Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 TOG‘ JINSLARIDAGI SUVNING HOLATI



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

12.2. TOG‘ JINSLARIDAGI SUVNING HOLATI
VA HARAKATI
Tabiatda yer osti suvlarining paydo bo‘lishi tog‘ jinslarining turla-
riga, ularning tarkibiga, xossa va xususiyatlariga bog‘liq holda yuz beradi.
Tog‘  jinslari  qatlamlaridagi  mavjud  yer  osti  suvlari  ma’lum  hajm  va
yo‘nalishdagi  suv  oqimini  vujudga  kelishiga  qadar  bir  necha  holatda
bo‘ladi. Yer osti suvlarining bunday  holati o‘z vaqtida A. F. Lebedev
tomonidan ko‘rsatilgan  (12.4-rasm). Bunda eng avvalo,  jins zarralari
atrofida suv molekulalarining dastlabki to‘planish jarayoni yuz beradi
(12.4-a rasm), keyin bu to‘planish to‘la holatga (12.4-b rasm), so‘ngra
parda suvi ko‘rinishga kelishi (12.4-
d, e rasm) va nihoyat, erkin oquv-
chan  gravitatsion  (12.4-f  rasm)  va
kapillar holatga o‘tish jarayoni yuz
beradi.
Suv bug‘larining tog‘ jinslari zar-
ralari sirtida tutgan holatiga qarab,
mustahkam  bog‘langan  va  bo‘sh
bog‘langan  suvlar  vujudga  keladi.
Mustahkam  bog‘langan  va  gigro-
skopik  suvlar  jins  zarralari  bilan
mustahkam  bog‘langan  bo‘lib,  bu
suvni faqat yuqori haroratda qizdi-
rish yo‘li bilan ajratib olish mumkin.
Gigroskopik suv pardasining qalin-
ligi bir necha suv molekulalarining
qalinligiga barobar bo‘lib, o‘lchami
millimetrning mingdan bir ulushini
12.4-rasm.  Tog‘  jinslaridagi  suv  turlari
(A.F.Lebedev  bo‘yicha):
1 — jins zarralari; 2 — suv bug‘larining mo-
lekula holatidagi ko‘rinishi; a — to‘liq gigro-
skopik holatida bo‘lmagan zarralar; b — to‘liq
gigroskopik  holatida  bo‘lgan  zarralar;  d  va
—  parda  suvli  zarralar  (juda  yupqa  parda
suvi  bilan  o‘ralgan  zarradan  suvni  d  zarra
tomon o‘tishi);  f  —  gravitatsion  suvli  zarra.


2 0 4
tashkil etadi. Bo‘sh bog‘langan suv, havoning nisbiy namligi 100% bo‘lib,
gigroskopik  suv  pardasining  hajmiy  jihatdan  oshishi  natijasida  hosil
bo‘ladi. Bu suv pardasining qalinligi millimetrning yuzdan bir ulushiga
to‘g‘ri kelib, molekular kuchlar bilan ushlanib turadi, lekin ushlanish
kuchi mustahkam bog‘langan suv pardasiga nisbatan bo‘sh bo‘ladi. Bu
suv pardasi fanda parda suv nomi bilan atalib, tog‘ jinslarini suv bilan
to‘la to‘yingan miqdordagi holatini aks etdiradi va jinsning maksimal
molekular namlik sig‘imi deb yuritiladi. Mustahkam va bo‘sh bog‘langan
suvlar  birgalikda  molekular  suv  deb  ataladi.  Jinslarning  maksimal
molekular namlik sig‘imi 0,76 (qum), 11,82 (qumoq tuproq) va 33,25
(gil tuproq) oralig‘ida o‘zgaradi va ularning fizik, suvli, deformatsiya-
lanish va mustahkamlik xususiyatlarini qurilish nuqtayi nazaridan baho-
lashda  katta  ahamiyatga  ega.  Jumladan,  gilli  jinslarda  molekular  suv
miqdorining ko‘p  bo‘lishi ularning xossa va  xususiyatlarini yomonla-
shishiga olib keladi.
Erkin oquvchan suvlar gravitatsion, kapillar va immobilizovan suvlar
holatida bo‘ladi.
Gravitatsion suvlar tog‘ jinslari bo‘shliqlari, g‘ovaklari va yoriqlari
bo‘ylab harakat qiladi va yer osti suvlari oqimini vujudga keltiradi.
Kapillar suvning paydo bo‘lishi va holati gravitatsion suvning qalinligi,
qaysi  tog‘  jinslari  qatlamlarida  mavjudligi  bilan  chambarchas  bog‘liq
holda yuz beradi. Chunki bu suv doimo gravitatsion (yer osti) suv oqimi
qatlamining ustki qismidan (chegarasidan) tog‘ jinslari g‘ovaklari bo‘ylab
kapillar ,  gidrostatik  kuchlar
ta’siri  ostida,  ma’lum  baland-
likkacha ko‘tarilgan holatda bo‘-
ladi. Kapillar ko‘tarilish baland-
ligi  tog‘  jinslarini  tashkil  etib
turuvchi  mineral  zarralar  dia-
metriga, zarralar oralig‘idagi ka-
pillar  g‘ovaklar  o‘lchamlariga
qarab turlicha bo‘lishi mumkin
(12.5-rasm). Yirik donali qum-
larda bu qiymat asosan 2—3 dan
13  sm  gacha,  mayda  va  mayin
donali  qumlarda  30—60  dan
105,5 sm gacha, qumoq tuproq-
larda 120—160 sm, gilli jinslarda
300—400 smga yetadi (12.3-jad-
val). Ba’zi bir adabiy ma’lumot-
larda  (Sedenko,  1979)  gil  jins-
lardagi kapillar ko‘tarilish hatto
6—12  metr  balandlikka  yetishi
ko‘rsatiladi.
12.5-rasm. Har xil diametrdagi  kapillar nay-
chalarda  suvning  kapillar  ko‘tarilish  sxemasi
(V.D. Lomtadzedan, 1984): R
k

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish