Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/148
Sana08.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#332674
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   148
Bog'liq
fayl 1629 20210826

 
 


 
33 
2.
 
Kuch transformatorlari 
2.1.
 
Kuch transformatorlarning turlari va ularning nominal parametrlari 
 
Elektr stansiya va podstansiyalariga oʻrnatilgan kuch transformatorlari elektr 
energiyani  bir  kuchlanishdan  ikkinchisiga  aylantirish  uchun  xizmat  qiladi.  Uch 
fazali  transformatorlar  eng  koʻp  tarqalgan,  chunki  ularda  jami  quvvati  xuddi 
shuncha  boʻlgan  uchta  bir  fazali  transformatorlarga  qaraganda  isroflar  12—15%, 
aktiv materiallar sarfi bilan qiymati 20—25% kam. 
Transformatorsozlikdagi taraqqiyot 220 va 500 kV kuchlanishli, quvvati 630 
MVA  gacha,  330  kV  kuchlanishli,  quvvati  1000  MVA  li  uch  fazali 
transformatorlarni 
va 
500/110 
kV 
li, 
birlik 
quvvati 
250 
kVA 
li 
avtotransformatorlarni  ishlab  chiqarish  imkoniyatini  berdi.  Transformatorlar 
quvvatining chegaraviy qiymati ularni transportirovka qilish sharoitlari, massasi va 
oʻlchamlari bilan cheklanadi. 
Bir  fazali  transformatorlar,  odatda,  yetarli  quvvatga  ega  boʻlgan  uch  fazali 
transformator 
tayyorlash 
mumkin  boʻlmagan  yoki 
transportirovka 
qilish 
ancha 
qiyin 
boʻlgan 
hollardagina 
qoʻllaniladi. 
Bir  fazali  transformatorlar 
guruhlarining  eng  katta 
quvvati 
500 
kV 
kuchlanishda  1600  MVA; 
750  kV  kuchlanishda  1250 
MVA ga teng. 
Har 
bir 
fazadagi 
turli 
kuchlashdagi 
chulg’amlar 
soniga 
qarab 
transformatorlar  ikki  chulg’amli  va  uch  chulg’amliga  boʻlinadi  (2.1-rasm,  a,  b). 
Bundan  tashqari,  aynan  bir  xil  kuchlanishdagi  chulg’amlar,  odatda,  pasaytiruvchi 
chulg’ami  bir-biridan  va  yerga  tutashtirilgan  qismlardan  izolyatsiya  qilingan  ikki 
2.1-rasm. Transformatorlarning prinspial sxemalari:
 
а)-ikki chulg
‘amli
; b)-uch chulg

amli;v)-past chulg

amli 
ajratilgan ikki chulg

am. 
 


 
34 
va  undan  ortiq  parallel  tarmoqlardan  tashkil  topadi.  Bunday  transformatorlar 
ajratilgan  chulg’amli  transformatorlar  deb  ataladi  (2.1-rasm,  v).  Yuqori,  oʻrtacha 
va past kuchlanishli chulg’amlarni qisqacha YuK, OʻK va PK deb belgilash qabul 
qilingan. 
Past kuchlanishli ajratilgan chulg’amli transformatorlar bitta kuchaytiruvchi 
transformatorga  bir  nechta  generatorlarni  ulash  imkonini  beradi,  oʻz  ehtiyojini 
ta’minlash  sxemalarida,  shuningdek  qisqa  tutashuv  tokining  kattaligini  cheklash 
maqsadida, pasaytiruvchi podstansiyalarda ham keng qoʻllaniladi.  
Transformatorning  nominal  quvvati,  kuchlanishi,  toki,  qisqa  tutashuv 
kuchlanishi,  salt  ishlash  toki,  salt  ishlash  bilan  qisqa  tutashuvdagi  isroflar 
transformatorning asosiy parametrlari hisoblanadi. 
Transformatorning  nominal  quvvati  deb  zavod  pasportida  koʻrsatilgan  toʻla 
quvvatining qiymatiga aytilib, nominal chastota va kuchlanishda,  oʻrnatish joyi va 
sovitish  muhiti  nominal  boʻlgan  sharoitlarda  transformatorni  shu  quvvat  bilan 
uzluksiz yuklash mumkin boʻladi. 
Ikki  chulg’amli  transformatorlarning  nominal  quvvati  uning  har  bir 
chulg’amining 
quvvatidan 
iborat. 
Uch 
chulg’amli 
transformatorlar 
chulg’amlarining quvvati bir-biriga teng yoki har xil qilib tayyorlanadi. Quvvatlari 
har xil boʻlganda har bir alohida chulg’am ichida eng katta nominal quvvatga ega 
boʻlgan  chulg’amning  quvvati  transformatorning  nominal  quvvati  deb  qabul 
qilinadi. 
Chulg’amlarning nominal kuchlanishlari - taransformatorning salt ishlashida 
birlamchi  va  ikkilamchi  chulg’amlarining  kuchlanishlaridir.  Uch  fazali 
transformator  uchun  bu  uning  liniya  (fazalar  orasidagi)  kuchlanishidir.  Bir  fazali 
transformator  agar  yulduz  sxemasida  biriktirilib,  uch  fazali  guruhga  ulashga 
moʻljallangan boʻlsa, bu kuchlanish 
U/
3
 ga teng boʻladi. Transformator yuklama 
bilan  ishlaganda  va  uning  birlamchi  chulg’ami  qisqichlariga  nominal  kuchlanish 
berilganda 
ikkilamchi 
chulg’amdagi 
kuchlanish 
nominalga 
qaraganda 
transformatorda  isrof  boʻlgan  kuchlanishning  kattaligiga  teng  miqdorga  kichik 
boʻladi.  Transformatorning  transformatsiya  koeffitsiyenti 
k
  yuqori  va  past 


 
35 
kuchlanish chulg’amlarining nominal kuchlanishlar nisbatidan iborat boʻladi: 
 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish