Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 YER OSTI SUVLARINING KELIB CHIQISHI



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

12.3. YER OSTI SUVLARINING KELIB CHIQISHI
Yer osti suvlarining kelib chiqishi to‘g‘risida qator fikr va nazariyalar
mavjud. Ulardan eng asosiylari kondensatsiya va infiltratsiya nazariyalari
hisoblanadi.
Kondensatsiya nazariyasining to‘ng‘ich namoyondalaridan bo‘lib Aris-
totel  (e.a. III  asr),  nemis  gidrogeologi  Folger  (XIX  asrning  ikkinchi


2 0 7
yarimi, 1878- yillar), rus tuproqshunos olimi A. F. Lebedev (1907—1919-
yillar)  va  boshqalar  hisoblanadi.  Ularning  fikrlarini  umumlashtirib
hamda  suv  bug‘larining  yuqori  bosimli  hududlardan  past  bosimli
hududlarga qarab harakat qilishini, yoz fasli mobaynida tog‘ jinslari va
tuproq tarkibidagi suv bug‘larining bosimini, atmosferadagi suv bug‘lari
bosimiga nisbatan past bo‘lishini va chuqurlik ortishi bilan bosimning
yanada  o‘zgarib  borishini  hisobga  olinadigan  bo‘lsa  va  bu  harakat
davomida haroratning o‘zgarishi, suv bug‘larining tog‘ jinslari bo‘shliq-
lariga kirib borishi, undagi havoning suv bug‘lari bilan o‘ta to‘yinishi
hisobiga avval suv tomchilari, so‘ngra suv oqimi vujudga kelish jarayoni
sodir bo‘lishini ko‘ramiz. Bu jarayonni, ya’ni atmosfera bosimi o‘zgari-
shi, issiq havo oqimi sovuq havo oqimi bilan uchrashishi, havoning suv
bug‘lari bilan to‘yinishi natijasida avval suv tomchilari, so‘ngra ma’lum
hajmdagi ma’lum yo‘nalishdagi yer osti suv oqimining vujudga kelishi
kondensatsiya nazariyasining asosini tashkil etadi. Suvning bu zaylda
bo‘lishini  ota-bobolarimiz  bundan  bir  necha  yuz  yillar  avval  yaxshi
bilishgan. Suvsiz cho‘l hududlarida quduqlar qazish, tosh uyumlaridan
piramidalar qurish yo‘li bilan suv to‘plaganlar (12.7-rasm), millionlab
12.7-rasm.  Suvsiz  cho‘l  hududlarida  insonlar  tomonidan  shurflar  qazish  yo‘li  bilan
suv  yig‘ish  sxemasi  (A.S. Xasanov  bo‘yicha,  2003).
1 — quruq tog‘ jins qatlami; 24 — atmosfera bosimining sutka davomida keskin o‘zgarishi
jarayonida issiq va sovuq havo oqimining vujudga kelishi;  3 — shurf devorlarida paydo
bo‘lgan  suv tomchilari;  5  —  suv  tomchilarining  yig‘ilishi  natijasida  paydo  bo‘lgan  suv.


2 0 8
qo‘y,  yuz  minglab  tuyalarni  ana  shu  suv  hisobiga  boqqanlar.  Bunda
quruq tog‘ jinsi qatlamida qazilgan quduqning chet devorlarida, atmos-
fera havo bosimining sutka davomida keskin o‘zgarishi, hamda atmosfe-
radagi va jinsdagi mavjud suv bug‘lari bosimining va haroratning turlicha
bo‘lishi hisobiga avval suv tomchilari, keyin bu tomchilarning bir-birlari
bilan  qo‘shilishi  natijasida  suv  hosil  bo‘lishini  ular  amalda  sinovdan
o‘tkazishgan.
Infiltratsiya nazariyasiga asosan yer sathiga tushayotgan yog‘inning
(yomg‘ir, qor, jala) tog‘ jinslari g‘ovaklari, yoriqlari orqali va qatlam-
lari bo‘ylab sizib o‘tib suv o‘tkazmaydigan qatlamgacha yetib borishi,
ana shu qatlamning ustki qismida yig‘ilishi natijasida hosil bo‘ladi (15.8-
rasm). Bu holda paydo bo‘lgan yer osti suvi infiltratsiya suvi deb ataladi.
Infiltratsiya suvining vujudga kelishi u yoki bu hududga tushadigan
yog‘inning miqdoriga, tog‘ jinslarining g‘ovaklik darajsiga, yer sathi tuzi-
lishiga, uning dengiz sathiga nisbatan absolut balandligiga bog‘liq holda
sodir bo‘ladi. Shuningdek, bu yer osti suvining paydo bo‘lishida yerni
ustki qismida mavjud bo‘lgan daryo, ko‘l, kanal, suv omborlaridagi suvlar
ham qatnashadi. Bu manbalardan suv sizib o‘tishi jarayonida yer ostki
qatlamlarida  butunlay  yangi  yer  osti  suv  oqimi  vujudga  kelishi  yoki
mavjud yer osti suvlari hajm jihatdan boyishi va uning sathi ko‘tarilishi
yuz berishi mumkin.
12.8-rasm. Atmosfera yog‘inining yer qatlamlariga singishi natijasida vujudga kelgan yer
osti  suvlari  oqimi  sxemasi  (N.N.Maslovdan,  ba’zi  o‘zgartirishlar  bilan).  1  —  yer  osti
suvini paydo qilish hududi; — yer osti suvi va uni oqim harakat yo‘nalishini ta’minlovchi
g‘ovak tog‘ jins qatlami; 3 — suvni o‘zidan o‘tkazmaydigan tog‘ jins qatlamlari; 4 — yer
osti suv oqimining yer yuzasiga buloq holatida chiqishi; — yer osti suvining yer yuzasiga
chiqib,  daryo  suviga  qo‘shilishi  va  uni  to‘yintirish  holati.


2 0 9
Yer osti suvlarining vujudga kelishida Yerning chuqur qatlamlarida
yuz beradigan jarayonlar, jumladan: magma yuqoriga ko‘tarilishi vaqtida
ajraladigan suv bug‘larining kondensatsiyalanishi va suyulishi, vodorod
va kislorod molekularining sintez qilinishi, minerallar tarkibidagi suvlar-
ning yuqori bosim va haroratda ajralishi sabab bo‘lishi ham mutaxassislar
tomonidan ko‘rsatilgan. Bunday yo‘llar bilan hosil bo‘ladigan suvlarni
fanda 
yuvenil suvlar deb nomlanadi. Yer osti suvlari paydo bo‘lishi tog‘
jinslari dastlabki yotqizilish davri bilan bog‘liqligi to‘g‘risida ham ma’-
lumotlar  mavjud.  Tog‘  jinslari  yotqizilish  davri  bilan  bog‘liq  bo‘lgan
bunday suvlarni sedimentatsion suvlar deb ataladi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish