Gidroenergetik qurilmalar elektr qismi, rele himoyasi va avtomatikasi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/148
Sana08.01.2022
Hajmi3,69 Mb.
#332674
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   148
Bog'liq
fayl 1629 20210826

mustaqil qoʻzg’atishli 
va 
oʻz–oʻzidan qoʻzg’atishli
 (nomustaqil qoʻzg’atish) guruhlarga boʻlish mumkin. 
Birinchi  guruhga  generatorning  vali  bilan  biriktirilgan,  oʻzgarmas  va 
oʻzgaruvchan  tokda  ishlaydigan  hamma  elektr  mashinali  qoʻzg’atgichlar  kiradi. 
Ikkinchi  guruhni  maxsus  pasaytiruvchi  transformatorlar  orqali  generatorning 
chiqishidan  bevosita  ta’minlanuvchi  qoʻzg’atish  tizimlari  tashkil  etadi.  Shu 
guruhga  yana  elektr  stansiyalarning  oʻz  ehtiyoji  shinalaridan  ta’minlanuvchi, 
oʻzgaruvchan  tok  dvigatellaridan  harakatga  keluvchi,  alohida  joylashgan  elektr 
mashinali qoʻzg’atgichli qoʻzg’atish tizimini ham kiritish mumkin. 
Mustaqil  qoʻzg’atishli  generatorlar  eng  koʻp  tarqalgan.  Bu  usulning  asosiy 
afzalligi shundan iboratki, bunda sinxron generatorning uyg’onishi elektr tarmog’i 
rejimiga bog’liq boʻlmaydi va shuning uchun ham eng ishonchli hisoblanadi. 
Quvvati  100  MVt  va  undan  kam  boʻlgan  generatorlarda,  odatda, 
qoʻzg’atgich  sifatida  sinxron  generatorning  vali  bilan  biriktirilgan  oʻzgarmas  tok 
generatori qoʻllaniladi (1.7 -rasm). 
Qoʻzg’atgichning  oʻz-oʻzidan  qoʻzg’atish 
sxemasi  asosida  bajarilgan  (qoʻzg’atgichning 
qoʻzg’atish chulg’ami (QQCh) qoʻzg’atgichning 
oʻz  yakoridan  ta’minlanadi).  Qoʻzg’atgichning 
uyg’onishini 
boshqarish 
QQCh 
zanjiriga 
oʻrnatilgan shuntli reostat ShQ bilan qoʻlda yoki 
qoʻzg’atishni  avtomatik  boshqarish  AQU  bilan 
avtomatik amalga oshiriladi. 
Oʻzgarmas  tok  generatori  bilan  qoʻzg’atish  tizimining  kamchiligi  asosan 
qoʻzg’atgichning  oʻzining  kamchiligi  bilan  aniqlanadi.  Bu  kamchiliklardan  biri 
aylanish 
chastotasi 
kichik 
boʻlgan 
gidrogeneratorlarda 
(

=1,2 
1/c) 
qoʻzg’atgichlarning,  ayniqsa  uyg’onish  tezligi  oʻsishining  nisbatan  yuqori 
boʻlmasligidir. 
Koʻrilayotgan  qoʻzg’atish  tizimining  boshqa  kamchiligi  katta  aylanish 
chastotasiga  ega  boʻlgan  turbogeneratorlarga  tegishli.  Bunga  sabab  choʻtka  va 
1.7-rasm.  Generatorning  mustaqil 
elektromashinali prinsipial sxemasi
 


 
22 
kollektorning  titrashi  hamda  ishlash  sharoitining  og’irligi  (kommutatsiya 
sharoitlari)  tufayli  oʻzgarmas  tok  generatorining  ishonchli  ishlashining 
kamayishidir. 
Quvvati  165  MVt  dan  katta  boʻlgan  turbogeneratorlar  uchun  qoʻzg’atish 
quvvati shunchalik katta boʻladiki,  bunda kommutatsiya  sharoitlari boʻyicha 3000 
ayl/min  aylanish  chastotasida  oʻzgarmas  tok  generatorining  ishlashini  ta’minlash 
ancha qiyinchilik tug’diradi. 
Qoʻzg’atgichning  ishonchli  ishlashini  oshirish  maqsadida  uning  aylanish 
chastotasini  kamaytirish  uchun  ayrim  hollarda  qoʻzg’atgich  generatorning  vali 
bilan reduktor orqali biriktiriladi. Bunday tizim qator generatorlarda, shular qatori 
TГВ-300  va  TВМ-300  generatorlarida  ham  qoʻllanilgan.  Bunday  qoʻzg’atish 
tizimining  kamchiligi  qoʻshimcha  mexanik  uzatmaning  mavjudligidir.  Yirik 
generatorlarni  qoʻzg’atish  uchun  yarim  oʻtkazgichli  toʻg’rilagichli  qoʻzg’atish 
tizimi qoʻllaniladi. 
Oʻz-oʻzidan  qoʻzg’atish  tizimi,
 
umuman,  mustaqil  qoʻzg’atish  tizimiga 
qaraganda  kamroq  ishonchli,  chunki 
ularda 
qoʻzg’atgichning 
ishi 
oʻzgaruvchan  tok  tarmog’i  rejimiga 
bog’liq  boʻladi.  Tarmoqda  kuchlanish 
kamayishiga 
olib 
keladigan 
qisqa 
tutashuv  qoʻzg’atish  tizimining  normal 
ishlashini  buzadi,  vaholanki,  bunday 
hollarda  qoʻzg’atish  tizimi  generator  rotorining  chulg’amida  tokning  jadallashtir-
lishini ta’minlashi lozim. 
Elektr  mashinali  qoʻzg’atgichi  boʻlgan  agregatli  sinxron  generatorni 
qoʻzg’atishning  prinsipial  sxemasi  1.8-rasmda  koʻrsatilgan.  Qoʻzg’atgich  agregat 
elektr  stansiyaning  oʻz  ehtiyojini  qondirish  shinasidan  ta’minlanuvchi  asinxron 
dvigatel  AD  dan  va  oʻzgarmas  tok  generatori  Q  dan  iborat.  Qoʻzg’atishni 
jadallashtirishda  qoʻzg’atgich  agregatning  ishonchli  ishlashini  oshirish  uchun 
1.8-rasm. 
Elektromashinali 
mustaqil 
uyg‘otishning prinsipial sxemasi
 


 
23 
qoʻzg’atgich  Q  ni  aylantiruvchi  asinxron  dvigatel  zarur  oʻta  yuklanish  xususiyati 
bilan tanlanadi. 
Bunday  qoʻzg’atish  agregatlari  elektr  stansiyalarida  zaxira  qoʻzg’atish 
manbai sifatida keng tarqalgan. 
Yarim  oʻtkazgichli  oʻzgartirgichli  oʻz-oʻzidan  qoʻzg’atish  sxemalariniig 
mumkin boʻlgan variantlaridan biri 1.9-rasmda keltirilgan. 
Sxemaning asosiy elementlariga yarim 
oʻtkazgichli  oʻzgartirgichlarning  ikki  guruhi 
-  boshqarilmaydigan  hamda  boshqariladigan 
toʻg’irlagichlar, 
kuch 
kampaundlash 
transformatori 
KKT 
va 
toʻg’rilagichli 
transformator kiradi. 
Boshqarilmaydigan  ventil  generator 
statorining 
tokiga 
ikkilamchi 
toki 
proporsional boʻlgan transformator KKT dan 
boshqariladigan 
ventil 
generatorning 
kuchlanishiga  ikkilamchi  kuchlanishi  proporsional  boʻlgan  transformator  dan 
ta’minlanadi.  Toki  generatorning  statori  tokiga  proporsional  boʻlgan  ventili 
yuklama 
mavjudligida 
mashinani 
qoʻzg’atish 
hamda 
qisqa 
tutashuvda 
qoʻzg’atishni 
jadallashtirishni 
ta’minlaydi. 
Toʻg’irlagichlarning 
quvvati 
generatorning  salt  yurishida  qoʻzg’atishni  hamda  normal  rejimida  qoʻzg’atishni 
rostlash  uchun  yetarli  qilib  hisoblanadi.  Boshqarilmaydigan  ventillar  nominal 
rejimda  generatorni  qoʻzg’atish  uchun  sarflanadigan  tokning  70—80%  ini 
ta’minlaydi.  Yarim  oʻtkazgichli  qoʻzg’atish  tizimining  parametrlari  toʻg’ri 
tanlansa,  ular  oʻz  xususiyatlari  boʻyicha  mustaqil  tiristorli  qoʻzg’atish  tizimiga 
yaqinlashadi va shuning uchun quvvatli sinxron mashinalarda qoʻllaniladi.  

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish