izolyatsiya
boʻlib, qattiq dielektriklar:
qog’oz, elektr karton, getinaks va boshqalar bilan birgalikda ishlatiladi..
Kuchlanishni rostlash uchun moʻljallangan qayta ulagich qurilmalar va
transformatorning aktiv qismi shoxobchalari bilan birga bakka joylanadi. Bakning
asosiy qismlari - devorlar, tagi va qopqoqdir. Bak qopqog’idan kirish simlarini,
chiqarish trubasini, kengaytirgichni mahkamlovchi elementlarni, termometrlar va
boshqa detallarni oʻrnatish uchun foydalaniladi. Bakning devorlariga sovitgich
qurilmalar, radiatorlar mahkamlanadi.
Kichik quvvatli transformatorlarda bakning tepa qismi ajraladigan qilib
tayyorlanadi: chunki tuzatish ishlarida transformatorning qopqog’ini olish, soʻngra
aktiv qismini bakdan koʻtarish zarur boʻladi.
Transformator aktiv qismining massasi 25 t dan ortiq boʻlsa, bu holda uni
40
bakning tubiga oʻrnatiladi, soʻngra bakning qoʻng’iroq shaklli yuqori qismi bilan
yopiladi va moy quyiladi. Pastki qismi ajraladigan bunday transformatorlarning
aktiv qismini chiqarish uchun og’ir yuk koʻtaruvchi qurilmalarga hojat yoʻq,
chunki remont paytlarida moy tushirilib, bakning yuqori qismi koʻtarilsa, chulg’am
va magnit oʻtkazgichlarga bemalol qoʻl yetadi.
Oqim sochilishidan hosil boʻladigan isrofni kamaytirish uchun poʻlat baklar
ichki tomonidan elektrotexnik poʻlat paketi yoki magnitsiz materiallardan
tayyorlangan plastinkalar (mis, alyuminiy) bilan ekranlashtiriladi.
Transformatorning kengaytirgichi
bak bilan quvur orqali tutashtirilgan
silindrik idishdan iborat boʻlib, moyning havo bilan tegib turadigan sirtini
kamaytirish uchun xizmat qiladi. Transformatorning baki moy bilan toʻlatilgan
boʻlib, qizishdan yoki sovishdan moy hajmining oʻzgarishi kengaytirgichdagi moy
sathining oʻzgarishiga olib keladi; bunda havo kengaytirgichdan yo siqib
chiqariladi yoki kamayadi. Moy namni yaxshi shimadi va agarda, kengaytirgich
atmosfera bilan toʻg’ridan-toʻg’ri tutashgan boʻlsa, unda havoning nami moyga
oʻtib, uning izolyatsion xossalarini keskin pasaytiradi. Buning oldini olish uchun
kengaytirgich atmosfera bilan selikagelli havo quritgich orqali bog’langan.
Selikagel soʻrilayotgan havodagi namni shimadi. Yuklama keskin oʻzgarsa,
selikagelli filtr havoni toʻliq quritmaydi, shuning uchun kengaytirgichda havo
namligi asta-sekin orta boradi. Kengaytirgich orqali moy namlanishini oldini olish
uchun inert gazdan iborat yostiqli germetik bak qoʻllaniladi yoki kengaytirgichdagi
erkin boʻshliq maxsus elastik hajmdan keladigan inert gaz (azot) bilan toʻldiriladi.
Moy-havo chegarasida maxsus parda
- membrana qoʻllash mumkin.
Kengaytirgichda havoni termoyaxlitgichlar yordamida quritish mumkin.
Transformatorning ishini nazorat qilib turish uchun nazorat-oʻlchash va
himoya qurilmalari koʻzda tutiladi. Nazorat qurilmalariga moy koʻrsatkich va
termometr kiradi. Moy koʻrsatkich kengaytirgichga, termometr bakning
qopqog’iga oʻrnatiladi. Himoya qurilmalariga moy sathining pasayish relesi va gaz
relesi kiradi.
330-750 kV li quvvatli transformatorlarda qoʻshimcha ravishda kirish joylari
41
izolyatsiyasini nazorat qiluvchi qurilma (
INQ
) va yuqori kuchlanishli germetik
kirish joylaridagi moy bosimini oʻlchovchi manometrlar qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |