga olgan holda yer osti suvlarini 6 guruhga
ajratib  ko‘rib  chiqishni lozim  deb topdik.  Bular: 1.  Aeratsiya  zonasi;
2. Grunt; 3. Artezian; 4. Karst; 5. Yoriq; 6. Qobiq osti suvlaridir. Kitob-
ning davomida yer osti suvlari, ularning tarqalishi, xossa va xususiyatlari
ana shu ketma-ketlik asosida beriladi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish